Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar



Download 15,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet371/643
Sana04.02.2022
Hajmi15,64 Mb.
#430761
1   ...   367   368   369   370   371   372   373   374   ...   643
Bog'liq
0500de0e3a84008f07a8a69c740ecd021b49d24d

7-MAVZU: TARIXIY JARAYONDA JAMIYATNING MADANIY VA MA’NAVIY QADRIYATLARI. 
JAMIYAT VA TARIX FALSAFASI
 
106 
2) ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya turli mamlakatlarda ular rivojlanishining muayyan bosqichida 
ijtimoiy hayotga xos bo‘lgan umumiy jihatlarni aks ettiradi. Kapitalizmni o‘rganish va turli 
mamlakatlardagi 
moddiy 
va 
ma’naviy munosabatlarni taqqoslash jarayonida bu 
munosabatlarning ko‘pgina tomonlari takrorlanishining va mazkur mamlakatlar ijtimoiy 
rivojlanishning bir bosqichi – kapitalistik bosqichda, degan xulosaga kelingan; 
3) ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya jamiyat rivojlanishining muayyan bosqichidir. Ko‘p sonli 
ijtimoiy aloqalar orasida ishlab chiqarish munosabatlarini farqlash, ularning bir necha turlari 
mavjudligini aniqlash imkonini ham bergan; turli ijtimoiy organizmlar bir xil ijtimoiy-iqtisodiy 
tuzilishga ega bo‘lishi ham, har xil ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishga ega bo‘lishi ham mumkinligi 
(ya’ni, har xil tipdagi ishlab chiqarish munosabatlari) aniqlangan. 
Shunday qilib, ishlab chiqarish munosabatlarining har bir tipi rivojlanish bosqichi, tarixiy davrni, 
bu ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi va o‘zgarishi esa jamiyat rivojlanishining 
mohiyatini belgilaydi, degan xulosaga kelingan. 
Bu qoidalardan kelib chiqib, ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya – bu jamiyatning muayyan tarixiy tipi, 
ishlab chiqarishning muayyan usuliga asoslangan va ijtimoiy taraqqiyot bosqichi sifatida amal 
qiladigan yaxlit ijtimoiy tizim, degan to‘xtamga kelish mumkin. 
«Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya» kategoriyasini asoslash tarixiy jarayonni davriylashtirish 
imkonini bergan. U jami formatsiyalarning besh tipini farqlagan: ibtidoiy jamoa, quldorlik, 
feodalizm, kapitalizm, kommunizm. Jahon tarixiy jarayoni bir formatsiyadan boshqa 
formatsiyaga yuksalishdan iborat bo‘lgan chiziqli jarayon sifatida tavsiflagan. 
XIX asrda ishlab chiqilgan formatsion yondashuv o‘zini oqlamadi. Bunda tarixiy ri vojlanish 
jarayonini tushuntirishga nisbatan Marksning yondashuvi emas, balki uni dogmaga aylantirish va 
mutlaqlashtirish shakllandi. Ayrim tadqiqotchilar formatsion yondashuvni tahlil qilar ekanlar, 
uning quyidagi zaif jihatlarini qayd etadilar. Birinchidan, tarixning har qanday bosqichida 
jamiyat hayotini ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlargina belgilaydi, deb aytish o‘rinli bo‘lmaydi. 
Ikkinchidan, bir formatsiyadan boshqa formatsiyaga tabiiy yuksalish haqidagi monistik tasavvur 
inson erkinligiga, insoniyat rivojlanishining muqobil yo‘llarini tanlashga o‘rin qoldirmaydi. 
Uchinchidan, xalqlar, jamiyatlar, davlatlarning haqiqiy tarixi yuksalib boruvchi chiziq bo‘ylab 
formatsion rivojlanishning tor doirasiga sig‘maydi. Mazkur yondashuv amalga tatbiq etilganda 
har bir xalq va sivilizatsiyaning o‘ziga xosligi va betakrorligi yo‘qoladi, ular ayni holda kelajak 
barkamol jamiyatining sharti sifatidagina amal qiladi. 
SHunday qilib, hozirgi davr sharoitida tarixiy jarayonni besh ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyadan 
iborat bo‘lgan chiziqli sxema sifatida talqin qilishning bir yoqlamaligi, ayniqsa, bo‘rtib namoyon 
bo‘ladi. Jahon tarixiy jarayoni mazkur nazariy modeldan boyroq. SHu sababli ushbu talqinni 
tarixni tushunishga nisbatan o‘zgacha, nochiziq yondashuv bilan to‘ldirish talab etiladi. 
Sivilizatsionyondashuv tarixiy jarayonni tushunishga nisbatan aynan shunday yondashuvdir. 
Falsafani tushunishga nisbatan sivilizatsion yondashuv XIX–XX asrlarda vujudga kelgan. U, 
asosan, ko‘p sonli madaniyatlar va sivilizatsiyalar mavjudligi, ularning lokalligi va har xilligi 
haqidagi g‘oyani ilgari surishi bilan tavsiflanadi. Bu yerda ijtimoiy taraqqiyotning qat’iy bir 
chiziqli sxemasi rad etiladi. 
Mazkur yondashuv asoschilaridan biri, tabiatshunos olim Nikolay Danilevskiy (1822–1885) 
bo‘lgan. U har biri alohida-alohida mavjud bo‘lgan, faoliyatning to‘rt muhim shakli yoki 
sivilizatsiyalar «asosi» – diniy, madaniy, siyosiy,ijtimoiy-iqtisodiy asoslar orqali namoyon 
bo‘luvchi madaniy-tarixiy tiplar (sivilizatsiyalar) haqidagi konsepsiyani ilgari surgan. Madaniy-
tarixiy tiplar, biologik organizmlar kabi, tashqi muhit va bir-biri bilan uzluksiz kurash jarayonida 
bo‘ladi va vujudga kelish, voyaga etish, qarish va halok bo‘lish bosqichlaridan o‘tadi. Jahon 
tarixining mazmunini, Danilevskiy o‘zining alohida qonunlariga binoan rivojlanuvchi xalqlar 
madaniy-tarixiy tiplarining o‘z-o‘zini namoyon etish xususiyatlarini aniqlashdan iborat, deb 
bilgan.Danilevskiy madaniy-tarixiy tiplar rivojlanishining ayrim qonunlarini 
ta’riflagan: 1) bir tilda yoki o‘xshash tillarda so‘zlashuvchi xalqlar bir madaniy-tarixiy tipni 
tashkil etadi; 2) madaniy-tarixiy tip vujudga kelishi va rivojlanishi uchun muayyan siyosiy 



Download 15,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   367   368   369   370   371   372   373   374   ...   643




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish