17-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI
260
Bunda san’at asari ijtimoiylashgan badiiyat, undagi qahramon g‘oyaviy-badiiy yaxlitlik tarzida
tarbiyaviy rol o‘ynaydi.
Ijtimoiy aloqachilik (kommunikativlik) faoliyati - san’atning o‘ziga xos vazifasi.
Haqiqiy san’at asari idrok etuvchini muayyan makonda va zamonda «birga olib yuradi», biz
uchun yangi bo‘lgan voqelik bilan «tanishtiradi», hozirgi zamon odamini boshqa bir zamonga,
boshqa tarixiy voqealar joyiga, boshqa mintaletetga, boshqa mintaqaga «olib boradi», M.,
SHekspirning «Romeo va Juletta» asari orqali O‘rta asrlar Italiyasidagi voqealar bilan
bog‘lanamiz. Zamonaviy san’at asarida ham shunday holatni ko‘rishimiz mumkin. Bundan
tashqari, san’at ijodkor va jamiyat, ijodkor va asar, asar va uni estetik idrok etuvchi orasidagi uch
yoqlama aloqani ham amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |