O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida moddiy resurslar
zaxirasini yaratish va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish tadbirlarini mablag‘ bilan ta’minlash.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda zaxira fondidan favqulodda vaziyatlarni
bartaraf etish uchun ajratilgan mablag‘larning hisobi yuritilishini tashkil etish hamda ulardan
maqsadli foydalanilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari asosida xorijiy davlatlar
hududida sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlangan O‘zbekiston Respublikasi
fuqarolariga yordam ko‘rsatish hamda ularni va halok bo‘lganlarni evakuatsiya qilish tadbirlarini,
mutaxassislarning xorijiy davlatga voqea joyiga yetib borishini va O‘zbekiston Respublikasiga
qaytib kelishini moliyalashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |