8-MAVZU. FALSAFIY ANTROPOLOGIYA (INSON FALSAFASI)
122
giyohvand moddalarini iste’mol qilish, kashandalik, ichki likbozlik, o‘z hayotidan doimiy
norozilik ijtimoiy o‘limni bildiradi. So‘ngra
ruhiy
o‘lim yuz beradi, bunda inson hayot tugagani
va o‘limning muqarrar ekanligini va o‘z hayoti davomida hech narsaga erisha olmaganini
anglaydi.
Miya o‘lishi
bilan bosh miya faoliyati butunlay to‘xtaydi, organizmning turli
funksiyalarini boshqarish barham topadi. Bu jarayon
fiziologik o‘lim
bilan yakunlanadi. Bunda
insonning uni tirik organizm sifatida tavsiflovchi barcha funksiyalari uzil-kesil to‘xtaydi.
Suitsid
(lot. sui caedere – o‘zini o‘ldirish) – maqsadli ravishda o‘zini hayotdan mahrum qilish,
odatda, ixtiyoriy va mustaqil ravishda o‘z joniga qasd qilish. Suitsidga mukammal ta’rifni
fransuz sotsiologi Emil Dyurkgeym bergan. Uning talqini bo‘yicha, shaxs tomonidan o‘zini
kutayotgan natija haqida bila turib, sodir qilingan salbiy xatti-harakatning bevosita yoki bilvosita
natijasi bo‘lmish har bir o‘lim holati o‘z joniga qasd qilishdir. (Emil Dyurkgeymning 1897 yilda
nashr etilgan “Suiqasd” asari suitsidga oid adabiyotning klassik namunasidir. Ushbu asarda olim
mavjud statistik ma’lumotlarga tayanib suiqasd nafaqat psixologik muammo, balki ijtimoiy
ildizga ega xatar ekanligini isbotlagan.). O‘z joniga qasd qilish jamiyatda, odamlar orasidagi
munosabatlarda inson o‘zi echa olmagan yoki odatiy, hammaga ma’qul bo‘lgan yo‘l orqali
echishni istamagan muammolar borligidan, shaxsiy musibat, umidsizlik va tushkunlik bilan
bog‘liq tashvish mavjudligidan darak beradi. O‘z joniga qasd qilishga ko‘pincha uzoq davom
etadigan kasallik, ba’zan esa nogironlik ham sabab bo‘lishi mumkin.
Adabiyotlarda uchraydigan suitsidal harakatning 3 turini ko‘rib chiqamiz:
▘
Namoyishkorana (demonstrativ)
▘
Affektli
▘
Haqiqiy
Demonstrativ hatti – harakatlar – bu boshqalar uni qutqarishni ko‘zlab, o‘z joniga qasd
qilishning bir ko‘rinishidir. Bunda o‘zgalarning diqqatini o‘ziga jalb qilish, o‘ziga nisbatan
boshqalarda qiziqish uyg‘otish, boshqalarning rahmli bo‘lish hissini keltirish, tarafdor (hayrihoh
bo‘lish), og‘ir gunohni (aybni) qilib, jazodan qochish, ranjiganlik uchun o‘ch olish, adolatsizlik
atrofdagilar ranjiganni ayblash holatlari uchraydi. SHuningdek, 16 yoshli bir qiz bir nechta
aspirin va paratsetamol tabletkalarini qabul qilgan. Uning ta’kidlashiga bunga sabab onasi bir
yigit bilan do‘stlashishiga qarshi bo‘lganligi va uni tushunishni xohlamaslik bo‘lsa, u qizning bu
tarzdagi hatti-harakatlari og‘ir jarohatlanish natijasida o‘z sog‘lig‘iga suiqasd qilib kasalxonama-
kasalxona yurishi hayoliga kelmaganida.
Affektiv suitsidial hatti – harakat – yuqori affekt holatida ruy berishi bilan xarakterlanadigan
xulq–atvor tipi. Affekt holatidagi suitsidial harakatlar saxnalashtirilgan (spektakl) shaklida
bo‘lishi mumkin, ammo yanada haqiqiy niyatlar ham bo‘lishi mumkin, hattoki o‘zoq yillar o‘tsa
ham. Affektiv holatlar uzoqqa tuzilishi shuni ko‘rsatadiki, suitsidial harakatlarda beqarorlik
(ikkilanishlar) kuzatilishi mumkin. Bir kuni 14 yoshli qizoloq otasi o‘gay ona bilan yashayotgan
xonadonga keladi, agar otasi uyga qaytmasa o‘zini o‘ldirishini aytadi, bunga javoban o‘gay ona
qizning qo‘liga pichoqni ushlatib, hoziroq shu ishni qilishi mumkinligini aytadi. Qiz pichoqni
qo‘liga olgan holda chap qo‘liga bir necha marta uradi.
Haqiqiy turdagi suitsidial harakatlar – uzoq vaqtlar puxta o‘ylangan, aniq bir maqsadga
qaratilgan bo‘ladi. O‘smir bu ishni qilishdan oldin, shu ishning xavfsizligini o‘ylab qo‘yadi.
Oiladagi nosog‘lom psixologik muhit va oilaviy tarbiyadagi yo‘l qo‘yilayotgan nuqsonlar hamda
ta’lim jarayonida kuzatilayotgan nuqsonlar, bolalar va o‘smirlar yashayotgan mahallalar hayoti,
ularning psixologik muhiti voyaga etmaganlarda xulq og‘ishining kelib chiqishiga o‘z ta’sirini
o‘tkazmasdan qolmaydi. Ma’lumki, ob’ektiv shart-sharoitlar va ijtimoiy muhit voqeahodisalari
o‘smirning ongi, xohish-irodasiga bo‘ysunmagan holda ta’sir etadi va uning ongi, dunyoqarashi,
shaxs sifatida shakllanish va xulq-atvori mazmunini belgilab beradi. I.P.Pavlovning
ta’kidlashicha, inson va hayvon xulq-atvori mazmuni nafaqat nerv sistemasining tug‘ma
xususiyatlari, balki organizmga doimo ta’sir etib turuvchi tashqi ta’sirlar, ya’ni doimiy ravishda
berib boriladigan tarbiya yoki ta’lim jarayoniga ham ham bog‘liq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |