Biologiya (2) — копия cdr


Jihozlarni va tarmoqning dasturiy ta’minotini tanlash



Download 6,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/54
Sana04.02.2022
Hajmi6,53 Mb.
#431495
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   54
Bog'liq
Kompyuter tarmoqlari

Jihozlarni va tarmoqning dasturiy ta’minotini tanlash
Tarmoq jihozlarini tanlashda ko‘p omillarni hisobga olish kerak, shu jumladan:
• Jihozlarni standartizatsiya darajasi va uning eng ko‘p tarqalgan dasturaviy vositalari 
bilan to‘g‘ri kelishi;
• infonmatsiya uzatish tezligi va uning kelajakda ko‘paytirish imkoniyati;
• tarmoqning mumkin bo‘lgan texnologiyalari va ularning kombinatsiyalari (shinа, 
passiv yulduz, passiv daraxt);


72
• tarmoqdagi almashuvni boshqarish usuli (CSMA/CД, to‘liq duplek yoki markerli 
usul);
• ruxsat etilgan tarmoqdagi kabel turlari, uning maksimal uzunligi, halaqit 
qiluvchilardan himoyalanganligi;
• narxi va alohida apparatli vositalarning texnik tavsiflari (tarmoqli adapterlar, 
transiverlar, repiterlar, konsentratorlar, kommutatorlar).
Ko‘pincha bularni inkor qilishadi, bunday qilish bekor: dasturiy ta’minotni almashtirish 
oson, lеkin apparaturali аlmаshtirish, ayniqsa kabelni joylashtirishi, juda qimmatga 
tushadi, goxida qilib ham bo‘lmaydi. Bunday holatda, ko‘rilayotgan voqea uchun Erhernet 
tarmog‘ini qo‘llashini taxlil qilib ko‘rish kerak, chunki bu tarmoq juda mashxur, qimmat 
emas va rivojlanishga yo‘l qo‘yadi (Fast Erhernet Gigabit Erhernet).
Kabelni tanlashda, birinchi navbatda tarmoqga kerak bo‘lgan uzunligini hisobga 
olish kerak, shuningdek tashqi halaqit qiluvchilardan ximoyalanganligini va o‘zi to‘lqin 
chiqarish darajasini. Tarmoqning katta uzunligida va uzаtаdigаn ma’lumotlarni maxfiyligini 
ta’minoti zarurligida yoki xonada halaqit qiluvchilar darajasi katta bo‘lganida optotolali 
kabelni almashtirib bo‘lmaydi. Ta’kidlaylik qulay sharoitlar bo‘lganda ham elektr 
kabellarni qo‘llashni o‘rniga optotolali kаbеllarni ishlatish buzilgan axborotli paketlar 
qismini pasaytirish hisobiga tarmoqning unumdorligini sezilarli ko‘tarishga imkon (10-
50%) yaratadi.Halaqit qiluvchilarning katta darajasi korxona xonasida katta quvvatli elektr 
jihozlarning borligidan kelib chiqadi (Masalan, metallga ishlov beradigan dastgohlar, 
fizik qurilmalar). Shuningdek u yaqinida joylashgan (00-200 m. gacha). Yuqori voltli 
elektr uzatish liniyalari va kuchli radiouzatuvchilar (radiostansiyalar, uyali telefonlarning 
retranslyatsion antennalari). Ba’zan, hаlаqit qiluvchilarning yuqori darajasi tarmoq 
kabelining noto‘g‘ri joylanishiga ham bog‘liq. Masalan, 220 voltli kuchli simlar uzunligida 
joylashtirish yoki shunga qaramasdan, ko‘p tarmoqli dasturiy vositalar bunga qarshi 
maxsus choralar ishlatishadi, apparaturaning boshqa ishlamasliklarga ham (Masalan 
disklardan nusxa ko‘chirish), bu judda jiddiy muammo. Ba’zan tok manbaini o‘chib qolishi 
tarmoqni to‘liq va uzoq vaqtga ishdan chiqarishi mumkin.
Ideal holatda tok manbaini o‘chib qolishidan tarmoqning hamma serverlari 
himoyalangan bo‘lishi kerak (ishchi stansiyalar ham). Agar server tarmoqda bitta 
bo‘lsa, bunga erishish juda oson. Uzluksiz tok manbai, tok berish manbai buzilganda, 
akkumulyatordan ulangan kompyuterga tok berishga o‘tadi va kompyuterga maxsus 
signal yubораdi, u esa qisqa vaqt ichida bajarayotgan operatsiyalarni tamomlaydi va 
diskda ma’lumotlarni saqlaydi. Uzluksiz tok bilan ta’minlaydigan manbani tanlaganda 
eng avval u ta’minlaydigan maksimal quvvatiga e’tiborni qaratish kerak va kuchlanishi 
nominal darajasini u tomonidan qancha vaqtda ushlab turishini (Bu vaqt bir neche 
minutdan bir necha soatgacha bo‘lishi mumkin). Bu qurilma ancha qimmat (bir necha 
ming dollargacha). Shuning uchun bitta uzluksiz tok berish manbai ikki-uch Serverga 
ishlatish maqsadga muvofiqdir. Kichik quvvatli UPS lar ancha arzon turadi, quvvati 300-
600 Vt bo‘lganlar – 100 dollardan kamrroq, va ishchi stansiyalar uchun ishlatilsa bo‘ladi. 
Aksi bo‘lganda ham to‘g‘ri. Har qanday holatda ham jixozlarning barcha komponentlari 
maksimal darajada bir biroviga to‘g‘ri kelishi kerak.


73
Afsuski, tarmoqni loyihalash jarayonida eng avval qaysi muammolarni hal etish 
kerakligi va qaysilarini eng oxirigacha qoldirish kerakligini ajratib olish mutlaqo mumkin 
emas. Dasturiy vositalarni tanlashni qandaydir ikkilаmchi deb hisoblab, tarmoqning 
tuzilishiga va o‘lchamlariga kerakli jixozlarning tavsiflariga mutlaqo ta’sir ko‘rsatmaydi 
deb bo‘lmaydi. Shuning uchun qanday dasturiy vositalarni ishlatish kerakligi yoki qaysi 
sinfga ular tegishligini loyihalashning boshlanishida hal etilishi kerak.
Tarmoqni dasturiy ta’minotini tanlashda quyidagi omillarni birinchi navbatda hisobga 
olish kerak:
• qaysi tarmoqni u ushlab turadi: bir pog‘onali tarmoq, serverga asoslangan tarmoq 
yoki shu ikki turini
• foydalanuvchilarni qaysi maksimal soniga mo‘ljallangan (yaxshisi 20% kam bo‘lmagan 
zahira bilan olish kerak).
• serverlar sonini qanchasini kiritish mumkin va serverlarni qanday turi mumkin;
• har xil operatsion tizimlari va har xil kompyuterlari, shuningdek boshqa tarmoqli 
vositalari bilan ishlash qobilligi;
• har xil rejimda ishlaganda dasturiy vositalarni unumdorlik darajasi qanday;
• ishоnchli ishlash darajasi qanday, kirishga ruxsat etilgan rejimlari va ma’lumotlarni 
himoyalash darajasi qanday;
• va barkim asosiydir – dasturiy ta’minotining narxi qancha.
Hech qachon eng takomillashgan maxsulot ketidan quvish kerak emas, u mashxur 
bo‘lgani uchun, chunki odatda u bilan ishlash murakkabroq, va narxi ham ancha qimmat 
bo‘lishi mumkinki, sizning masalalaringizni yechishda oddiy bir pog‘onali tarmoq to‘g‘ri 
kelishi mumkin, chunki u maxsus boshqarish va qimmat serverni sotib olishni talab 
qilmaydi.
Bir pog‘onala tarmoq holatida ham buning uchun alohida mutaxassisni (administratorni) 
ajratish yaxshiroq, chunki u tarmoq konfiguratsiyasi to‘g‘risida.
• korxonaning umumiy tarmog‘i – bu marshrutizator bilan birlashtirilgan bo‘limlarning 
tarmoqlarini uch segmentlari. Global tarmoqga ulanish uchun huddi shu marshrutizatordan 
foydalaniladi.
• ishchi guruhlar serverlari ishchi guruhlar xonalarida joylashtiriladi, bo‘limlar 
serverlari esa bo‘limlar joylashgan qavatlarida.
Ko‘rilayotgan holatda, tarmoqning kolliziyalar hududi (konfliklar zonasi) har bir ishchi 
guruhlar xonalarida, bo‘lim kommutatorlari bilan ishchi guruh konsentratori bog‘laydigan 
yana segment, segmentlarni o‘z ichiga qamrab oladi. Bunday kolliziyalar hududi to‘qqista 
bo‘ladi. Oldingi bobdagiga o‘xshab, huddi shular uchun tarmoqni ishga loyiqligi to‘g‘risida 
hisoblarni olib borishi kerak. Keng tarqatadigan hududlar har qaysi bo‘limning tarmoqdagi 
hamma segmentlarni o‘z ichiga qamrab oladi, yana korxona marshrutizatorlari bilan bo‘lim 
kommutatorini bog‘laydigan segment. Bunday keng tarqatadigan hududlardan hammasi 
bo‘lib uchta bo‘ladi (bu yerda S-ishchi guruh serverlari, RK-repiterli konsentratorlar, RKP-
bo‘lim konsentratorlari).
Agar loyihalashtirayotgan tarmoq bo‘yicha mo‘ljallanayotgan almashuv intensivligi 
uncha katta bo‘lmasa, kompyuterlar uncha ko‘p bo‘lmasa va bino o‘lchamlari to‘g‘ri kelsa, 


74
bunda ancha murakkab va qimmat qurilmalar bo‘lgan – marshrutizatorlarsiz ham ishni 
bajarish mumkin. Resurslarni taqsimlanishi to‘g‘risida barcha ma’lumotlarga ega bo‘ladi 
va hamma foydalanuvchilar tomonidan tarmoqdan to‘g‘ri foydalanishligini nazorat 
qiladi. Agar tarmoq katta bo‘lsa, bunda bitta tarmoq administratori bilan endi kifoyalanib 
bo‘lmaydi, katta guruh administratorlari kerak bo‘ladi, ularni tizimli administrator 
boshqarishi kerak. Tarmoqni o‘rnatib, ishga tushgandan keyin bu masalalarni еchishgа 
ancha kech bo‘ladi.
Faqat shulardan keyin, tanlangan dasturiy ta’minotni o‘rnatishga o‘tish mumkin, albatta 
agar bunday o‘rnatish kerak bo‘lsa. Aytib o‘tish joizki, ko‘p hollarda dasturiy vositalarni 
bevosita o‘rnatishni maxsuslashtirilgan kompyuter firmalar ishchilari shug‘ullanishadi. 
Ammo muayyan korxonaga nima kerakligi to‘grisidagi qarorni qabul qilishni har holda bu 
tarmoq bilan keyinchalik kim ishlaydiganlar hal qilishi kerak.
Tarmoqni o‘rnatgandan keyin uning konfiguratsiyasini (tashqi ko‘rinishini) o‘tkazish 
kerak, ya’ni tarmoqning mantiqiy joylanishiga e’tiborni qaratish kerak, uning muayyan 
sharoitda ishlashini sozlash kerak. Bu tarmoqning tizim administratori burchlariga kiradi, 
keyinchalik u tarmoq ishlashini nazorat qiladi va uni boshqaradi:
• foydalanuvchilarni va har xil vazifali foydalanuvchilar guruhini tuzish;
• foydalanuvchilarni kirish huquqlarini aniqlash;
• yangi foydalanuvchilarni o‘qitish va foydalanuvchilarga kerak bo‘lganda operativ 
yordam o‘rsatish;
Resurslarni taqsimlanishi to‘g‘risida barcha ma’lumotlarga ega bo‘ladi va hamma 
foydalanuvchilar tomonidan tarmoqdan to‘g‘ri foydalanishligini nazorat qiladi. Agar 
tarmoq katta bo‘lsa, bunda bitta tarmoq administratori bilan endi kifoyalanib bo‘lmaydi, 
katta guruh administratorlari kerak bo‘ladi, ularni tizimli administrator boshqarishi kerak. 
Tarmoqni o‘rnatib, ishga tushgandan keyin bu masalalarni еchishgа ancha kech bo‘ladi.
Faqat shulardan keyin, tanlangan dasturiy ta’minotni o‘rnatishga o‘tish mumkin, albatta 
agar bunday o‘rnatish kerak bo‘lsa. Aytib o‘tish joizki, ko‘p hollarda dasturiy vositalarni 
bevosita o‘rnatishni maxsuslashtirilgan kompyuter firmalar ishchilari shug‘ullanishadi. 
Ammo muayyan korxonaga nima kerakligi to‘grisidagi qarorni qabul qilishni har holda bu 
tarmoq bilan keyinchalik kim ishlaydiganlar hal qilishi kerak.
Tarmoqni o‘rnatgandan keyin uning konfiguratsiyasini (tashqi ko‘rinishini) o‘tkazish 
kerak, ya’ni tarmoqning mantiqiy joylanishiga e’tiborni qaratish kerak, uning muayyan 
sharoitda ishlashini sozlash kerak. Bu tarmoqning tizim administratori burchlariga kiradi, 
keyinchalik u tarmoq ishlashini nazorat qiladi va uni boshqaradi:
• foydalanuvchilarni va har xil vazifali foydalanuvchilar guruhini tuzish;
• foydalanuvchilarni kirish huquqlarini aniqlash;
• yangi foydalanuvchilarni o‘qitish va foydalanuvchilarga kerak bo‘lganda operativ 
yordam o‘rsatish;
• shu tarmoqning barcha serverlar diskli hududini nazorat qilish;
• himoyalash va ma’lumotlar nusxasini zahiralash, kompyuter viruslariga qarshi 
kurashish;


75
• dasturiy ta’minotni va tarmoqdagi apparaturalarni modernizatsiya qilish;
• maksimal unumdorligiga erishish uchun tarmoqni sozlash.
Tizim administratori, odatda, hamma tarmoq resurslarga va tarmoqning 
xizmat dastrularigi kirishga maksimum huquqlarga ega bo‘ladi. Tarmoqning boshqa 
foydalanuvchilari ideal holatda, tarmoqni sezishlari kerak emas: fayl-serverlarda, yangi 
printerlarda, skanerlarda, modellarda, yangi dasturlarda tarmoqga maxsus yo‘naltirilgan 
ulardа yangi disklar paydo bo‘lishi kerak, masalan, elektron pochta.
Tashkil qilinayotgan foydalanuvchilar guruhi bir muammo yoki yaqin muammolar bilan 
shug‘ullanayotgan korxona xodimlarining (real) haqiqiy guruhlari bilan imkoniyati boricha 
to‘g‘ri kelishi kerak. Har bir guruhga tizim adminsitratori tarmoq resurslarga o‘zining kirish 
huquqlarni o‘rnatishi mumkin. Har bir foydalanuvchiga alohida huquqlarni belgilamasdan, 
qulayrog‘i ma’lum bir xuquqli guruh tuzib, so‘ng unga kerakli foydalanuvchilarni kiritsh 
kerak. Bunda foydalanuvchini xuquqlarini o‘zgarishi kerak bo‘lsa boshqa guruhga o‘tkazish 
bilan kifoyalansa bo‘ladi. Yaxshi bo‘lardi, Agar har bir guruhni boshqaradigan o‘zini 
tarmoq administratori bo‘lsa (albatta, Agar guruhlar yetarli katta bo‘lsa). Miсоl uchun OC 
Windows NT tarmog‘i to‘rt turdagi guruhlar tuzishga imkon yaratadi:
• Lokal guruhlar, ya’ni lokal kompyuterida ro‘yxatdan o‘tadiganlar;
• global guruhlar, ya’ni domenni (RDS) bosh kontrollerda ro‘yxatdan o‘tadiganlar;
• maxsus guruhlar (tizim ichidagi muxtojlar uchun ishlatiladigan)
• kiritligan guruhlar, ular uch kategoriyaga bo‘linadi: administratorlar, operatorlar va 
boshqa foydalanuvchilar.
Har bir foydalanuvchiga alohida o‘zining kirish huquqlarini o‘rnatish mumkin. Ideal 
holatda, har bir foydlananuvchi unga haqiqatda qancha kerak bo‘lsa, shuncha kirish 
huquqiga ega bo‘lishi kerak, ko‘p ham emas, kam ham emas. Kerak bo‘lganga qaraganda 
agar huquqi kam bo‘lsa, administratorni ishlashiga bu halaqit beradi. Agar kerak 
bo‘lganidan huquqi ko‘p bo‘lsa, bunda foydalanuvchi erkin suratda yoki erkin bo‘lmaganda 
u bilan ishlamaydigan qimmatli axboratni yo‘qotib yuborishi yoki uning buzishi mumkin.
Har qaysi tarmoqli operatsion tizim yoki qoplama kataloglarga va fayllarga ruxsat 
etilgan o‘zining kirish huquqlari to‘plami bor. Bu uning ixchamligini, ishonchliligini 
tarmoqning rivojlanish imkoniyatini ifodalaydi. Masalan, tarmoqli OC NetWare 3.12 15 
jadvalda ko‘rsatilgan huquqlarni ta’minlaydi. Tarmoqli OS Windows NT Server 16-jadvalda 
ko‘rsatilgan huquqlarni ta’minlaydi. Boshqa tarmoqli vositalarga (17-jadval) qaraganda 
OS Windows tomonidan beriladigan kirish huquqlar to‘plami kam.
Vaqti - vaqti bilan serverning barcha disklaridan nusxa olish tavsiya etiladi, masalan, 
magnit lentasiga yoki magnitli yoki optik disklarga. Bu avariya holatida uncha ko‘p axborot 
yo‘qotmasdan, tarmoqning yaqindagi holatini tiklaydi. Bunda tizim administratori ishchi 
stansiyaning diskida foydalanuvchilar va ularning kirish huquqlari to‘g‘risida ma’lumotlarni 
saqlashi kerak, chunki tarmoqning tiklangan vaqtida bularni hamasini yangitdan 
berilmasligi uchun. Serverlarning disklari ikki nusxali bo‘lishi maqsadga muvofiq, ulardan 
bittasi onda sonda yangilanadi (Masalan, bir oyda bir martta), ikkinchisi esa – tezroq 
(masalan, bir haftada bir marta).


76

Download 6,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish