Diqqatning barqarorligi.
Ma‟lum ob‟yekt ustida diqqatni uzoq muddat
to‟plab tura olish xususiyati.
2.
Diqqatning beqarorligi barqarorlikning aksi.
Masalan, boshlang‟ich
sinf o‟quvchilari.
3.
Diqqatning ko’chishi.
Diqqat ko‟chuvchanlik xususiyatiga ega.
Kishining bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga o‟tishini ko‟chuvchanlik xususiyati
ta‟minlaydi. Masalan, birinchi dars matematika, ikkinchi dars adabiyot.
4.
Diqqatning taqsimlanishi.
Kishi bir vaqtning o‟zida bir nechta faoliyat
bilan shug‟ullanishi mumkin. Bunga diqqatning taqsimlash xususiyati imkon
yaratadi. Masalan, qishloq ayoli urchuq yigirib o‟tirib, televizor ko‟rishi,
suhbatlashishi.
5.
Diqqatning bo’linishi.
Kishi konkret faoliyat bilan shug‟ullanayotganda
ob‟yektiv va sub‟yektiv ta‟sirlar tufayli diqqatning bo‟linishi sodir bo‟ladi.
Masalan, dars jarayonida eshikning taqillashi.
Diqqati bilan ham odamlar bir-biridan farq qiladi. Masalan, diqqati tor yoki
keng ko‟lamli, barqaror yoki beqaror va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |