Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar



Download 15,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet373/643
Sana04.02.2022
Hajmi15,64 Mb.
#430761
1   ...   369   370   371   372   373   374   375   376   ...   643
Bog'liq
0500de0e3a84008f07a8a69c740ecd021b49d24d

7-MAVZU: TARIXIY JARAYONDA JAMIYATNING MADANIY VA MA’NAVIY QADRIYATLARI. 
JAMIYAT VA TARIX FALSAFASI
 
108 
individuallashtiruvchi imkoniyatlari ularni qarama-qarshi qo‘yish asosida emas, balki ularning 
yagonaligi va bir-birini to‘ldirishini tan olish asosida hisobga olinadi va ro‘yobga chiqariladi. 
Yuqorida qayd etib o‘tilganidek, tarixning mazmuni muammosi tarix falsafasining aksariyat 
yo‘nalishlarida ko‘zga ko‘rinadigan o‘rinni egallaydi. Ayni vaqtda shunday konsepsiyalar ham 
paydo bo‘lganki, ularda tarixning mazmuni muammosi markaziy muammo hisoblanadi.
Falsafa tarixida ildizlari ilk falsafiy tizimlarga borib taqaluvchi ancha kuchli qadriyatlarga doir 
an’anaga duch kelish mumkin. Qadimgi davrdayoq faylasuflarni qadriyatlar muammosi 
qiziqtirgan. Ammo o‘sha davrda qadriyat borliq bilan ayniylashtirilgan, qadriyatga xos bo‘lgan 
xususiyatlar esa uning mazmuniga kiritilgan. Masalan, Zardusht, Moniy, Suqrot va Platon uchun 
yaxshilik va adolat kabi qadriyatlar haqiqiy borliqning bosh mezonlari hisoblangan. Bundan 
tashqari, qadimgi faylasuflar qadriyatlarni tasniflashga harakat qilganlar. Xususan, Moniy zulmat 
va ziyo dunyosi mavjud, birinchi dunyoda adolatsizlik, zulm, zo‘ravonlik, ikkinchisida esa 
abadiy, engilmas doimiy qadriyatlar hukm suradi, deb hisoblaydi. Aristotel o‘ziga to‘q 
qadriyatlarni (ular jumlasiga faylasuf inson, baxt, adolatni kiritgan) va anglab etish imkoniyati 
insonning oqilligiga bog‘liq bo‘lgan nisbiy qadriyatlarni farqlaydi. 
Turli falsafiy davrlar va ularda mavjud bo‘lgan falsafiy maktablar qadriyatlar tushunchasining 
shakllanishiga o‘z hissasini qo‘shgan. Masalan, O‘rta asrlarda G‘arbda ham, Sharqda ham 
qadriyatlar diniy xususiyat kasb etgan va ilohiy mohiyat bilan bog‘langan. Uyg‘onish davrida 
A.Navoiy, A.Jomiy, Rumiy, Leonardo da Vinchi ijodida insonparvarlik va hurfikrlilik 
qadriyatlari birinchi o‘ringa chiqqan. Jumladan A.Navoiyning odil jamiyat qurish haqidagi 
g‘oyasida umuminsoniy qadriyatlar tizimi, komil inson ta’limotida esa, eng etuk inson qiyofasiga 
xos shaxsiy qadriyatlar tizimi ifodalangan. 
YAngi davrda qadriyatlar haqidagi ta’limotga nisbatan yondashuvlar ratsionalizm nuqtai 
nazaridan tavsiflana boshlanganki, bu hol fanning rivojlanishi va yangi ijtimoiy 
munosabatlarning shakllanishi bilan izohlanadi. Bu davrda qadriyatlar va ularning mezonlari 
muammosi Rene Dekart, Benedikt (Barux) Spinoza, Klod Adrian Gelvetsiy, Pol Anri Golbax, 
A.Avloniy, A.Donish, Furqat, Muqimiy va boshqa mutafakkirlarning asarlarida o‘z aksini 
topgan. Jumladan, A.Avloniy «Turkiy guliston yoxud axloq» asarida, «yaxshi xulqlar» – 
muhabbat, yaxshilik, adolat, haqiqat, shijoat, ibrat kabi ijobiy qadriyatlarni va razolat, g‘iybat, 
jaholat, adovat kabi «yomon xulqlar»ni farqlaydi. Keyinroq, XX asrda, o‘zbek faylasufi 
S.SHermuxamedov Avloniy g‘oyasini davom ettirib, insonga tabiat 36 ta ijobiy fazilat va 36 ta 
salbiy illat ato etganligini, ularning qay darajada namoyon bo‘lishini, inson o‘z hayotining 
qadriga etishida ko‘rinishini e’tirof etadi. 
XX asrning boshida fransuz faylasufi P.Lapi qadriyatlar nazariyasini ifodalash uchun 
«aksiologiya» (yunon. «axios» – «qadriyat», «logos» – «fan», «ta’limot») atamasini muomalaga 
kiritdi. Keyinchalik, aksiologiya muammolari fenomenologiya, germenevtika, ekzistensializm va 
boshqa falsafiy yo‘nalishlarning vakillari tomonidan tadqiq etildi. 
Aksiologiya nimani o‘rganadi? 
Aksiologiya – falsafaning qadriyatlarni o‘rganish bilan 
shug‘ullanuvchi alohida bo‘limi (yunon. «axios» – «qadriyatlar», «logos» – «bilim»: qadriyatlar 
haqidagi fan). 
Qadriyatlar ulkan falsafiy ahamiyatga ega. 
Qadriyatlar tushunchasi insonning 
dunyoga bo‘lgan munosabatining alohida jihatini namoyon etadi. Ular inson faoliyati, jamiyat 
va madaniyatning o‘ziga xos xususiyatlarini yanada teranroq anglab etish imkonini beradi
.
 
Qadriyatlar inson va jamiyat hayotida muhim o‘rin egallaydi, chunki insonning hayot tarzini, 
uning hayvonot dunyosidan ajralish darajasini aynan qadriyatlar tavsiflaydi. Qadriyatlar 
shaxsning hayot faoliyatida fundamental ahamiyat kasb etadi. Qadriyatlar odamlarni 
jipslashtirish, ularni hamjamiyatlarga birlashtirishning muhim omili hisoblanadi. Umumiy 
qadriyatlarning mavjudligi fuqarolar, ijtimoiy birliklar va guruhlarning tinch-totuvligini 
ta’minlaydi. Qadriyatlar muammosi jamiyat rivojlanishining o‘tish davrlarida, tub ijtimoiy 
o‘zgarishlar jamiyatda mavjud bo‘lgan qadriyatlar tizimlarida o‘zgarishlar yasab, odamlarni yo 
o‘zlari ko‘nikkan eski qadriyatlarni saqlash, yo turli partiyalar, jamoat birlashmalari, diniy 
tashkilotlar, harakatlarning 
vakillari tomonidan taklif qilinayotgan, hatto majburiy 



Download 15,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   369   370   371   372   373   374   375   376   ...   643




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish