‘z b b ton respublikasi oliy va ‘rta vlaxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Download 3,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/273
Sana06.02.2022
Hajmi3,85 Mb.
#433797
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   273
Bog'liq
Azizxo`jayeva N.N.Pedagogik texnologiyalar

vazifalariga bogliq;
• 
ikkinchidan, bayon qilinadigan materialning xarakteriga bog'liq;
• uchinchidan, ta’lim oluvchilaming bilimi
va 
rivojlanish darajasiga
bog'liq;
• to'rtinchidan, o'quv jarayonida o'rganilayotgan fan asoslarining muayyan
(hozirgi) davrdagi metodlariga bog'liq;
• 
beshinchidan, oliy o'quv yurti yoki kafedraning sharoitlariga bogliq;


• 
oltinchidan, o'quv jarayonining moddiy-texnik ta ‘minoti bilan bog'liq;
• 
ytttinchidan, o'qituvchining pedagogik mahorati, uning tayyorgarligi
va o'quv jarayonini tashkil etish darajasi hamda o'qituvchining hozirgi zamon
metodlari bo'yicha bilimlariga bog'liq.
Shunday qilib, oliy maktabdagi o ‘quv jarayoni, o'qitishning shakl va 
metodlarida tashkil etiladigan ko'pqirrali yaxlit tizim doirasida amalga oshiriladi. 
Bunda har bir shakl o'z oldiga qo'ygan vazifalami bajaradi, lekin shakl va 
metodlar to'plami yagona didaktik majmuani (kompleksni) hosil qiladi. 
Didaktik majmuaning amalga oshirilishi esa, o'quv jarayonining psixologik- 
pedagogik qonuniyatlari bilan belgilanadi. O'zbekiston Respublikasidagi oliy 
ta’limni isloh qilishning dolzarb vazifasi talabalaming o'quv-bilish faoliyatini 
jonlantirish, o'quv jarayoniga yangi texnologiyalami tatbiq etishga xizmat 
qiladigan o'qitishning shakl va metodlarini takomillashtirishdan iboratdir.
1.4. Bilish faoliyati to'g'risida sharq mutafaUdrlarining ilmiy-pedagogik
qarashlari
Oliy maktabdagi ta ’lim mazmunini qayta qurish, mutaxassislar 
tayyorlashning yangi, samarali shakllarini izlab topish bevosita talabalaming 
bilish faoliyatini jonlantirish bilan bog'langandir.
Hozirgi davrda talabalarning bilish faoliyatini jonlantirish muammosi 
o'z mohiyatiga ko'ra falsafa, sotsiologiya, pedagogika, psixologiya, xususiy 
metodika fanlari vakillarining dolzarb ilmiy-tadqiqot obyekti bo'lib 
qolmoqda.
Biroq bu muammoni, o'rta asr qomusiy olimlaming qarashlari va 
ta’limotini o'rganmasdan turib to'la yoritish mumkin emas. O'zbek olimi 
X.X. Tlashevning tadqiqotlarida o'rta asr olimlarining didaktik qarashlari 
umumlashtirilgan holda tahlil qilib berilgan. Xorazmiy, Kindiy, Farobiy, 
Beruniy, Abu Ali ibn Sino, U m ar H ayyom va ularning boshqa 
zamondoshlarining ilmiy dunyoqarashi hamda bilimlar manbai va obyekti 
tahlilidan ayon bo'ladi. Bilish jarayoni qanday bosqichlardan tashkil topgan 
hamda bilish va amaliy faoliyat o'rtasida qanday munosabatlar mavjud degan 
savol ulami doimo qiziqtirib kelgan.
Shu ma’noda sharq mutafakkirlarining asarlari alohida qiziqish uyg'otadi. 
Jumladan Al-Xorazmiy Muhammad ibn Musoning matematikaga oid risolasi, 
Al-Kindiyning “Arastuning kitoblari miqdori va yana falsafani o'zlashtirish 
uchun nima zarurligi haqida risola”si, “Dastlabki falsafa to'g'risida”, “Besh 
mohiyat to'g'risida kitob”, “Paydo bo'lish va yo'q bo'lishning yaqin tasvirlari 
izohi”, Al-Farobiyning “Aql ma’nolari to'g'risida”, “Fozil odamlar shahri”, 
“Baxt-saodatga erishuv to'g'risida”, “Ilmlaming kelib chiqishi”, “Almagestr


Ptolomeyga izoh”, “Ixso-ul-ulum”, Ibn Sinoning “Kitob ash ishorat va at 
tanbiqot”, “Donishnoma” (mutlaq baxt ham, mutlaq baxtiqarolik ham 
yo‘q), “Hay ibn Yaqzon” va boshqa asarlarida, Abu Rayhon Beruniy “Masud 
qonuni”, “Dorivor o‘simliklar haqida kitob”, “Saydana”, “Munajjimlik 
san’atidan boshlang‘ich tushunchalar”, “Yodgorliklar”, Abdurahmon 
Jomiyning “Musiqa” risolasi hamda Alisher Navoiyning “Mahbubul qulub” 
kabi asarlari katta qiziqish uyg'otadi.
Xorazmiy bilish faoliyati nazariyasiga ulkan hissa qo‘shgan. U bilishning 
tajriba-kuzatuv va eksperiment metodiga asos solgan. Xorazmiy tomonidan 
quyidagi umumdidaktik tamoyillar hamda metodlar va shakllar asoslab 
berilgan: mustaqillik; ijodiy faollik; kuzatilgan faktlami va hodisalami tasviiiash 
va uni muntazam bayon qilish; tajriba-kuzatuv; eksperiment metodi; induksiya 
va deduksiya aspektida yakkalik va umumiylik birligi tamoyili; o'qitishning 
savol-javob shaldi.
Xorazmiyning salafi Al-Kindiy mohiyatni barcha nazariy bilimlaming 
bosh mavzusi, deb qaraydi. U awalo miqdor va sifatni hissiy idrok qilish 
zarurligini ta’kidlaydi.
Kindiy ilmiy bilishning uch pog'onali konsepsiyasini ilgari suradi: 
tabiiy fanlar, mantiq va matematikadan bilimlar metafizika muammosiga 
olib keladi. Kindiy o'z falsafiy qarashlarini asoslashda ilmiy bilishni diniy 
bilimlaiga qarama-qarshi qo'ygan holda matematika va tabiiy fanlaiga alohida 
ahamiyat beradi. Kindiy inson bilimlari hissiy va aqliy bilimlarga bo'linadi, 
deb hisoblaydi. Uningcha, hissiy bilimlar o'z predmeti bilan bog'langan 
bo'lib, uning obyekti inson tanasi va barcha materiallardir. U ta’kidlaydiki, 
agar hissiy bilimlar yakka bilimlardan iborat bo'lsa, aqliy bilimlar esa 
umumiy bilimlardir. Kindiy fikricha, haqqoniylikni bilish va o'zining xatti- 
harakatlarini haqqoniylik bilan muvofiqlashtirishda, kishi ongidagi uning 
sabablarini aniqlash kaliti yordam ko'rsatadi.
U shunday yozadi: “Sababini topgan holatdagina biz haqiqatning tagiga 
yeta olamiz. Har qanday narsaning mohiyatini anglash esa haqiqatni bilish 
uchun zarurdir. Negaki mavjud narsalaming barchasi haqiqatdan iboratdir. 
Haqiqatni idrok etsa bo'ladi, binobarin, mavjud narsalami hammasini 
anglamoq mumkin”.
Bilish jarayoniga Farobiy alohida ahamiyat beradi. U o'zining “Aql 
ma'nolari to'g'risida” va “Baxt-saodatga erishuv to'g'risida” asarlarida 
insonlaming bilimga bo'lgan intilishlarini har tomonlama keng yoritishga 
harakat qiladi. U shunday yozadi: “Kishi biror buyum haqida bilishni istasa, 
uning qandaydir bir holatini biladi va ongini o'sha predmet shaklidagi 
bilimga yo'naltiradi. Bu o'zi intilgan haqiqatni qidirish demakdir”.
Farobiyning ilmiy g'oyalarini umumlashtiigan holda X.X. Tlashev uning 
bilish to'g'risidagi nazariy asoslarga bag'ishlangan ishlari, xususan, mantiq 
fanida bilish jarayoni va bilish shakllari, kabi qarashlarida birinchi marta


uning mohiyati ochib berilganini ta’kidlaydi. Bu jaiayonlar, mantiqda unga 
rioya qilish, tafakkumi takomillashtirish va murakkab bilish jarayonida qo'pol 
xatolaming oldini olish qonunlari sifatida aks etadi.
Farobiy fikrlash faoliyatini jonlantirishning didaktik tamoyillari va 
metodlarini asoslab berdi. Unga o'qitishning amaliy yo‘nalganligi; nazariy 
bilimlar uzluksizligi va bilish metodlari; mantiqiylik va uzviylik, hukm 
metodlari va usullari; induksiya va deduksiya metodlari kiradi.
Farobiyning bilish jarayoni haqidagi qarashlarini Abu Ali ibn Sino 
ham tasdiqlaydi. Uning tushunishicha, mantiq inson bilimlarining asosi 
sifatida qoida va 
me’yorlami 
belgilab beradi; insonning bilish faoliyatini 
jonlantiradi hamda uning to'g'ri fikrlashini o'stiradi. Farobiy tomonidan 
ishlab chiqilgan fanlar tasnifi ilmiy bilimlar g'oyasining rivojlanishini 
ta’minlaydi. U shunday yozadi: 

Download 3,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish