8-MAVZU. FALSAFIY ANTROPOLOGIYA (INSON FALSAFASI)
119
qarashlaridan farq qilar edi. Moniy o‘zining axloqiy ta’limotini yoyish uchun “Xuastuanift”
kitobini yozdi. U turk tilida yozilgan iqrornomadir. Moniylikni targ‘ib qiluvchi ushbu kitobdagi
ma’lumotlar Avestoda uchraydigan ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi kurashni yangicha davomiy
ko‘rinishidir. V-VI asrlarda tarqalgan yana bir diniy-falsafiy ta’limot mazdakiylik edi. Mazdak
ta’limotiga muvofiq olamda bo‘layotgan o‘zgarishlar ongli va ma’lum bir maqsadga qaratilgan
bo‘lmog‘i lozim. Ayniqsa, insonning ongli faoliyati ezgulik ustidan g‘alaba qiladi. Mazdak
qarashlarida jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlikka bartaraf etish g‘oyasi markaziy o‘rinlardan birini
egallar edi. Uning fikricha, jamiyatda barcha odamlar teng bo‘lishi, ular orasidagi sodir
bo‘ladigan turli munosabatlar ijtimoiy adolat tamoyillariga asoslanishi darkor. U jamiyatda
xotinqizlar va erkaklarni teng huquqliligini talab qilib chiqqan birinchi islohotchi edi. Musulmon
faylasuflari ham odam bilan olam orasidagi o‘zaro aloqadorlik muammolarini bilishga intildilar.
Odam deb ataluvchi mavjudotni kim yaratgan? Odamlar qanday unsurlardan tashkil topgan.
Odamning inson darajasiga ko‘tarilishi qanday sodir bo‘ladi? Insonning jismi bilan uning
ruhiyati, ma’naviyati orasida aloqadorlik mavjudlik kabi savollarga javob topmoqchi bo‘ldilar.
Bu savollarga javobni musulmon faylasuflari Qur’oni karimdan izlaydilar. Qur’oni Karimning 7
A’raf surasining 11, 12, 15 – Xizr surasining 26 oyatlarida dastlabki odam (Odam Ato) suratini,
Olloh qora botqoqdan, ya’ni loydan yasaganligi, keyin unga tiriklik ya’ni jon ato etganligi,
Momo Havoni esa Odam Atoning chap biqinidan yaratilganligi habar qilinadi.
Musulmon madaniyati – ma’naviyatining nazariy-uslubiy asoslarini shubhasiz, islom dinining
ikki yirik muqaddas manbasi: Qur’oni karim va Hadisi sharif tashkil etadi. Musulmon falsafasida
hadisshunoslik o‘ziga xos o‘rin tutadi. Buyuk hadisshunoslardan Imom Buxoriy 7275 ta sahih
hadislarni to‘pladi. Bu hadislarda umuminsoniy axloq to‘g‘risida batafsil gapiriladi. Buxoriyni
shogirdi Iso at Termiziy musulmon hadislarni to‘plashda va uni har tomonlama tahlil etishda o‘ta
fidoiylik qildi. Ayniqsa, hadislar to‘g‘riligi, ishonchliligining darajasini aniqlashda o‘z ustozi
Imom Buxoriydan ham o‘tib ketdi. Bunday nozik ishni bajarishda, u ichki ezoterik uslubdan
foydalandi. Birinchidan, u payg‘ambarlar hadislarini vujudga kelishi manbalarini o‘rgandi va
uning mazmunini tushuntirib berdi. Ikkinchidan, har bir hadisni islom manbalari nuqtai
nazaridan tahlil qildi. At-Termiziy Markaziy Osiyo xalqlarining islomgacha bo‘lgan urfodatlari,
rasm-rusumlari, marosimlarini musulmon madaniyati va axloqi qoidalariga moslashtirishda
beqiyos ulush qo‘shdi. Musulmon falsafasini yangi ratsional tamoyillar, normalari bilan boyitdi.
Ayniqsa, inson ma’naviy madaniyatini shakllantirishda va uni yanada rivojlantirishda aqliy bilish
muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab o‘tgan. Qaerda bilim, ilmga e’tibor kamaysa, o‘sha
erda odamlar axloqan tubanlasha boshlaydilar. Bilimsizlik – xurofotga moyillikni kuchaytirsa,
ilm izlamaslik g‘iybatchilikka undaydi va jamiyat ma’naviy inqirozga yuz tutadi. Odamlar
orasidan mehr-oqibat ko‘tariladi. Bilimsizlikning dastlabki ko‘rinishi, kishining o‘z iffatini
yo‘qotishidir, deb tushuntiradi. SHunday qilib, haqiqiy falsafada muayyan masalalar, ayniqsa,
inson bilan bog‘liq murakkab masalalar xususida bir xil fikrlash hollari kuzatilmaydi. Bundan
farqli o‘laroq, fanda bir fikrlilik u yoki bu muammoning uzil-kesil echimi topilganidan dalolat
beradi. Masalan, «abadiy dvigatel»ni yaratish masalasi xususida olimlar orasida to‘la bir fikrlilik
hukm suradi: hozirgi zamon tabiatshunosligi qonunlariga muvofiq bunday dvigatelni yaratish
mumkin emas. Ammo fandan farqli o‘laroq, falsafaning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki,
u har qanday hodisani o‘rganish va tushunishda tayaniladigan qadriyatlar va mo‘ljallar tizimidan
tashkil topadi. Ayni shu sababli bu erda u yoki bu faylasufning dunyoni qanday tushunishi, uning
hayotga munosabati, ayniqsa, muhim rol o‘ynaydi. U qaysi aksiomalarni ilgari surishi, qaysi
ustuvorliklarni qayd etishi, nimani muhim deb hisoblashi, nimaga ishonishi yoki
ishonmasligidan faylasufning boshqa narsalarga bo‘lgan tegishli munosabati, uning umumiy va
xususiy masalalarga doir falsafiy pozitsiyasi kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |