yiqilay deb turgan bir binoni ko‘rishgach,
(Xizr)
uni tiklab qo‘ydi.
(Muso)
dedi: «Agar xohlasang, bu
ishing uchun haq olishing mumkin edi». U
(Xizr)
aytdi: «Mana shu sen bilan mening ajrashimizdir. Endi
men seni sabr qilishga toqating yetmagan narsalarning ta’vilidan ogoh qilurman».
(Kahf, 74-78.)
Ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilinishicha, Ibn Abbos (r.a.) va al-Har ibn Qays al-Fizoriy Muso (a.s.) bilan
uchrashgan solih kishining kimligi xususida tortishib qoldilar. Ibn Abbos (r.a.) u kishini Xizr dedilar, al-Fizoriy
esa boshqa odam derdi. Shu yerdan o‘tib ketayotgan Ubay ibn Ka’bni Ibn Abbos to‘xtatdilar va unga dedilar:
«Men va sherigim ikkimiz Muso (a.s.) bilan uchrashgan solih kishi haqida tortishib qoldik. Siz shu haqda
Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan biror so‘z eshitganmisiz?». Ubay ibn Ka’b Muso (a.s.) bilan uchrashgan solih kishi
Xizr ekanliklarini Payg‘ambar (s.a.v.)dan eshitganlarini tasdiq etdilar.
Xizr (a.s.) Muso (a.s.)ga bo‘lib o‘tgan voqealarning sababini bayon etdilar:
Do'stlaringiz bilan baham: |