hamda ezgu narsalarni olqishlashga qasamyod qiladilar. «Abadiy feruzlik va
saodat bag’ishlovchi» haqiqat va yaxshilik bilan o’z orzularini bog’laydilar. Bu
jihatdan ezgulik olamiga boshdan oyoq osoyishtalik va kenglik orzu qilganlari
haqidagi quyidagi so’zlari xarakterlidir: «yaxshilik orzusi, yaxshilik mukofoti,
burungi va kelgusi ezguliklar–abadiy saodatning moyasi. Biz eng ulug’, eng a’lo,
eng go’zal qismatdan bahramand bo’lg’aymiz. Amshosipandlarni (barhayot
zotlarni), olqishlaymiz, e’zozlaymiz, hushnudlik tilab, tahsinlar o’qiymiz».
Bunday eng a’lo va go’zal qismat avvalo ezgulik g’oyasi,
tinch mehnat,
poklik va osoyishtalik tushunchalari bilan bog’liqdir. Negaki, zardushtiylik
ta’limotida bosqinchilik, zo’ravonlik va tubanlikka zid tarzda osudalik,
yaratuvchilik va ma’naviy poklik tuyg’ulari ustuvor darajada madh etiladi.
Olijanob fazilatlar tantana qiladigan, adolat ulug’lanadigan jamiyat hayoti
go’zal hisoblangan. Ahura Mazdaga madadkor bo’lgan ilohlar «abadiy ezgulik»,
«yahshi fikr», «yahshi tartib», «munosib qudrat», «ilohiy tobe’lik», «sihat-
salomatlik» kabi tushunchalarning homiylari bo’lib,
tabiat va inson hayotiga
osoyishtalik va poklik ato etishga da’vat etilganlar.
«Avesto» yigirma bir yashtining o’n oltinchisi «Din Yasht» bo’lib, bu qasida
iloha Chistaga bag’ishlangan hamd va alqovlarni qamrab olgan. Etti bo’limdan
iborat ushbu Yashtda zardushtiylik ta’limotining falsafiy–ahloqiy mohiyati,
ezgulik talqini o’ziga hos ifodalangan. Avvalo, bu hususiyatni «Chista» so’zining
ma’nosi – bilim deyish ogohlik ekanligini aks ettiradi va ilm-u zakovot ilohasidir.
«Eng to’g’ri» va «oq libosda» sifatlari ham uning ma’naviy kamolotiga ishora
bo’lib, unda ilm, fan va din uyg’unligi mujassamlashgan. Ikkinchidan, Mazdaga
e’tiqodning kuch-qudrati va yaxshilik sharofati Zardusht
misolida ibrat qilib
ko’rsatiladi.
Ezgulik -insoniy qudratning asosidir. Ezgu amallar tufayli osoyishtalik va
saodat vujudga keladi. Yaxshi amallarni bajargan kishi har doim haqqoniylik va
rostlik yo’lidan yurib, jamiyat manfaatlarini himoya qilgan shaxsgina ezgulik
sohibi bo’la oladi. Lekin yaxshilikni osongina targ’ib qilishning iloji yo’q.
Yaxshilik har doim yomonlik bilan kurash jarayonida g’alaba qiladi. Zero, poklik
va halollik timsoli - ezgulik o’zining zidi bo’lgan yovuzlikka qarshi kurashda
shakllangan va takomillashgan. Ezgulik insonni haqiqat yo’liga da’vat etib, uni
ma’naviy barkamollikka yo’llasa, yovuzlik uni razolat yo’lidan tubanlikka undab
kelgan. Shuning uchun ham ezgulikka inson
qanchalik mehr bilan intilsa,
yovuzlikdan shunchalik nafratlanib, yiroq bo’lishga harakat qiladi.
«Avesto»da yovuzlik olami devlar timsolida ifodalangan bo’lib, uni
Ahriman boshqaradi. Ahura Mazda yaratgan go’zallik, yaxshilik va axloqqa qarshi
Ahriman hunuklik, yomonlik va axloqsizlikni yaratadi. Bu ikki kuch o’rtasidagi
kurash talqinlarida ezgulikning g’alabasiga ishonch «Avesto» qismlarining
barchasida aks etadi, yovuzlik esa qattiq qoralanadi. «Vendidod»da yovuzlik
qilmishlarining bayonida bu hol yaqqol ko’rinadi. Jumladan, bu yovuzlik dastavval
devlar tomonidan muqaddas zaminni bulg’ashda namoyon bo’ladi va zamin
shunday qayg’u–g’am makoniga aylangan joylar Ahura
Mazda tilidan uchinchi
fargardning ikkinchi bo’limida shunday izohlanadi: bunday joylar beshta bo’lib,
ular – «do’zax mog’orlaridan chiqqan devlar jam bo’ladigan Arizvar tog’i»,
«odamlar va itlarning ko’p murdalari tuproqqa ko’milgan joy», «sanoqsiz
dahmalarda murdalar qalashtirib tashlangan joy», «Ahriman yaratgan maxluqlar in
qurgan makon» va «ko’chada o’ldirilgan kishining ortidan xotini va farzandlari oh-
u fig’on chekib borayotgan joydir».
G’oyat chuqur mazmunga ega bo’lgan bu da’vatlar insonni mukarram
bo’lish, uning axloqi va ma’naviyatini birinchi o’ringa qo’yib, uni bunyodkor
hilqat sifatida e’zozlash zarurligi hozirgi davrda ham dolzarblik va ahamiyat kasb
etmoqda. Zero, qadimiy, lekin barhayot umuminsoniy qadriyatlarimiz bugungi
ma’naviyatimizning poydevoridir
Do'stlaringiz bilan baham: