142-masala.
Savatda 32 ta anor bor edi. Savatdagi
anorlardan yarmini Anvar,
choragini Marjona oldi. Savatda nechta anor qoldi?
Masalaning qisqa yozuvi:
Hammasi – 32 ta anor
Anvar oldi – yarmini
Marjona oldi – choragini
Qoldi – ? anor
Yechish rejasi:
1.Anvar nechta anor oldi?
2.Marjona nechta anor oldi?
3.Savatda nechta anor qoldi?
Yechilishi:
1-usul:
1) 32:2=16 (Anvar olgan anorlar soni)
2) 32:4=8 (Marjona olgan anorlar soni)
3) 16+8=24 (savatdan olingan jami anorlar soni)
4) 32-24=8 (savatda qolgan anorlar soni)
2-usul: Sonli ifoda orqali topish.
32-(32:2)-(32:4)=32-16-8=8 (Savatda qolgan anorlar soni)
Javob
: Savatda 8 ta anor qoldi.