Sillogizm moduslari.
Sillogizm moduslari deganda sillogizmning har bir figurasi doirasida
chiqariladigan xulosalarning turlari nazarda tutiladi.
Sillogizm tarkibidagi mushohadalarning
mazmun va miqdor jihatidan turli xil tarzda bog’lanishlari sillogizm moduslari deyiladi.
Sillogizmning har bir figurasi doirasida 64 tagacha modus bo’lishi mumkin. Moduslar sillogizm
xulosasi tarkibiga kirgan mushohadalar turi bilan belgilanadi. Masalan: Sillogizmning bir
figurasining modusi A tarzida bo’lishi mumkin. Buning ma’nosi shuki, sillogizmning har 3 qismi
(katta asos, kichik asos, xulosa) umumiy tasdiq (A) mushohadadan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |