Malakasini oshirish instituti tabiat bilan tanishtirish


”  sohasi mazmuni asosidagi



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/139
Sana04.02.2022
Hajmi2,35 Mb.
#431678
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   139
Bog'liq
Tabiat bilan tanish oquv qollanma

” 
sohasi mazmuni asosidagi
 
o’quv-tarbiyaviy jarayonni «O’zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha 
yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yilgan davlat talablari» asosida amalga oshiradi.
―Bilish jarayonining rivojlanishi‖ sohasidagi o’quv-tarbiyaviy faoliyat ―Ilk 
qadam‖ Davlat o’quv dasturida berilgan yillik mavzuviy reja
asosida oylik va hafta 
mavzulariga asoslanib faollik markazlarida va kun davomidagi turli faoliyatlarda
olib boriladi. 
Oy mavzulari ichidagi hafta mavzulari bo’yicha quyidagi rivojlantirish markazlari 
ishi tashkil etiladi: 
1. ―Til va nutq‖ markazi. 
2. ―Qurish-yasash, konstruktsiyalash va matematika‖ markazi 
3.―San’at‖ markazi 
4.―Ilm –fan va tabiat‖markazi 
5.―Syujetli –rolli o’yinlar va drammalashtirish‖ markazi 
―Bilish jarayonining rivojlanishi‖ sohasidagi kichik sohalarda belgilangan 
vazifalarni pedagoglar asosan ―Ilm fan va tabiat‖, ―Qurish-yasash, konstruktsiyalash 
va matematika‖ hamda ―Til va nutq‖ markazlaridagi ta’limiy faoliyat orqali amalga 
oshiradilar. Markazlardagi faoliyatlar bilan cheklanib qolmagan holda kun davomida 
sayr, ertalabki suhbat, katta guruh bo’lib ishlash va turli hil ko’rik-tanlov, 
viktorinalar, ko’rgazmalar orqali ham maqsadga erishi ya’ni bolaga kerakli bilimni 
berish mumkin. 
Tarbiyachi tabiat bilan tanishtirish metodikasining vazifalari ustida ish olib 
borar ekan, haftaning o’rganilayotgan mavzusi asosida Davlat talablaridan 
kutilayotgan natijalarni maqsad qilib oladi va faollik markazlarida turli hildagi amaliy 
tajribalar, pedagogning nazariy bilimlari, AKT vositalari, ta’limiy va rivojlantiruvchi 
o’yinlar orqali maqsadga erishish uchun mavzularni rejalashtiradi. 
Tarbiyachi bolalarda bilish jarayonining to’liq rivojlanishi uchun dastur 
vazifalarini va Davlat talablaridagi ―Bilish jarayonining rivojlanishi" katta sohasining
har bir kichik sohasi talablari, kutilayotgan natijalarini yaxshi bilishi va natijalarni 
(rivojlanish ko’rsatkichlar) tanlashi, maqsadni amalga oshirish uchun tegishli 
markazlarni tayyorlash, jihozlar bilan boyitish ishlarini to’g’ri tashkillashtirishi 
lozim. 
Markazdagi faoliyat bolani maqsad sari undashi, bolada qiziqish uyg’otishi, 
bajarayotgan ishidan o’ziga kerakli bo’lgan bilimni olishi, tanlangan materialni 


109 
yakuniy hulosasi aniq namoyon bo’lishi, mavjud jihoz va ko’rgazmalarning guruh 
bolalarining yoshiga mos, havfsiz va ularda qiziqish paydo qilishi lozimligi inobatga 
olinadi. 
Markaz har xaftaning boshida yangi mavzu bilan jihozlanishi va hafta 
davomida yangi jihozlar bilan boyitib borilishi lozim va mavzu asosida berilayotgan 
vazifalarni bola mustaqil bajara olishi uchun imkoniyat yaratilgan bo’lishi kerak; 
ya’ni vazifani bajarish bo’yicha ko’rsatma, yo’nalish yoki sxemalar bilan 
ta’minlanganligiga e’tibor qaratiladi. 
Markazlardagi ish davomida tarbiyachi bolalardagi faollikni va ularda yangi 
bilimlar bazasini qay darajada boyitilayotganligini, bolalar faoliyati davomida duch 
kelayotgan muammolari va yutuqlarini kuzatib boradi. Lozim bo’lsa bolalarga 
yengillik yaratish va ulardagi qiziqishni yanada oshirish maqsadida markazdagi 
jihozlarni boshqa biron bir jihozlar yoki mavzudan chetlashmagan holda yangi 
vazifalar bilan almashtirish mumkin. Faoliyat davomida faol bo’lmagan bolalar bilan 
yakka ishlash hamda ularning ota-onalarini faoliyatga jalb etish choralarini ko’rish 
mumkin.
Har hafta oxirida tarbiyachi bolalar faoliyatini tahlil qilishda quyidagilarga 
e’tibor qaratadi, bolalar nimalarni bilib olgani, nimani bilishni hoxlashlari. Kun 
davomida suhbatlar jarayonida bir hafta davomida berilgan bilimlarni natijalari 
aniqlanadi ya’ni bolada tabiat va atrof-olamdagi o’zgarishlar, tabiat hodisalari, amaliy 
tajribalar asosida nimalar hosil bo’lishi yoki halok bo’lishi, nimalarni yaratish 
mumkinligi, tirik va jonsiz tabiatni bir-biridan qanday ajratishi va tabiat uchun 
qanday foydali ish qilishlari mumkinligi haqidagi bilim va malakalari tahlil qilinadi. 
Yakuniy hulosa chiqarishda tarbiyachi o’z oldiga qo’ygan maqsadiga erishdimi yoki 
yo’qmi buni aniq faktlar (mavzu asosida topishmoqlar, muammoli vaziyatlar, ta’limiy 
o’yinlar) asosida tahlil qiladi. O’tkazilgan tajribalarning bolalar ongiga qay darajada 
ta’sir etganligi, ularga nisbatan qiziqish ortgan ortmaganligi, o’z mehnat natijalarida 
hosil bo’lgan, yaratilgan narsalarni ehtiyot qilish, uni asrash kabi malakalarni 
singdirilganligiga hulosa qilinadi. SHundan so’ng keyingi haftaga tayyorgarlik 
ko’riladi. 
―Bilish jarayonining rivojlanishi‖ yuzasidan Tarbiyachi turli yosh guruhda 
quyidagi vazifalar bo’yicha ish olib boradi: 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish