Aleksey Pavlovich Rudanovskiy
(1863–1934) – rus
buxgalteri, statikani(balansning o‘zini) hamda dinamikani
(moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotni u budjet deb
nomlagan) o‘z ichiga olgan balans tuzgan, hisobga
olinadigan obyektlarni qayta baholashga yo‘l qo‘ymaslikka
ahd qilgan, natijaviy schotlardan keng foydalanishni tavsiya
qilgan. Bilvosita xarajatlarni ular qaysi hisobot davrida
vujudga kelgan bo‘lsa, shu davrda hisobdan o‘chirilishini
talab qilgan, fond degan buxgalterlik kategoriyasini(kapital
o‘rniga) qo‘llashni asoslagan, bosh buxgalter faqat yuqori
tashkilotning bosh buxgalteriga bo‘ysunishi va hech qachon
istalgan bo‘g‘in rahbariga bo‘ysunmasligini isbotlagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |