Yelka-boshpoyasi
(truncus brachiocepalicus)
aorta ravog'idan o'ng II qovurg'a tog'ayi
sohasida chiqadi. Yelka-bosh poyasi yuqoriga va o'ng tomonga yo'nalib, o'ngto'sh-o'mrov bo'g'imi
sohasida o'ngumumiy uyqu va o'ng o'mrov osti arteriyasiga bo'linadi.
Umumiy
uyqu arteriyasi
(a. carotis communs)
o'ng tomonda
yelka- bosh poyasidan chap
tomonda bevosita aorta ravog'idan boshlanadi. Shuning uchun chap umumiy uyqu arteriyasi o'ngiga
nisbatan 2—2,5 sm uzun. Umumiy uyqu arteriyasi to'sh-o'mrov-so'rg'ichsimon
va kurak-til osti
mushaklarning orqasida bo'yin umurtqalari ko'ndalang o'simtalari oldida vertikal yo'nalib yuqoriga
ko'tariladi. Bo'yinda uning lateral tomonida ichki bo'yinturuq venasi, orqa tomonida adashgan nerv
joylashgan bo'lib, bo'yin fassiyasi bilan o'raladi va bo'yinning tomirli-nervli dastasini hosil qiladi.
Qalqonsimon tog'ayning yuqori chekkasi sohasida har bir umumiy uyqu arteriyasi
Do'stlaringiz bilan baham: