Ishning borishi:
Stol ustiga tartibsiz ravishda, ayiqchaning uxlashi, badan tarbiya
mashqlarini bajarishi, yuvinishi, o'qishi, o'ynashi va nonushta qilishi tasvirlangan
rasmlar aralashtirib qo'yiladi. O'quvchilar tartib bilan rasmlarni o'z o'rniga qo'yib
joylashtirishlari kerak.
«O'xshashini olib kel»
Maqsad:
O'quvchilarning esda saqlash xotirasini o'stirish.
Ishning borishi:
Turli o'yinchoq va buyumlarning tasvirlangan rasmlari
o'quvchilarga tarqatiladi. O'qituvchi yoki psixolog tomonidan o'yinchoq yoki biror
buyum tasvirlangan rasm bir-ikki sekund ichida ko'rsatilib olib qo'yiladi. O'quvchi
ko'rsatilgan rasmni xotirasida saqlab, stol ustida qo'yilgan rasmlar orasidan topib
ko'rsatishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |