Urganch Davlat Universiteti Pedogogika fakulteti Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi


«Avesto»da mehnatsevarlik va vatanparlikning ifodalanishi



Download 0,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/12
Sana04.02.2022
Hajmi0,92 Mb.
#429969
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Saboxat

2.3. «Avesto»da mehnatsevarlik va vatanparlikning ifodalanishi
«Avesto»da ifodalangan axloqiy qarashlar silsilasida mehnatsevarlik, el-
yurt, umuman, Ona zaminni e’zozlash g’oyasi katta o’rin egallaydi. Ezgu andesha, 
ezgu so’z va ezgu amal tamoyilini har bir kishi ongiga singdirishda bu g’oya 
alohida o’rin tutadi. Chunki axloq asosini tashkil etuvchi uchlik tamoyiliga rioya 
qilish har bir odamdan, avvalo, jamoat manfaati yo’lida halol ishlash, o’z elini 
yomon kuchlardan asrash va fidokorona mehnat bilan vatanga sadoqatini ifodalash 
talab etilgan. 
Zardushtiylar jamiyatida chorvachilik va dehqonchilik ustuvor bo’lgani 
sababli mehnat, el-yurtga munosabat ana shu turmush tarzidan kelib chiqqan. 
«Avesto»dagi mehnatsevarlik va elparvarlik g’oyasi talqinlarida ikkita yo’nalish 
ko’zga tashlanadi. 
1) Ona Vatanning har bir qarich yerini qadrlash, uni obod va farovon etish
yer osti va yer usti boyliklarini asrash hamda ko’paytirish va yaratuvchilikni 
ulug’lash. 
2) Xonadon, qishloq va butun mamlakat – el-yurtni yovuz kuchlar. 
dushmanlardan himoya qilish. 
O’ta shartli, lekin bir-birini to’ldiradigan bu yaratish va asrash yo’nalishlari 
mohiyatan yagona g’oya- ezgulikning yovuzlik, nurning zulmat, ma’rifatning 
jaholat ustidan g’alabasini ta’minlashga qaratilgan. Ahura Mazda boshqaradigan 
yaxshilik ma’budlari bilan yovuz ruh Ahriman ixtiyoridagi yomonlik kuchlari 
o’rtasidagi kurash ana shu jarayonni aks ettiradi. Bu kurash mehnatsevarlik va 
elparvarlik kabi yuksak axloqiy tushunchalarga dualistik qarash ifodasi bo’lib, 
Ahura Mazda yaratgan Anahita, Osha, Mitra, Bahrom, Surush kabi ma’budlar 
moddiy farovonlik, haqiqat va adolat, bahodirlik, yaratuvchilik, g’oliblik kabi 
fazilatlar timsoli sifatida jamiyat olam rivojiga xizmat qiladilar.
Zero, Ahura Mazda odamlarni Zardusht orqali o’zi yaratgan zaminni mehnat 
bilan obod qilishga da’vat etsa, Ahriman o’z devlari bilan uni vayron qilishga 
intiladi va yakka Tangri bunyod etgan go’zal yurtlarga o’lim urug’ini sochmoqchi 
bo’ladi, ya’ni savob va gunoh to’qnashadi. Boshqacha aytganda, bunyodkorlikka 
qaratilgan 
mehnat 
kishilarda 
ezgulik 
qanchalik 
muhabbat 
uyg’otsa, 
buzg’unchilikka qaratilgan g’alamislik shunchalik nafrat tug’diradi. Yomonlik va 
razolat homiysi Ahrimanning Apa Mana, Tuarvi, Zarik, Ayshma kabi devlari 
yomon fikr va amallar bilan go’zallik va yaxshilik olamini buzishga har qancha 
intilsalar ham elni sevish, bunyodkorlikni e’zozlash g’oyasini so’ndira olishmaydi. 


Zeroki, ular har ikki olamning yaratuvchisi yagona Tangri – mutloq ega Ahura 
Mazda panohida. 
Mehnatsevarlik g’oyasi «Avesto»ning har to’rt qismida ham yorqin aks 
etgan. Jumladan, bu g’oya Ahura Mazda bilan Zardushtning savol-javoblarida 
bevosita va kengroq bayon etilsa («Vendidod»), ibodat qo’shiqlarida («Visparad») 
qurbonlik qilish va boshqa marosim madhiyalarida («Yasna») hamda xudolar 
alqovlari va mifologik talqinlarda («Yasht») muayyan voqealar munosabati orqali 
qayd etiladi.
Mehnat va zamin tushunchalarini bir butun holda tasavvur etgan 
zardushtiylarda ezgulik, avvalo, har bir kishining foydali faoliyati va uning 
jamoadagi hissasidan boshlangan. Zero, tuproqni muqaddas bilish, ekin yerlarini 
ko’paytirish, asrab–avvaylash, uni ozoda saqlash, yer va yaylov ma’budlariga 
ibodat qilish mezon darajasiga ko’tarilgani bejiz emas. 
Xususan, dehqonchilik va chorvachilik muqaddas mehnat hisoblangan. Zero, 
mehnat moddiy farovonlik yaratish vositasi bo’lish bilan birga shaxs ma’naviy 
kamolotining muhim sharti sifatida ham e’zozlangan. Binobarin, yakka Tangri 
Ahura Mazda inoyatiga sazovor bo’lishga intilish, avvalo, har bir kishining 
mehnatida ifodalanib, u chorvaning ko’payishi va yaylovning kengayishi hamda 
dehqonchilik rivojiga yo’naltirilgan bo’lishi shart.
Ikkinchidan, bunday mehnat yovuzlik timsoli Ahriman va uning ko’p sonli 
yomon kuchlariga qarshi kurashda asosiy tayanch va g’alaba omillaridan biri deb 
qaralgan. Chunki moddiy farovonlik jamoa kuchini oshirib, g’animlarga g’ulg’ula 
keltirgan, ularni qo’rquvga solgan. Jumladan, «g’alla yerdan unib chiqqanda devlar 
larzaga keladi, g’alla o’rib olinayotganda ular nola–faryod chekishadi, yanchib un 
qilinayotganda ular qocha boshlashadi, hamir qilinayotganda esa devlar mahv 
bo’ladi». 
Demak, dehqonchilik mehnati qadimiy e’tiqodga ko’ra yovuzlikni daf 
etishga qaratilgan moddiy hissa deya yuksak qadrlangan. Shuning uchun ham har 
bir nekbin inson foydali mehnat qilish, biror kasb bilan shug’ullanish, «aql 
ishlatib», «ikki qo’llab yerga ishlov berib», «chorvani parvarishlab», «biron 
dastgohni yurgizib» kun kechirmog’i, beg’araz risq-u ro’zi topib yemog’i, 
birovlarga muhtoj bo’lib qolishdan asranmog’i zarur bo’lgan. Ana shu olijanob 
aqida taqozosi sifatida yoshlarga ta’lim berishda amaliyotga alohida e’tibor 
qilingan. 
«Avesto»ning «Vendidod» kitobidagi dastlabki qism dehqonchilik va 
chorvachilikka bag’ishlangan bo’lib, unda «zaminni farovon qiluvchi» Inson 
mehnati ulug’lanadi. Yer bilan Inson va Ahur Mazdaning muloqotlarida oliy iloh 
tomonidan aytilgan quyidagi so’zlar ayniqsa ibratlidir. «Spitamon Zardusht o’ng 
qo’li va so’l qo’l bilan, so’l qo’li va o’ng qo’li bilan yerga ishlov bersa, mehnat 
qilsa, u zamin rahmatiga musharraf bo’lajak». Bunday kishiga zamin shunday 
deydi: «Ey meni chap va o’ng qo’li bilan, o’ng va chap qo’li bilan shudgor qilgan 
zot! Odamlar hamisha bu yerga keladilar va non so’raydilar. Men bu yerda hosilga 
kiraman, sen uchun turli xo’rak va mo’l-ko’l bug’doy yetishtiraman». 
Demak, zardushtiylarda mehnatdan qochish va tekinxo’rlik insonni xor-u 
zor qiluvchi va axloqqa zid tubanlik sifatida qattiq qoralangan. Shuningdek, 


yuqoridagi parchalarda Zamin, Inson va Mehnat tushunchalari uyg’unligini 
tasdiqlovchi hayot haqiqati aks etadi. Chunki inson mehnati tufayligina zamin 
go’zallik, el esa farovonlik kasb eta oladi.
Zero, «uzoq vaqt ekilmagan yohud omochni orzu qilgan yer» mehnat tufayli 
jonlanib, insonga mo’l–ko’l ziroat in’om etishi «Avesto» da sohibjamol qizning 
o’z jufti haloliga tezda farzand hadya qilishiga qiyoslanadi.
Mehnatsevarlik g’oyasi «Avesto»dagi mifologik obrazlar talqinida goh 
ularning nutqlari, goh amaliy faoliyatlari orqali madh etiladi. Jumladan, Ardvisura 
Anahita, Mitra, Osha va boshqa ma’budlar haqidagi ta’rif-u tavsiflarda shunday 
hol yorqin ifodalanadi. Anahita alqovining 5-bandida Ahura Mazda Zardushtga 
so’z qotib, uni «pok suvlar limmo–lim» bo’lgan Ardviga sig’inishga da’vat etadi: 
Non-u rizq o’stirgichga, 
Podani to’ydirgichga, 
Boyliklar undirgichga 
Yerlar sathini cheksiz 
Ufqqa do’ndirgichga . 
«Avesto»da insonga xos poklik, ezgu niyat, pokiza tuyg’u, zaminni 
muqaddas bilish, el-yurtni anglash singari olijanob fazilatlar yuksak axloqiy 
me’yorlar va tafakkur tarzi orqali ifoda qilinadi. Mehnatsevarlik g’oyasi vatanga 
muhabbat, uni ardoqlash tuyg’usi bilan uyg’unlashib ketadi. Bu muhabbat inson 
yashayotgan 
muhit 
va 
tabiatga 
munosabatdan 
boshlangan. 
Ayniqsa, 
zardushtiylikda o’z elini tabarruk bilib, uni e’zozlashga va asrashga intilish kuchli 
bo’lgan. Kishilar o’zlari yashayotgan zaminning har bir qarich yerini, tabiat 
boyliklari-yu dala–yaylovlarini asrashni axloqiy mezon darajasiga ko’targanlar. 
Yer yuzi va koinotdagi har bir narsa, hodisani inson hayotiga dahldor deb 
tushunganlar. Bu o’rinda ham dualistik qarash asosida zamin yaxshi va yomonga 
ajralgan bo’lib, uy bekasi baxtiyor, farzandlar shodmon va hamisha olov gurkirab 
turadigan zamin yaxshi yer bo’lsa, ayol va farzandlari sargardon yuradigan er eng 
yomon zamin ekani ta’kidlanadi. El–yurtga mehr–muhabbat ana shu yaxshi za-
minni yanada yashnatishga, uning go’zalligini oshirishga va muqaddasligini 
saqlashga qaratilgan. Zaminni eng achchiq g’ussaga giriftor bo’lgan joy – Ahriman 
yaratgan mahluqlar ko’plab in qurgan makon bo’lib, u kishilarda yovuzlikka 
cheksiz nafrat uyg’otgan. 
Ayniqsa, hayot manbai bo’lgan suvni e’zozlash va qadrlashga alohida 
e’tibor berib, unga Anahita (Amudaryo) timsolida mahsus bag’ishlov bitilgan, suv 
va farovonlik xudosi Anahita madh etilgan. Bu – tasodifiy emas. Suvni asrash – 
hayotni saqlash ekani sababli ham Anahita shaxslashtirish orqali inson qiyofasida 
tasavvur qilingan va Amudaryo suvlari hamma suvlardan ulug’ va muqaddas 
bo’lib, «suvlar ustidagi suvlar» deb ta’riflanadi. Shuning uchun daryoni asrash, 
tabiat ko’rkini ko’pincha suv bilan bog’lash an’anasi to’la asoslidir.
Zamin va inson hayoti «Avesto»da tasvirlanishicha, «keng yaylovlar, chuqur 
ko’llar, sersuv daryolar, tog’-u o’tloqlar» bilan bevosita aloqadordir. Chunki yer 
insonni boqadi, unga saxovat bag’ishlaydi. Shuning uchun zardushtiylar «o’t-
o’lanlar va mevali daraxtlar ekilgan, suvlari hamisha ravon bo’lgan zaminni eng 


tabarruk yer» hisoblab, uni e’zozlashgan. Aks holda yerni iflos qilgan, uni saqlash 
qonunlariga xilof ish tutgan shaxslar 400 qamchi urish bilan jazolanganlar. 
Tuproqning tabiiy holatiga xilof ish qilish eng katta gunoh – elga xiyonat 
sifatida baholangan. «Vendidod»ning 3-fargardida tuproqni inson va it murdasi 
bilan ifloslagan kishining jazosi haqida gap boradi. Unda ta’kidlanishicha, bunday 
gunohga hech qanday na jazo, na tovon bor. Bunday gunohkorlikka biror bir 
jazoning imkoni yo’q. Dunyoda hech bir jazo hech bir tovon bunday gunohni 
poklay olmaydi». Bu o’rinda insonning ona zaminga cheksiz mehri, uni asrashga 
qaratilgan qat’iy irodasi ifodalangan. 
Atrof–muhit tozaligini saqlash, tabiat holati bilan bog’liq jarayonga halal 
bermaslik – zardushtiylar hayotidagi muhim tamoyil – ezgu amalning bir qismi deb 
qaralgan. Jamoa a’zolari, shu jumladan, yoshlar tabiatni asrash va go’zallashtirish 
ruhida tarbiyalanganlar. Ular yoshligidan ko’chat o’tqazish, uni parvarishlash, 
ko’kalamzorlashtirish, bog’–rog’lar barpo etish, ariq va hovuzlarni iflos 
qilmaslikka o’rgatilgan. Bu ishga noz–ne’mat, rizq–ro’z ehtiyoji deb emas, balki 
ular elparvarlik, mehnatsevarlik, ma’naviy barkamollik, bunyodkorlik g’oyalarini 
singdirish vositasi sanalgan. Shuning uchun ham suvga tupurish, ekinni payhon 
qilish, hayvonlar va qushlarga ozor berish, olovni tepkilash katta gunoh 
hisoblangan. 
Kimda–kim tiriklik chog’ida suvni bulg’asa, olovni so’ndirsa, tevalarni 
o’g’irlab so’yib yuborsa qattiq jazolanishi alohida ta’kidlanadi. 
«Avesto»da ta’kidlanishicha, tabiat va inson hayotining o’zaro uyg’unligi 
kishilarning suv, tuproq, olov va havoni muqaddas bilish e’tiqodi bilan bog’liqdir. 
Zero, bu to’rt unsur har bir tirik mavjudotda muayyan mavqega ega bo’lib, inson 
bir umr tabiatdagi barcha yaxshi narsalarni pok va bus–butun saqlashga intilishi 
zarurligi ta’kidlanadi. Chunki insonning o’zi ham ana shu tabiatning bir qismidir. 
Binobarin, insonga atrof-muhitni asrash va go’zallashtirishda yovuzlikka, 
buzg’unchilikka qarshi tafakkur yordamida kurashish nasib etgan. Shuning uchun 
ham «Avesto»da tabiat muhofazasi inson salomatligi va taqdiri masalasiga borib 
taqaladi. 
«Avesto»ning «Vendidod» qismida tabiatga shikast yetkazish, ayniqsa, uni 
ifloslantirish insonning yashash sharoitini zaxarlashi, turli xastaliklar keltirib 
chiqarishi uqdirilgan. Shuning uchun muhit ozodaligini saqlash, ayniqsa, yer va 
suv, hayvonot va o’simliklar dunyosini avaylash zarurligi alohida ta’kidlangan. 
Xususan, atrof–muhitni ifloslash tufayli ayrim hasharotlar, qurtlar havoni 
buzib kasallik tarqatishi, ekinlarni nobud qilishi mumkinligi ogohlantiriladi. 
Jumladan, ov itini o’ldirgan kishi o’n ming barsum, o’n mingta ruhiyatni 
tetiklashtiradigan o’simlik bargini terib berishi lozim bo’lgan. Shuningdek, u 
mingta echkemar, mingta suv qo’ng’izi, kasal tarqatuvchi pashshani o’ldirib 
gunohini yuvishi shart edi. Ahriman yuborgan qurt, pashsha va boshqa zararli 
hasharotlardan muhit tozaligini saqlash tabiat va insonga muhabbat ramzi sifatida 
qaralgan. Shuningdek, axlatlar, turli chiqindilarni ochiq joylarga tashlamaslik, 
balki ularni ko’mib tashlash tavsiya etiladi. 
Zardushtiylik ta’limotida el–yurtni farovon va obod qilishga qanchalik 
e’tibor berilsa, uni qadrlash va qo’riqlashga ham shunchalik ahamiyat berilgan. 


Ahura Mazdaning yigirma nomi va olti qasami mazmunida ham bu g’oya bevosita 
yohud bilvosita aks etadi. Zardushtiylar tasavvurida keng ma’nodagi vatan – bu 
Ahura Mazda yaratgan yaxshilik olamini tashkil etuvchi o’n olti yurtdir. 
Vendidodning 1-fargardida bu yurtlar birma–bir sanab ko’rsatilar ekan, ularning 
hammasi «hushmanzara», «go’zal», «qudratli», «pok», «zebo», «orasta», «dilkash» 
kabi sifatlar bilan ta’riflanadi va «juda ko’p go’zal va rohatbaxsh o’lkalar, yurtlar, 
vatanlar borki, ularni ham Ahura Mazda bunyod etgan. Bu yurtlarda mehnatsevar, 
niyati pok Inson yashash uchun ularni butun borlig’i ajal bilan yo’g’rilgan 
Ahriman xurujlaridan himoya qilishga to’g’ri keladi. Bu esa el-yurtni sevish va 
asrash zaruriyatini tug’dirib, axloq mezonining muhim shartiga aylangan. 
Olam va odam uyg’unligini e’zozlash «Avesto»da qayta-qayta ta’kidlanadi. 
Chunki bu ikki tushunchada hayot mohiyati, ezgulik namoyon bo’ladigan makon 
aks etadi. Quyidagi olqishlar ham shundan dalolatdir: 
«Olamga qudrat baxshida bo’lsin! 
Olamga olqishlar bo’lsin! 
Samimiy so’zlar olamga bo’lsin! 
Baxt–saodat olamga bo’lsin! 
Farovonlik bo’lsin olamga! 
Olam obod bo’lsin! . 
Olam obodligi uchun g’ayrat ko’rsatmoq lozim, uni yaxshilik bilan asramoq 
va yorug’lik sari eltmoq kerak». Bu o’rinda olamning «qudrat», «olqish», 
«samimiy so’zlar», «baxt–saodat», «farovonlik», «yorug’lik» kabi mo’tabar so’zlar 
bilan madh etilishi insonning ona zaminga mehrini ifodalaydi. Chunki Zardusht 
uchun vatan ana shu yorug’lik olami ichidadir. 
«Avesto»da Ahura Mazda va u yaratgan ma’budlarning hatti–harakatlari u 
yoki bu darajada ezgulik olami-iymonli kishilar uchun vatan bo’lgan maskanlarni 
yanada go’zal qilish va devlardan muhofaza etishga qaratilgan. Zero, 
zardushtiylarga vatan yaylov, dala, xonadon, suv, yer, umuman, qadam bosgan 
zamindan boshlanib muqaddas sanaladi. Uni asrash va himoya qilish iymon talabi 
bo’lib, u behad olqishlangan. 
Binobarin, zardushtiylar uchun vatan mavhum tushuncha bo’lmay, aniq ma-
kon va go’shadir. Kishilar o’z hayotlarini shu vatan taqdiri bilan bog’lab, 
borliqdagi mavjudotlarga befarq qaramaganlar. Buni Ahura Mazdaning o’zi 
alohida ta’kidlaydi. 
«Manzillar, qishloqlar, yaylovlar, suvloqlar, xonumonlar, suvlar, yerlar, 
giyohlar, zamin-u osmon, pokiza ayollar, yulduz, oy, quyosh, jamiki mavjudotni 
sharaflamoq orzu amaldir». 
Muhimi shundaki, bularning har biriga alohida olqishlar ham bitilgan. 38-
got «Zaminni olqishlaymiz. Zamin bizni o’z bag’riga olgandir» so’zlari bilan 
boshlanib, zamin asosi va odam tirikligining manbai bo’lgan suv yuksak 
e’zozlanadi va «Ey, suvlar! Sizlar yaxshilik bilan ravonasiz. Xilqatni yuvib pok 
etasiz va ikki jahon saodatiga sazovorsiz. Biz sizlarni e’zozlaymiz» deyiladi. Bu 
xol tasodifiy emas. Negaki, suv – Ahura Mazdaning eng yaxshi xilqati sanalgan. 
Uning ilohiy mohiyati olam boqiyligi, borliqdagi go’zallikni saqlash haqidagi 
tasavvurlar bilan bog’liqdir. Shuning uchun yakka Tangri suvning faqat ezgulikka 


xizmat qilishini olqishlab, uning «yomon fikr sohibiga», «yomon so’zligiga», 
«badkirdorga», «do’st ozorga, dinsizga, oila ozorga nasib qilmasligini da’vat etadi 
(65-got). Zero, «suvning bir tomchisini bulg’atgan, tog’ning bir jilg’asini quritgan 
kimsa Tangri qahriga uchrab, do’zaxga kiradi». 
El–yurtni yovuz kuchlardan asrashda quyosh ma’budi Mitra va urushda 
g’oliblik ma’budi Varahran (Bahrom) alqovlari alohida ajralib turadi. «Yylovning 
keng, mamlakatni bir butun ulug’likka eltuvchi qudratli savobdor» Mitraning 
vazifalaridan biri uning yurt himoyachisi sifatidagi benazir mardligidir. Aslida 
bitimlarni nazorat qiluvchi Mitra «Ming hunar va yuz ming tuman ko’z» sohibi 
bo’lib, shular bilan yurtlarni qo’riqlaydi, g’animlarga qarshi kurashadi. «Mitraga 
topinurmiz» so’zlariga alohida urg’u berilib, ma’budning mardlik, adolatpeshalik, 
vatanparvarlik, so’ziga sadoqat kabi fazilatlari bayon etiladi. Uning qahramonligi 
bilan bog’liq quyidagi ahdnoma xalqning qasamyodiday jaranglaydi. 
«Makonni asragaymiz 
Tark etmay uni aslo. 
Xonadonni asragaymiz, 
Urug’ni asragaymiz, 
Elni tark etmagaymiz, 
Mamlakatni avayla» . 
Zardushtiylarda elsevarlik g’oyasi Vatanni himoya qiluvchi qahramonlar 
timsolida rivoyatlar qobig’ida ifodalangan bo’lib, ular yovuz devlarga qarshi 
shafqatsiz kurashganlar. «Hurmuzd tomonidan borliq ezgu dunyoni asraguvchi 
ma’bud» qilib yaratilgan Mitra Mazda xilqatlarining ilohiy qo’riqchisi sifatida 
ajralib turadi. Mitraning mo’jizali qurollari, uchqur oti qadim kishilarning boy 
hayoloti mahsuli bo’lib, ular yordamida ezgulik dushmanlarining mahv etilishi 
kuylanadi. Lekin chinakam qahramon vatanparvarga jismoniy kuchning o’zi yetarli 
emas. Shuning uchun u ma’naviy jihatdan ham barkamol va qudratlidir: 
«Jonzot yo’qki dunyoda 
Mitra ezgu fikridan 
Kuchli fikr bor desa 
Jonzot yo’qki dunyoda 
Mitra ezgu ishidan 
Kuchliroq ish amali 
Bor deya ayta olsa» . 
«Avesto»ning «Bahrom Yasht» alqovida elparvarlik g’oyasining yana bir 
qirrasi aks etadi. Bu iloh Varahran (Bahrom) talqini bilan bog’liq bo’lib, u Ahura 
Mazda yaratgan ezgu borliqning azaliy tartibini himoya qiladi, ezgu fikr, ezgu so’z 
va ezgu amal, jumladan, halol mehnat qilgan, Vatanni sevgan kishilarni qadrlaydi. 
Bu jarayonda u mifologik tasavvurga ko’ra turli qiyofaga kirish orqali ezgu niyatli 
kishilarga yordam berib, el-yurt dushmanlariga qarshi kurashadi. «Tangrining 
munosib olqish-u e’zozi»ga sazovor bo’lgan Bahrom himoya qilgan yurt tinch va 
behatardir: 
«Yog’iy hujum qilolmas, 
Yopirilib kelolmas, 
Bu yurtni o’lat olmas, 


Yara-chaqa yuqolmas, 
Na yovning arobasi, 
Na baland tutgan tig’i 
Bu yurtga kor qilolmas». 
Bahrom xalqning el g’amini yeydigan ideal qahramoni timsoli bo’lib, u 
«yaxshilik dushmanlarining qo’llarini bog’lovchi, ko’zlarini ko’r, quloqlarini kar» 
qiluvchi yengilmas bahodir sifatida talqin qilinadi.
Ma’lumki, zardushtiylik aqidasiga ko’ra zamindagi hayot davomiyligi va 
kishilarning turmush tarzi hamda faoliyatini ezgu kuchlar boshqarib turgan. Bu 
faoliyatda mehnatga va el-yurtga munosabat alohida o’rin tutgan. Bu ikki fazilatga 
ega bo’lganlar ezgu niyatiga yetishadi, yovuz kuchlardan saqlanadi, deb tasavvur 
qilingan.
Jumladan, zamindagi hayot targ’ibotini boshqaruvchi iloha Osha, suv 
ma’budasi Anahita shunday ezgu kuchlar vakillaridir. «Osha» so’zi axloqiy 
masalalarga oid matnlarda Haqiqat, Adolat ma’nolarini anglatadi. «Avesto»da 17-
goh Yasht Osha alqovlariga bag’ishlangan bo’lib, zahmatkashlik va elga fidoyilik 
kabi fazilatlar inson vujudiga Osha tomonidan singdirilgan deb ishonganlar. Shu-
ningdek, Oshaga sig’inganlarning el-yurti obod, ekini serhosil, mehnati ardoqli, 
chorvasi bo’liq, ro’zg’ori barakali bo’lgan. Haqiqat va yaxshilikni ulug’lovchi 
Osha mehnatkash va Vatanni sevgan kishilarga madadkor bo’lib, ularga homiylik 
qilgan, g’arazgo’ylardan asragan. 
Ezgulik olamidagi daryo-yu ariqlarning hamisha serob, chorva mollarini 
serpusht, tabiatni serfayz qiluvchi Ardvisura insonlar faoliyatini savobli amallar 
nuqtai nazaridan baholaydi. Hatto zadogan va ulomalar uning oldiga yaxshi niyat 
xalq, el–yurt manfaatlarini ko’zlab, pok xulq bilan kelgan bo’lsalar ularning 
xohishi ijobat bo’ladi. Uning uchun yurt obodligi, el farovonligi, osoyishtaligi eng 
oliy maqsaddir.
Anahita zakovoti mamlakatni har qanday dushman hurujidan saqlashga ham 
qaratilgan. U Vatanni balo–qazodan, ajdar-u devlardan himoya qilib, hech kimdan 
yengilmagan Gershaspning holini tang qiladi, hatto u elsevarlik, vatanparvarlik 
ruhidagi, yer yuzidan razolat va dushmanlik kuchlarini yo’qotish uchun bel 
bog’lagan askarlar, bahodirlarga daryolardan ko’priksiz o’tish uchun suvni 
vaqtincha quritib yo’l ochib beradi». 
Osha va Anahita talqinlari bilan bog’liq bu qarashlar ezgu fikr, ezgu so’z va 
ezgu amal tamoyili mohiyatining muhim qirrasi - mehnatsevarlik va elparvarlik 
g’oyasini teran aks ettirgani bilan diqqatga sazovor bo’lib, ezgulik falsafasini 
boyitgani shubhasizdir. 

Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish