I qism. Uzoq muddatli aktivlar
I bo‘lim. Asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va boshqa uzoq
muddatli aktivlar
Ushbu bo‘limning schotlari quyidagilar haqidagi axborotlarni
umumlashtirish uchun mo‘ljallangan:
a) mulkchilik huquqi korxonaga tegishli bo‘lgan va uzoq muddatli
ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning mavjudligi,
harakati va eskirishi;
b) mulkchilik huquqi korxonaga tegishli bo‘lgan nomoddiy
aktivlarning mavjudligi, harakati va eskirishi;
d) qimmatli qog‘ozlarga, sho‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga,
chet el kapitali mavjud bo‘lgan va boshqalarga qilingan uzoq muddatli
investitsiyalar;
170
Do'stlaringiz bilan baham: |