Djuzeppe Cherboni
(1827–1917) – italiyalik buxgalter,
logismografiya
– hisobshunoslikning original shaklini o‘zida
mujassamlashtirgan buxgalteriya hisobining to‘liq yuridik
qomusini kashf etgan. U barcha schotlarni to‘rtta guruhga
(mulkdorlar, ma’muriyatchilar, agentlar va korrespondentlar
schotlariga) bo‘lgan va ularning murakkab tabaqalanishini
keltirgan. Buning natijasida hisobni sintetik va analitik turlarga
bo‘lish mazmunini yo‘qotgan va xo‘jalik operatsiyalari haqidagi
ta’limot birinchi o‘ringa chiqarilgan. Barcha operatsiyalar
permutatsiya va (yoki) modifikatsiya sifatida bayon qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |