16-MAVZU. ESTETIKA: ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI
232
taraqqiy ettiradi. Estetik his-tuyg‘u insonni qurshab turgan muhitdagi go‘zallik va xunuklikni,
ulug‘vorlik va tubanlikni, fojiaviylik va kulgililikni idrok etish va baholash qobiliyatidir. Estetik
ehtiyoj ezgulikka, go‘zallikka intilishdir. Bu ehtiyoj mehnat, san’at, axloqiy munosabatlardagi
go‘zallikni taqozo etadi. Estetika o‘z mohiyatiga ko‘ra, din, fan, axloq, huquq tamoyillaridan
farq qiluvchi o‘ziga xos qonunlar asosida rivojlanib, unda o‘tmish madaniy merosi, hozirgi kun
tarbiyasi, kelajak bashoratlari uyg‘unlashgan holda namoyon bo‘ladi, fan voqea-hodisalarning
qonuniyatlarini voqelikka muvofiq keladigan tushunchalar va qoidalar orqali ochib bersa,
estetika voqea-hodisalarni xayol, to‘qima obrazlar vositasida ifodalaydi. Ulardagi timsollar ham
o‘z tuzilishiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Masalan, musavvirlik, haykaltaroshlik, teatr va
boshqa san’at turlarida voqea-hodisalar bevosita tasvirla-nadi. Musiqa, raqs, me’morchilikda
san’atkorning voqea-hodisalar va narsalardan tug‘ilgan g‘oyaviy-hissiy holati ifodalanadi. Bu
jihatdan estetika san’atga yaqin turadi. Estetika fani
falsafiy bilimlar majmuida o‘ziga xos
alohida ahamiyatga molik bo‘lib, u bir tomondan insonning atrof-muhitga, voqelikka estetik
munosabati doirasidagi olamni o‘zgartirish jarayonidagi faoliyatini namoyon etadi. Ikkinchidan,
san’atga alohida ahamiyat beradi. Chunki ayni shu erda insonning nafosat olamini o‘zlashtirishi
eng yuqori darajaga ko‘tariladi.
Estetika fanining ikki tomoni mutanosibligi nihoyat darajada murakkab tizimga ega
bo‘lib, uni soddalashtirib, qolipga solishga urinishlar ko‘p hollarda kulgili vaziyatlarga olib
keladi. Uning bir tomonini bo‘rttirib, ikkinchi tomonini unga bo‘ysundirib qo‘yish ham estetika
fani mohiyatini buzilishiga olib keladi. Masalan, atrof-muhitni go‘zallik mezoni bilan
baholanishini bo‘rttirib yuborish estetikani faqat go‘zallik falsafiy qolipiga zo‘rlab sig‘dirishga,
inson badiiy faoliyati sohasini esa faqat san’at falsafasi darajasiga tushirib yuborishga sabab
bo‘ladi. Estetikaning fan, keyinchalik esa o‘quv darsi sifatida shakllanish jarayonlarida uni bir
qator mustaqil bilim sohalariga bo‘lib yuborishlar, ya’ni estetikani «estetik qadriyatlar
nazariyasi», «estetik idrok etish nazariyasi» va «umumiy san’at nazariyasi» sohalariga ajratib
o‘rganish hamda o‘qitish maqsadga muvofiq deb ko‘rsatilgan edi. Insonning estetik faoliyati
badiiy faoliyati bilan, aksincha uning badiiy faoliyati estetik faoliyati bilan bab-baravar degan
aqida tarixiy taraqqiyot tajribasida o‘zini oqlamadi. Aslida bu ikki nisbiy mustaqil maqomga ega
bo‘lgan inson faoliyati sohalari o‘zaro shu qadar chirmashib ketganki, ularni bir-birisiz tasavvur
qilib bo‘lmaydi.
Insonning estetik faolligi jarayonida tabiat va jamiyat qad-riyatlari munosabatlari
tizimidagi estetik xususiyatlar (go‘zallik va xunuklik, ulug‘vorlik va tubanlik, fojialilik va
kulgililik) qonuniyatlari namoyon bo‘ladi. Insonning estetik faoliyati sifati va darajasi esa estetik
qadriyatlar bilan estetik baholash qobiliyati, estetik idrok etish bilan estetik amaliyot
o‘rtalaridagi uzviy aloqadorlik madaniyatning barcha sohalaridagi badiiy va estetik o‘zaro
bog‘liq mezonlari bilan o‘lchanadi.
Estetikaning ikkinchi tarkibiy qismi bo‘lgan san’atni yaxlit birlikda mushohada etib
o‘rganish, uning faoliyati boshqa turlari qatorida tizimi va amal qilish xususiyatlarini anglab,
badiiy ijod, uning samarasi bo‘lgan san’at asarlari bilan ularni odamlar idrok qilishining uzviy
bog‘liqligini ilg‘ab olish, badiiy faoliyat aniq shakllarini yaratuvchi qonunlarini o‘rganish
faoliyat badiiy taraqqiyoti qonunlarini san’at ravnaqining istiqbollarini ko‘ra bilish qobiliyatining
vujudga kelishi jarayonlarini tadqiq etish estetika fanining eng muhim mavzusi hisoblanadi.
Estetika fani hech vaqt faqat atrof-voqelikni estetik va badiiy idrok etish qonuniyatlarini
o‘rganish bilan chegaralanib qolmay, u tadqiq va tahlil ishlarini istiqbol maqsad-manfaatlariga
yo‘naltirib turgan. Estetikaning istiqbolga mo‘ljallanganligi shu bilan izohlanadiki, u voqelikni
nafosat nuqtai nazaridan baholashda, badiiy mezon o‘lchovlarini ilmiy jihatdan ishlab chiqib,
amaliy faoliyatga tatbiq etishda o‘z ifodasini topadi. Insonning estetik tafakkuri shakllanib,
rivojlanib va takomillashib borgani sari uning ijtimoiy-ruhiy, mafkuraviy-g‘oyaviy, siyosiy-
ma’naviy intilishlari ham tobora tiniqlashib boradi. Chunki estetik tafakkur insonning maqsad-
manfaatlarini estetik-badiiy vositalarda nazariy asoslab beradi, estetik madaniyat va badiiy
amaliyot asoslarini o‘rganish, tahlil qilish bilan boyitadi, estetik nazariyalarning falsafiy
asoslarini ochib beradi, voqelikni estetik in’ikos etish jarayonlarini ko‘rsatib beradi. SHunday
Do'stlaringiz bilan baham: |