Grafik diktant
Olib boruvchi.
Hozir biz naqsh chizamiz. Varaqda turgan nuktadan
boshlash kerak. Naqshning chiroyli va tartibli bulishi uchun harakat qilish lozim.
Buning uchun meni diqqat bilan eshiting. Men chizikni kaysi tarafga va nechta
katakchaga chizish kerakligini aytaman. Uni utkazib bulgandan keyin yana
nimani chizishni aytmagunimcha kutinglar. Keyingi chiziqni avvalgisi tugagan
joydan boshlash lozim, qalamni qog`ozdan uzmagan xolda.
O’ng qo’l qaerdaligini hamma biladi. O’ng qo’lingizni o’ng tarafga uzating.
Men:
«Bitta katakcha o’ngga» - siz chiziqni o’ng tomonga 1 ta katakchaga
o’tkazasiz. O’ng tomonga chiziqni qaysi tarafdan o’tkazishingizni qo’lingiz bilan
ko’rsating.
Naqshni chizishni nuqtadan boshlaymiz. Qalamni bitta nuqtaga quying.
Diqqat! Chiziqni chizamiz -1 ta katakcha yuqoriga. Qalamni qog’ozdan uzmang.
1 ta katakcha o’ngga. 1 ta katakcha pastga. Bittasi o’ngga, bittasi pastga,
keyingilarini o’zingiz davom ettiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |