O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Moliya vazirligi bilan
birgalikda vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar
tomonidan taqdim etiladigan aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish
obyektlarini qurishning aniq yo‘naltirilgan dasturlarini ko‘rib chiqish hamda ular bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish uchun takliflar tayyorlash.
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va fuqaro muhofazasi bo‘yicha o‘rta va uzoq
muddatli konsepsiyalar, strategiyalar va dasturlarni moliyalashtirish masalalarini ko‘rib chiqish va
takliflar berish.