4
.
1940-1965-yil lard a psixologiyaning fan sifatida rivojlanishi
masalalari.
Ikkinchi jahon urushi, nemis bosqinchilariga qarshi qahra-
monona kurashi psixologiyaning bir qancha yangi muammolarini iigari
surdi, harbiy psixologiyaning maxsus muammolarini ishlab chiqarishni
kun tartibiga qo‘ydi. Bizning askarlarimizning qahramonliklari inson
psixikasining namoyon bo‘Iishi, ayniqsa, iroda va emotsiyalar sohasi
dagi shunday dalillarni ko‘rsatdi-ki, bular psixologiyada qaror topgan
qoidalami, xususan, iroda haqidagi, shaxsning psixik tabiati haqidagi,
uning faolligi, kuchi va imkoniyatlari haqidagi masalalami yangicha-
siga qaytadan ko‘rib chiqishga majbur qildi. Urush tamom b o iish i bi-
lanoq, bu asosiy masalalarni har tomonlama va chuqur ishlab chiqish
ishlari amalga oshirildi.
Psixik jarayonlaming fiziologiya asoslari haqidal950-yil 28-iyun-
dan 4-iyulgacha sobiq sovet Ittifoqining Fanlar Akademiyasi va sobiq
sovet Ittifoqining Meditsina Fanlari akademiyasining I. P. Pavlov fi-
xiologiyasi bo‘yicha o'tkazilgan sessiyasi Sobiq ittifoq psixologiyasi
tarixida katta voqea bo‘ldi. Sessiya materialistik psixologiyani barpo
qilish uchun 1. P. Pavlov asarlari qanday katta ahamiyatga ega ekanligi-
ni va bu asarlar keyingi yillarda psixologlar tomonidan yetarli baholan-
mayotganligini ko‘rsatdi. Buning sababi shundan iboratki, I. P. Pavlov
ta’limotini ba’zi psixolog va fiziologlar mexanistik ta’limot deb hisob-
lardilar. Haqiqatan ham I. Pavlov shogirdlari va izdoshlarining ba’zilari
mexanistik, biologizatorlik qarashlarga berilib, psixik hodisalami fizi
ologik hodisalardan iborat qilib, psixologiyani esa oliy nerv faoliyati
fiziologiyasiga tenglashtirib qo‘ydilar. Lekin, yuqorida aytilganday, bu
qarashlar filosofik va psixologik frontdagi munozaralar davridayoq tan
qid qilingan va qoralangan edi.
Bu sessiyaning ishi shuni ko‘rsatdiki, I. P. Pavlov o‘z tekshirishlari
bilan psixik jarayonlaming nerv-fiziologik mexanizmlarini, psixik ho-
disalaming yuksak nerv-fiziologik jarayonlar bilan bo‘lgan birligi-
ni ochgan. Ikki Akademiya birlashgan sessiyaning yakunlari, psixo
logiyani Pavlov ta’limoti asosida yanada taraqqiy ettirish uchun tuit-
ki bo‘ldi. Sessiyadan keyin, ko‘p o‘tmay psixik jarayonlar - sezgi,
idrok, xissiyot kabilaming nerv-ziologik mexanizmlari haqidagi masa-
laga bag'ishlangan ko‘plab asarlar maydonga kela boshladi. Ayniqsa
I. P. Pavlovning bosh miya po‘stida yangi muvaqqat nerv bog‘lanishlarining
hosil bo‘lishi haqidagi ta’limoti, qo‘zg‘alish va tormozlanish qonuniyatlari
haqidagi ta’limoti psixologiya uchun juda samarali bo‘ldi. I. P. Pavlov
ning inson bosh miyasi po‘sti faoliyatidagi ikki signal sistemasi haqidagi
ta’limoti ham qimmatlidir. Bu ta’limot inson ongining tafakkur va nutq sin
gari yuksak formalarining nerv fiziologik mexanizmlarini aniqlash imko-
niyatini beradi. I. P. Pavlovning oliy nerv faoliyatining tiplari haqidagi ta’
limoti temperamentning nerv-fiziologik asoslarini, uning muhit va tarbiya
ta’siri tufayli o'zgaruvchanligini aniqlash imkoniyatini berdi.
Psixologiyaning metodlari haqidagi masala, xususan, o ‘z-o‘zini ku
zatish metodi haqidagi masala, psixologiyada metodning ob’ektivligini
qanday tushunmoq kerakligi haqidagi masala juda ham keskin qo‘yildi.
Metodning ob’ektivligini faqat tashqi kuzatish, tashqi eksperiment
debgina tushunmaslik kerak, aksincha, bu yana bixeviorizm va
refleksologiyaga olib keladi. Ikki Akademiyaning I. P. Pavlov fizolo-
giyasiga bag‘ishlangan sessiyasidan keyin har xil psixik hodisalaming
nerv-fiziologik mexanizmlarini o ‘rganish bo‘yicha ko‘plab maxsus tad
qiqotlar o ‘tkazildi. Bu ishlar Moskva va Leningrad akademiyasining
psixologiya institutida, Pedagogika Fanlari akademiyasining psixologi
ya institutida, shuningdek Sobiq sovet ittifoqining boshqa shaharlarida-
gi oliy o ‘quv yurtlarining ba’zi bir kafedralarida va laboratoriyalarida
o ‘tkazildi.
Psixologiyani I. P. Pavlovning oliy nerv faoliyati haqidagi ta’limoti
asosida qayta tashkil qilish V. A. Artemov, T. P. Yegorov, A.V.
Zaporojets, P.I.Ivanovlarning psixologiyadan o ‘quv qo‘llanmalarida
ham o ‘z aksini topgan. Mana shularga binoan o ‘rta va oliy o ‘quv yurt-
larida psixologiyani o‘qitish ishlari ham qayta tashkil qilina boshladi.
1962-yili may oyida Sobiq sovet ittifoqi Fanlar Akademiyasining
huzurida oliy nerv faoliyati va psixologiyaning filosofik masalalari
bo‘yicha Butunittifoq kengashi o‘tkazildi. Bu kengashda I. P. Pavlov
ta’limoti psixik jarayonlaming nerv-fiziologik asosi ekanligi yana bir
marta asosli ravishda tasdiqlandi va uning tadqiqotlari yuksak darajada
tashkil topgan materiyaning — miyaning mahsuli bo‘lgan psixika haqi
dagi ta’limotni tasdiqladi. Keyingi yillarda fiziologlar tomonidan inson
psixikasidagi ayrim hodisalami tushuntirish uchun katta ahamiyatga
ega bo‘lgan ishlar qilindi. Masalan, akademik P. K. Anoxin 1932-yil-
dayoq boshlagan teskari afferentatsiya (teskari bog‘lanish) ning ahami-
yatini aniqlandi.
Reflektor jarayonlar organizmning faqat javob harakati bilangina
tugallanib qolmas ekan. Organizmning har bir javob harakati miya
po‘stiga markazga intiluvchi teskari (afferent) impuls yuborib turadi,
bu impuls javob harakatning natijasidan miya po‘stiga signal berib tu-
rar ekan. Shu refleksning stmkturasi yoy shaklida emas, balki halqa
shaklida ekan deb hisoblashga asos beradi. Demak, refleksning teskari
bog‘lanishni amalga oshiradigan yana 4-qismi (orqaga qaytaruvchi kra-
ni) ham bor ekan. Teskari afferentatsiya haqidagi bu ta’limot «oldindan
aks ettirish» (javob harakatni maqsadga muvofiq qilishni bilish) deb
atalgan hodisaga bog‘langan tekshirishlar o ‘tkazishga imkoniyat berdi.
Anoxinning shu tadqiqoti maqsadga muvofiq yo‘naltirilgan xatti-hara-
katlaming fiziologik asosini ochib beradi.
Bir qancha psixik hodisalami tushuntirish uchun Bemshteynning
organizmning biologik faolligi masalasi sohasidagi tekshirishlari mu
him ahamiyatga egadir. Bu tekshirishlarning ma’lumotlariga qaragan-
da organizm muhitga moslashmaydi, balki shu muhitda paydo bo'lgan
to‘siqlami bartaraf qilishga «tirishadi» ,maqsadga erishmoq uchun ku-
rashadi.
A. R. Nuriyaning bosh miya po‘stida psixik funksiyalaming lo-
kalizatsiyalashuvi haqidagi ishlari psixik faoliyatning fiziologik asos-
larini tekshirishga qo‘shilgan qimmatli xissadir. Psixologlaming
tekshirishlarida shaxs va shaxsning yoshga qarab rivojlanishi masa-
lalari katta o‘rin egallaydi. 1956-yili (may-iyun) Leningradda shaxs
psixologiyasi bo‘yicha Butunittifoq kengashi o ‘tkazildi. Dokladlarda
kishi shaxsini tarbiyalash va shakllantirish masalalariga muhim e’tibor
berildi.
Hozirgi vaqtda shaxs tushunchasini aniqlashga, uning eng muhim
belgilarini: ijtimoiyligi, ongliligi, o ‘z-o‘zini anglashni tahlil qilishga
bag‘ishlangan qimmatbaho asarlar oz emas. Shaxsning ehtiyojlariga
xos xususiyatlariga, uning ongli va ijodiy faolligiga, yangi jamiyat qu
rish davrida uning maslak, ideallari, dunyoqarashi va e’tiqodlarining
yo‘nalishiga katta e’tibor berilmoqda. Shaxsning turli yoshda qanday
rivojlanishi, uning individual xususiyatlari, harakteri, qobiliyatlari
hamda qiziqishlari masalasi inson psixikasi va ongi taraqqiyotiga oid
umumiy muammoning muhim tarkibiy qismidir.
Psixologlar ongning individual taraqqiyotini shaxs sifatida
o‘sayotgan odamning barcha tomonlaridagi, barcha psixik jarayonlari-
dagi sifat jihatdan o‘zgarishdir, deb qaraydi. Bu o‘zgarish, o‘sish orga
nizmning rivojlanish qonuniyatlari va kishilaming turmush sharoitlari
tufayli, ijtimoiy muhit hamda ta’lim-tarbiya ta’sirida ro‘y beradi. Ijti
moiy muhit, ta’lim va tarbiyaning ta’siri har bir insonning rivojlanishi-
da hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Biroq shu narsani ta’kidlamoq kerakki, bu
rivojlanish rivojlanayotgan sub’ekt o ‘zi hayot jarayonida aktiv ishtirok
etgan taqdirdagina ahamiyatga ega bo‘Iadi.
Keyingi yillar mobaynida psixologiya va pedagogikada «Ta’lim va
aqliy rivojlanish» muammosi, ayniqsa, faollashdi. Bu masalaning hal eti-
lishi maktablardagi ta’lim jarayonida o‘tkazilayotgan eksperimentlarga
asoslanmoqda. Rivojlanishning o ‘zini qanday tushunishdan qat’iy na-
zar, tadqiqotchilaming hammasi ta’limning hal qiluvchi roli sharoitida
ta’lim va tarbiyaning bir-biri bilan boglanligini e’tirof etadilar.
Psixologlar alohida psixik funksiyalar va bilish jarayonlarni
o ‘rganish sohasida, xususan, sezgi, idrok, xotira, tafakkur sohasida
ko‘p ishlar qildilar. B. G. Ananev, A. V. Zaporojets, N. A. Leontev va
boshqalar olib boradigan sezgi va idrok sohasidagi tekshirishlar aso
san bu jarayonlaming retseptiv tomonlariga qaratilgan. Tekshirishlar
shuni ko‘rsatdi-ki, ko‘ruv, eshituv, teri sezgilari, shuningdek, sezgi va
idrokning boshqa turlari faqat markazga intiluvchi jarayonning, faqat
refleks boshlang‘ich zvenosininggina mahsuli emas. Ular markazdan
qochuvchi jarayonlarni ham, sub’ektning faolligini aks ettiradigan qi-
dimv, sinov reaksiyalarini ham qamrab oladi. Bulaming barchasi alo
hida, perseptiv harakatlar bo‘lib, ular ichki psixik jarayonlar bilan bir
ga, tashqi, birinchi navbatda, ozmi-ko‘pmi yorqin ifodalangan harakat
komponentlarini ham o ‘ziga qamrab oladi.
Xotira sohasida xotiraning mahsuldorligi esda olib qolish faoliyati-
ning nimaga qaratilganiga bog‘liq ekanligi masalasi keng o ‘rgani!gan.
Yaxshi esda qoldirishda qaytadan tiklash (esga tushirish) va boshqa
psixik jarayonlaming roli aniqlangan.
A. A. Smirnov va P. 1. Zinchenkoning asarlarida esda qoldirish max
sus xildagi ichki psixik faoliyat sifatida aniqlangan. Bu faoliyatning
strukturasi ochilgan, turli esda olib qolish usullarining harakteristika,
uning tarkibiga kiruvchi har xil mnemonik harakatlaming alohida
zvenolaming harakteristikasi berilgan. Esda qoldirish jarayonida ishti
rok etadigan tafakkur jarayonlariga alohida e’tibor berilgan.
Keyinchalik psixologiya sohasidagi ilmiy ishlar faollashtirildi.
1956-yildan boshlab bizda «Vopros о psixologii» jumalining chiqa
boshlashi buning guvohidir. Psixologiya masalalari sohasidagi ko‘p
materiallar, shuningdek, «Sovetskaya pedagogika», «Semya i shkola»,
«Doshkolnoe vospitanie», «Nachalnaya shkola», «Psixologicheskie
jumal», «Vopros о filosofii» jumallarida va boshqa davriy matbuotda
bosilib chiqib turdi. Ilmiy ishlarning aktivlashtirilganligi, shubhasiz,
1957-yil Psixologlar jamiyatini tuzishga yordam berdi. Shu yillar mo-
baynida bizning oliy o ‘quv yurtlarimiz psixologiyadan zaruriy o‘quv
qo'Uanmalari bilan ta’minlandi. Bu qobiliyatlarga kiruvchi esda olib
qolish qobiliyatlarida ayrim zvenolaming harakteristikasi berilgan.
I isda olib qolishda qatnashuvchi fikrlash jarayonlariga alohida e’tibor
berilgan.
Tafakkur to‘g‘risida S. L. Rubinshteyn va uning xodimlari,
F. I. Shemyakin, shuningdek, S. K. Shoroxova va К. K. Platonovlar
rahbarligida Sobiq ittifoq SSSR Fanlar Akademiyasi qoshidagi falsafa
institutining xodimlari jiddiy tadqiqot ishlari olib bordilar.
Texnika taraqqiyoti va mehnat politexnika hamda ishlab chiqa-
rish professional ta’Iimning yuksalishi tufayli ko‘pgina psixolog
lar (S. N. Arxangelskiy, V. V. Chebisheva, К. K. Platonov, G. V.
Kiriya, B. P. Nikitin, G. F. Lomov, V. N. Pushkin, S. G. Gellershteyn,
Т. V. Kudryavtsev, I. S. Yakimanskaya, P. I. Ivanov va boshqalar)
konstruktiv texnika va operativ tafakkur masalalariga, shuningdek, bu
tafakkuming o'quvchilarda taraqqiy etishi masalalariga juda qiziqdilar.
Keyingi yillarda psixologiya va pedagogikada «Ta’lim va aqliy jihat
dan o‘sish» masalasi dolzarb muammo bo‘lib qolmoqda. Bu masalaga
oid ishlar maktablardagi ta’lim jarayonidagi tajribalari asosida olib bo-
rilmoqda.
Barcha tadqiqotchilarning aqliy o ‘sish to‘g ‘risida turlicha fikr-
larda bo‘lish!ariga qaramay (L. V. Zankov, К. I. Menchinskaya,
D. K. Bogolyavlenskiy, P. Ya. Gal’perin va boshqalar), ta’lim va aqliy
o'sish, ta’Iimning yetakchi rol o ‘ynashi bilan birligi tan olinadi. Shuni
aytish kerakki, psixologiya sohasida olib borilayotgan ilmiy ishlar juda
ham jonlanib ketdi. Bu jonlanishga 1956-yildan chiqa boshlagan «Vop
ros о psixologii» nomli maxsus jurnal dalil bo‘la oladi. Bundan tash
qari psixologiya masalalariga oid maqolalar «Sovetskaya pedagogika»,
«Semyai shkola», «Doshkolnoe vospitanie», «Nachalnaya shkola»,
«Vopros о filosofii» va boshqa davriy nashrlarda bosilib chiqdi. Psixo
logiya sohasida olib borilayotgan ilmiy ishlarning jonlanib kyetishiga
1957-yilda tashkil qilingan Psixologlar Jamiyati yordam berdi.Bu yil-
larda Oliy o‘quv yurtlari psixologiyaga oid zarur qo‘llanmaIar bilan
ta’minlandi.
Psixologlaming faolligi va ular olib borayotgan ishlarning
jermazmunligi M oskvada 1966-yil avgust oyida bo‘lib o ‘tgan psixo-
loglarining xalqaro XVIII Kongressida yorqin namoyon bo‘ldi.
Amaliy mashg‘ulotlardagi muhokama uchun savollar.
1. Rossiyada psixologiyaning rivojlanishiga qaysi psixolog olimlar xissa
qo‘shgan?
2. Idealistik va mexanistik psixologiyaning rivojlanishini so‘zlab bering.
3 . 1.M. Sechenov ilmiy psixologiyaning asosiy vazifasi nima deb hisobalydi?
4. Psixologiya sohasidagi 30-yillarda qanday munozaralar boMgan?
5. Rus psixologlaridan kimlar psixik fimksiyalar va bilish jarayonlarini
o‘rganish sohasida ish olib bordilar?
6. 1940-1965-yillarda psixologiyaning fan sifatida rivojlanishi masalalari
qanday bo‘lgan?
7. Rossiyadagi Psixologlar Jamiyati haqida nimalami bilasiz?
8. Mehnat psixologiyasi sohasida qanday ishlar amalga oshirilgan?
9. Psixologlar qanday nashrlarda o‘z ilmiy naqolalari bilan qatnashdilar?
8 - M a v z u r 0 ‘zbekistonda psixologiya: qadim gi va hozirgi
d av rd a fanning rivojlanishi
R eja:
1. Sharq m utafakkirlaridan A bu N asr Farobiyning psixologik qa
rashlari.
2. Sharq m utafakkirlari asarlarida psixologik qarashlarning m azm u
ni.
3. 0 ‘zbekistonda psixologiya fanining rivojlanishi.
4. H ozirgi davrda 0 ‘zbekistonda psixologiya fanning rivojlanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |