Klaster –
inglizcha so’z bo’lib, bosh, bir shingil popuk ma’nosini anglatadi.
Bu matnni ma’noli birlarga ajratish va ularni bir bosh uzum shaklida
joylashtirishdir. Mazkur ta’lim texnologiyasi odatda ma’lum bir mavzu bo’yicha
erkin va ochiq o’ylashga yordam beruvchi strategiya bo’lib, fikrlashning chiziqli
shaklidir. Bu usuldan fikr bosqichida ham foydalanish mumkin.
O’rganiladigan mavzu materiali mazmunini klasterlarga ajratish oson:
-bir varaq qog’oz yoki doskaning o’rtasiga tayanch (asosiy so’z, tushuncha
yoki risola )ni yozib qo’yish;
-mavzu bo’yicha xayolingizga kelgan barcha tayanch tushuncha va
iboralarni yoza boshlang;
-tayanch tushuncha va iboralarni eslashingiz bilan ular orasidagi
bog’lanishlarni aniqlash. Xatoga yo’l qo’yish haqida bezovta bo’lmang;
-mashg’ulotda bajarilgan vaqt davomida xayolingizga kelgan barcha
fikringizni yozing.
Klaster interfaol ta’lim usuliga ajratish egiluvchan bo’lib, uni mashg’ulot
maqsadiga muvofiq ravishda akadem guruhda ham yakka tartibda ham amalga
oshirish mumkin.
45
Yuqorida bayon qilinganlarga asoslanib, oliy o’quv yurti pedagogika va
pedagogika tarixi fanlari dasturlari bo’yicha “Didaktika (ta’lim nazariyasi)”(1-
chizma),“Ulug’bekning ilm-ma’rifat sohasidagi xizmatlari,uning davrida ta’lim-
tarbiya tizimi”(2-chizma) kabi bo’lim, mavzularini tarmoqlash asosida o’rganish
imkoniyatlarini keltiramiz.
Ma’lumki, didaktika, ya’ni ta’lim nazariyasi ta’lim jarayoni tushunchasi va
mohiyatini, ta’lim prinsiplarini, maktab ta’limining mazmunini, metodlarini,
tashkiliy shakllarini hamda ta’limning didaktik vositalarini o’z ichiga oladi.
Ta’limning asosiy vazifasi yosh avlodni ilmiy bilimlar, ko’nikma va malakalar
tizimi bilan qurollantirishdan iborat.
Maktab ma’lumotining mazmuni (TM) davlat ta’lim standartlari(DTS),
o’quv rejasi, namunaviy fan dasturi va o’quv darsliklari orqali belgilanadi.
Didaktikaning prinsiplari barkamol avlodni tarbiyalashning maqmad va
vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan o’qitish va o’qitish jarayoni xarakteri,
yo’nalishi, o’quvchilar tomomnidan ilmiy bilimlarning o’zlashtirilishi, tegishli
ko’nikma va malakalar hosil qilishning asosiy qonun va qoidalarini o’z ichiga
oladi.
Ta’lim prinsipi (TP) o’qitishning eng muhim masalalarini nazariy va amaliy
jihatdan to’g’ri hal qilishning asosiy negizi hisoblanadi.
Endi, eng muhim didaktik prinsiplarni sanab o’tamiz.
-ta’limning ilmiylik prinsipi;
-ta’limning muntazamlilik va izchillik prinsipi;
-ta’lim va tarbiyaning birligi prinsipi;
-ta’limda nazariyaning amaliyot bilan birligi prinsipi;
-ta’limda onglilik va faollik prinsipi;
-ta’limning ko’rsatmalilik prinsipi;
-ta’limda bilimlarni puxta va mustahkam o’zlashtirish prinsipi;
-ta’limda o’quvchilarning yosh va alohida xususiyatlarini hisobga olish
prinsipi va h.k.
46
Mamlakatimiz ta’lim muassasalarida qo’llanib kelinayotgan amaldagi
Do'stlaringiz bilan baham: |