E nerge t ikas I a. I. Karshibayev


Gidroelektrostansiyalarning muhitga ta’siri



Download 4,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet196/254
Sana06.02.2022
Hajmi4,59 Mb.
#432893
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   254
Bog'liq
energiya tejamkorligi asoslari

Gidroelektrostansiyalarning muhitga ta’siri. 
Hozirgi vaqtda yer 
yuzida 
ishlab 
chiqilayotgan 
elektr 
energiyasining 
23 

gidroelektrostansiyalar hissasiga to`g`ri keladi. Suv resurslarining turli 
mintaqalarda turlicha joylashishiga ko`ra qurg`oqchilik mamlakatlarda 
energetikaning bu sohasi rivojlanmagan. Rossiyada 20 % dan ko`proq 
elektr quvvati GES larda olinadi. O`zbekistonda esa bu ko`rsatkich 8,5 – 
13 % (4,0 – 6,5 mlrd. KVt/s). 
Gidroenergetika - energetika sohasiga nisbatan ekologik xavfsiz va 
toza hisoblanadi. Ammo bu sohaning ham ekologik vaziyatga ta‘siri 
sezilarli darajada. Gidroelektrostansiyaning turbinalarini harakatga 
keltiruvchi kuch – bu suv oqimidir. Uzluksiz suv oqimini tashkil qilish esa 
suv omborlari qurish va ularda suv to`plashni taqozo qiladi. 
Suv omborlarining tabiiy muhitga ta‘siri nimada? 
Birinchidan,
tekislik maydonlarda quriladigan suv omborlari yuzlab, 
minglab gektar unumdor yerlarni egallaydi. 


250 
Ikkinchidan,
suv omborlari o`zlarining atrofidagi hududlardagi yer 
osti suvlari sathining ko`tarilishiga, shu asnoda ekinzorlarning meliorativ 
holati yomonlashib, ikkilamchi sho`rlanish jarayonini keltirib chiqarishga 
sabab bo`ladi. 
Uchinchidan,
suv ombori yaqinidagi hududlarda joylashgan aholi 
punktlari va muhandislik kommunikasiyalari suv toshqini xavfidan holi 
bo`lmaydi.
Tog`li hududlarda qurilgan suv omborlarining xavfi ancha kuchli 
bo`ladi. Ular yer silkinishi va ko`chkilarni keltirib chiqarishi mumkin. 
Bundan tashqari yer ostidagi tektonik harakatlar natijasida bunday joylarda 
to`g`onlarning buzilish xavfi ham yuqori bo`ladi.
Suv omborlari qurilishi daryo oqimi yo`liga g`ov qo‘yish bilan 
bajariladi. Bunda suv oqimi tranzit tizimdan tranzit akkumulyativ tizimga 
o`tadi, ya‘ni suvda oqib kelayotgan biogen moddalar, kimyoviy zaharlar, 
og`ir metallar va radioaktiv moddalar to`g`onlarda qisman ushlab qolinadi 
va to`planadi. 
Suv omborlarining tashkil qilinishi ularning joylashgan mintaqalari 
atmosfera havosiga ham ta‘sir qiladi. Bunday joylarda suvning bug`lanib 
turishidan o`ziga xos mikroiqlim hosil bo`ladi - havoning harorati boshqa 
yerlarga ko`ra odatda past bo`ladi, tumanli kunlar nisbatan ko`p bo`lib, 
quyosh radiatsiyasi kamayadi, suv ombori va atrofdagi quruqlik yer 
orasida issiqlik balansi o`zgarishidan shamolli kunlar ko`payadi. Buning 
oqibati dehqonchilikka ham ta‘sir ko`rsatadi. 
Yuqorida keltirilgan salbiy ta‘sir holatlari ekotizmlarda o`z aksini 
topadi. Suv omborining tashkil qilinishi mahalliy joyning ekotizimlarini 
tubdan o`zgartirib yuboradi, to`g`onlarda to`plangan zararli moddalar esa 
ko`pgina suv organizmlari uchun ekologik vaziyatni yomonlashtirishi 
mumkin. Mana shu sabablarga ko`ra kelajakda jahon energobalansida 
gidroelektrostansiyalar ulushini 5 % dan oshirilmaslik ko`zda tutilmoqda. 

Download 4,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish