Nazorat o’tkazish va navlash
. Yuvilgan tomatlar nazorat o’tkazuvchi transporterlarga kelib
tushadi. Nazorat o’tkazish davomida ezilgan chirigan tomatlar ajratiladi, ulardagi bandlar
o’ziladi. Pishmagan tomatlar ajratib, tuzlash maqsadida yig’iladi. Nazoratdan o’tkazish asosan
qo’l kuchi yordamida amalga oshiriladi. Nazorat o’tkazuvchi transporterning ikkala tarafiga
ishchilar qo’yilgan bo’lib ularning orasidagi masofa 0,8-1,2 m oraliqda bo’ladi, transporterning
xarakatlanish tezligi 0,1 m/sek tashqil qiladi.
Tomatni navlarga ajratish jarayoni ayrim qayta ishlash liniyalarida avtomatlashtirilgan bo’lib
fotoelement yordamida fotoelektrik uslubda, tomatlarning rangiga qarab ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |