Ideal — oliy maqsad, biror narsaning namunasi, shaxs, guruhlaming
xatti-harakatlari, intilishlari intihosi.
Ijtimoiy idrok etish — kishilar tomonidan ijtimoiy obyektlarning idrok
etilishi, tushunilishi va baholanishi.
Izohlash, tushuntirish — og'zaki izoh, yoritilishi lozim bo'lgan turli
materiallarni izohlash, isbotlash, tahlil qilish.
Ilmiy muammo (masala) — fan orqali hal qilinadigan asosiy ziddiyatlar.
Ilmiy yangilik
— muayyan davrga nisbatan ma’lum bo'lmagan va
pedagogikaga oid adabiyotlarda qayd qilinmagan nazariy, amaliy xulosalar.
Ta’lim qonuniyatlari, uning tuzilmasi, mexanizmlari mazmuni, tamoyillari
va texnologiyalari.
Individuallik
— shaxsning betakror biososiologik xususiyatlari.
Intellekt
— shaxsning turli faoliyat shakllarini muvaffaqiyat bilan
Do'stlaringiz bilan baham: |