tamoyillariga asoslangan dunyoqarash; 2) insoniylik va insonparvarlik,
insonlarning bunyodkoriigiga ishonch.
Davlat ta’lim standarti — uzluksiz ta’limning muayyan bosqichida shaxs
(mutaxassis)ning tayyoigarlik darajasi va mazmuniga qo'yiladigan minimum
talablar.
Didaktika — ta’lim va o'qitish nazariyasi hamda o'qitish jarayonida
tarbiyalash mazmunini ifodalovchi pedagogikaning tarkibiy qismi.
Dolzarblikni asoslash — ta’lim va tarbiya nazariyasi hamda amaliyotining
istiqboldagi taraqqiyoti muammolarini o'z vaqtida o'rganish hamda hal qilish
zarurligini ko'rsatish.
Dunyoqarash — shaxsning tafakkur tarzi va yo'nalishini aks ettiruvchi
qarashlar, e’tiqod hamda fikr-o'ylar tizimi.
Idrok etish malakasi — boshqa subyektning xususiyatlarini - uning
muloqoti va muloqotga hozirligini aniqlash uchun zarur bo'lgan kasbiy —
pedagogik malaka.
Do'stlaringiz bilan baham: |