O’yin mashqlari va o’yin-mashg’ulotlar.
Aytib o’tilgan o’yinlardan tashqari
bolalar bilan bo’ladigan ish jarayonida ko’pincha o’yin mashqlaridan («Bargiga qarab
daraxtni top», «Ta’midan bilib ol», «Xuddi shunga o’xshash gulni top», «Sariq
bargni olib kel» va boshqalar) foydalaniladi. O’yin mashqlari narsa va hodisalarni
sifati hamda xususiyatiga ko’ra farqlashga o’rgatadi, kuzatuvchanlikni o’stiradi.
Bu o’yinlar butun guruh bolalari bilan yoki ularning bir qismi bilan o’tkaziladi.
O’yin mashqlari kichik va o’rta guruhlarda alohida ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |