(isthmus aortae)
bor. Aorta ravog'ining ko'tarilgan yuzasidan uchta yirik arteriya: yelka-
bosh poyasi, chap umumiy uyqu va chap o'mrov osti arteriyalari boshlanadi. Uning botiq yuzasidan
kekirdak, bronx va qalqonsimon bezga bir nechta mayda arteriyalar chiqadi.
Aortaning pastga tushuvchi qismi
(pars desendens aortae)
IV ko'krak umurtqasi sohasidan
boshlanib, IV bel umurtqasi sohasida o'ng va chap umumiy yonbosh arteriyalariga bo'linadi.
Bo'lingan joyi
bifurcatio aortica
deb ataladi. Aortaning davomi esa ingichka dumg'azaning o'rta
arteriyasiga (a.
sacralus mediana)
aylanib, dumg'azaning chanoq yuzasidan pastga tomon yo'naladi.
Aortaning pastga tushuvchi qismi, o'z navbatida, ko'krak va qorin qismlariga ajratiladi.
Aortaning ko'krak qismi
(pars thoracica aortae)
ko'krak qafasida orqa ko'ks oralig'ida joylashadi.
Dastlab u qizilo'ngachning old va chap tomonida yotadi. VIII—IX ko'krak umurtqalari sohasida
qizilo'ngachni chap tomonidan aylanib uning orqa tomoniga o'tadi.(4)
Do'stlaringiz bilan baham: |