8-bob. Karantinda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari berish
45. Bajarayotgan ishining xususiyatiga ko’ra yuqumli, parazitar
kasalliklarni tarqatish xavfini tug’diradigan shaxslar ishdan chetlashtirilib, ish
beruvchi tomonidan mumkin bo’lgan ish bilan ta’minlanmaganda, davolanish
davriga mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.
46. Davlat sanitariya nazoratini amalga oshirayotgan mansabdor shaxs
tomonidan bajarayotgan ishining xususiyatiga ko’ra yuqumli, parazitar
kasalliklarni tarqatish xavfini tug’diradigan shaxslarni ishdan chetlashtirish yoki
atrofdagilar uchun xavfli bo’lgan yuqumli va parazitar kasallik bilan og’rigan
bemorlarni shifoxonaga yotqizish talab qilinganda davolovchi shifokor tomonidan
mazkur mansabdor shaxs tomonidan belgilangan muddat davriga mehnatga
layoqatsizlik varaqasi beriladi.
47. Karantinda mehnatga layoqatsizlik varaqasi O’zbekiston Respublikasi
Sog’liqni saqlash vazirligi (bundan buyon matnda Sog’liqni saqlash vazirligi deb
yuritiladi) yoki Qoraqalpog’iston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi va
sog’liqni saqlash boshqarmalarining ruxsati asosida epidemiolog yoki sanitar vrach
tomonidan berilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |