Masalaning qisqa yozuvi: 3 tup daraxtdan – 48 kg olxo‗ri
1-daraxtdan – 12 kg olxo‗ri
2-daraxtdan – 24 kg olxo‗ri
3-daraxtdan – ? kg olxo‘ri
Yechish rejasi: Uchinchi daraxtdan necha kilogramm olxo‘ri terib olingan?
Yechilishi: 1-usul:
1) 12+24=36 (ikkala daraxtdagi olxo‘ri)
2) 48-36=12 (uchinchi daraxtdagi olxo‘ri)
2-usul:Sonli ifoda orqali topish.
48-(12+24)=48-36=12 ( uchinchi daraxtdagi olxo‘ri)
Javob: 3-daraxtdan 12 kg olxo‘ri terib olingan.
14-masala. Birinchi do‘konga 56 kg, ikkinchi do‘konga esa undan 12 kg
kam go‘sht keltirildi. Ikkala do‘konga hammasi bo‘lib necha kilogramm go‘sht
keltirilgan?