kelib chiqadigan ziddiyatlar talaba shaxsining harakatga keltiruvchi
kuchlari
bo‘lib xizmat qiladi.
Motivlar
- bu ichki kuchlar bo‘lib, ehtiyojlar bilan bog'langan va u
shaxsni belgili faoliyatga undaydi.
0 ‘smirlik davrining
yo‘l-yo‘riqlari
u yoki bu faoliyat turini amalga
oshirishning ichki shayligidan iboratdir.
Maqsad
shaxs uchun ahamiyatli bo‘lgan predmetlar, hodisalar, vazifalar
va obyektlaiga yetishish bilan xarakterlanadi.
Shaxsning dunyoqarashi
tabiat, jamiyat, insoniyatga bo‘lgan e’tiqodlari,
ilmiy qarashlari asosida yuzaga kelgan tizimdir. Dunyoqarash shaxsning botiniy
holati, hayot maqsadlari, qiziqishlari,
munosabatlari, tutgan mavqelari
bilan belgilanadi.
Demak, o ‘smiriik shaxsning shakllanishida muhim davr hisoblanadi.
0 ‘smirlar va qizlar hayoti va faoliyatining yangi sharoiti, ulaming faol
o ‘quv ijtimoiy, m ehnat faoliyatlari b o ‘lg‘usi mutaxassis shaxsining
shakllanishida o ‘z ta ’sirini o ‘tkazadi.
Nazariy bilimlaming oshib, muloqot
doirasining kengayib, turm ush tajrib alarin ing boyib b orishi esa
dunyoqarashning shakllanishiga ta ’sir etadi.
2.3. Talabaning aqliy faoliyat xususiyatlari
Pedagogika nazariyasida aqliy tarbiya shaxsni hayotga va mehnatga
tayyorlashning muhim jihati sifatida belgilanadi. Uning mohiyati shundaki,
intellektual faoliyatga qiziqish uyg‘otish, bilimlar bilan qurollanish, ularni
qo‘lga kiritish va amaliyotda qo‘Uash metodlari, aqliy mehnat
madaniyatini
joriy qilish orqali aql va bilish qobiliyatlariga rahbarlik qilishdir.
Pedagogika va psixologiyaga oid tadqiqotlarda aqliy tarbiya muammosini
tushunish bo‘yicha ikki muhim konsepsiya mavjud.
Ulardan biri
o‘qitish jarayonida kishilar tomonidan to‘plangan va bir
tizimga keltirilgan bilimlami egallashdan iboratdir. Bu qarash Platon davridan
boshlab aksariyat falsafa va pedagogika namoyandalari tomonidan rivojlantirilgan
(Ya.A.Komenskiy, Dj. Lokk, I.F.Gerbert vab.) Bu konsepsiya namoyandalari
aqliy taibiyani belgilashda insoniyatning ijtimoiy tajribasiga asoslandilar. Bu esa
so‘zsiz bu konsepsiyaning ijobiy jihati edi. Lekin bu konsepsiyada ta’lim
oluvchilaming imkoniyatlari, so‘rovlari, qiziqishlari hisobga olinmagan edi.
Boshqa konsepsiya tarafdorlari
(J.J. Russo va uning izdoshlari) bolaning
aqli hammadan awal uning o‘z tabiiy faoliyatida rivojlanadi degan qoidaga
asoslanadilar. T a’lim oluvchiga ishlash,
harakat qilish, mustaqil bo‘lishga
to‘la imkoniyat yaratilishi zarur. Bunda fan ikkinchi navbatga surib qo‘yilgan.
Bu konsepsiya ijobiy va salbiy jihatlaiga ega.
Faol mustaqil faoliyat jarayonida aqliy tarbiya to‘g‘risidagi g‘oya ijobiydir,
biroq unga yagona qoida sifatida qarashning o‘zi yetarli emas. Fanda to‘plangan
va insoniyatning tizimga tushirilgan tajribalarini inkor etib bo'lmaydi.
Pragmatika nazariyasi tarafdorlari tizimga tushirilgan bilimlami o'zlashtirish
konsepsiyasini qattiq tanqid ostiga oldilar. Dj.Dyui ta’kidlaydiki, maktabdagi
shaxs rivojlanishi, hayoti va tajribasi o'rganilishi lozim bo'lgan va tizimli
bilimlar doirasini belgilaydigan o'quv dasturlariga bo'ysundirilgan, zero
ular o'lik, mexanik va formal manbalardir. U «maktab fanlari»ning
an’anaviyligidan voz kechishni taklif qiladi va o'qitishga «sun“iy jarayon*
ning kiritilishini talab qiladi.
Aqliy taibiyani rivojlantirish jarayonida, bu konsepsiyani boyitishga
harakat qilingan. K.D.Ushinskiy aqlni ham formal, ham real rivojlantirish
mumkin deb hisoblaydi.
Demak, turlicha yondoshuvlar, aqliy rivojlanishga bo'lgan
amaldagi
munosabatlar bilan zich aloqada, deb qarashga imkoniyat beradi.
Shaxsning amaldagi munosabatlari deganda uning tabiat, jamiyat va jamoa,
san’atga bo'lgan munosabati tushuniladi. Bu munosabatlarda insoniyatning
ko'p asrlik tajribasida to'plangan va tizimga tushirilgan ilm-fanni egallash
katta ahamiyatga molikdir.
Bunda faqat bilimlami egallashga erishishgjna emas, balki ulaming mohiyatiga
chuqur kirib borish, ulami egallash hamda qo'llash metodlarini o'rganish,
bilimlami e’tiqodga, fikrlash va faoliyat quroliga aylantirish ham zarur.
Aqliy rivojlanish bilimlarni o'zlashtirishning faqat hajmi va sifati
emas, balki fikrlash jarayoni tuzilmasi, mantiqiy ish yuritish va aqliy
harakatlaraing boyligi hamda uni to'g'ri qo'llash bilan ham belgilanadi.
Aqliy tarbiyaning umumiy sharti keng qamrovli faoliyatdir. Faoliyatning
xarakteri ham muhim ahamiyatga molik. O'zi asoslanadigan ilmiy asoslaming
kengayishi jarayonida aqliy rivojlanish intensivlashadi. Bunga faoliyatsiz holat
va maqsadsiz vaqt o'tkazish zid turadi.
U intellektual ojizlikni, qoloqlikni
yuzaga keltiradi.
Aqliy rivojlanishning asosiy jarayonlari L.S.Vigodskiy, S.L.Rubinshteyn,
A.N.Leontev, N.A.Menchinskaya, L.V.Zankov, M.A.Danilov, B.P.Esinov,
M.N.Skatkin tadqiqotlarida yoritib berilgan. Ularda
aqliy rivqjbnish o'rgaash,
mehnat, о‘yin, hayotiy vaziyatlarda takomfflashib boravchi to'xtovsiz jarayon
А и К р ta’kidlanadi.
Aqliy rivojlanish bilimlarni faol o'zlashtirish va ijodiy qo'llash
jarayonida juda intensiv yuz beradi.
Aql rivojlanishining xarakterli xislatlariga quyidagilami kiritish mumkin:
•
Do'stlaringiz bilan baham: