Ii bob. “Dastur ul-muluk” – XVII asr Buxoro xonligi tarixini yorituvchi



Download 433,06 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana22.03.2020
Hajmi433,06 Kb.
#42730
1   2
Bog'liq
xoja samandar termiziyning dastur ul-muluk asari - muhim tarixiy manbaa


 

 

 

                                                        

11

Xoja Samandar Termiziy. Dastur ul-muluk. M.: «Nauka», 1971, 17-19-b.



 

 


 

14 


II  bob.  “Dastur  ul-muluk”  –  XVII  asr  Buxoro  xonligi  tarixini  yorituvchi 

manba  

2.1. «Dastur ul-muluk» asarining qisqacha mazmuni  

XXI bob. Subhonqulixon hukumatining o’rnatilganidan so’ng bo’lib o’tgan 

voqealar 

(V fasldan iborat) 



I fasl

12

 

    Abdulazizxon  Kerminda  bo’lgan  vaqtida  Buxorodan  chopar  keladi  va  

Anushaxonning  tobelikdan  bosh  tortib,  hukmronlik  uchun  qo’zg’olon  ko’targan 

holda  Buxoroga  kelgani  haqida  xabar beradi. Oliy  hazratlari  amir  Bahovuddin  va 

qozi Lutfullo kabi kishilariga pastkash xorazmliklar (Anushaxon) to’g’risida xabar 

beradi.  Bu  xabarni  eshitgach,  barcha  xizmatkorlar  to’planishib  xorazmliklarga 

qarshi  kurash  olib  borish  kerakligini  aytishadi.  Shundan  keyin  Abdulazizxon 

Buxoroga yo’l oladi, hech qayerda to’xtamasdan ketar ekan, Buxoro tumanlarining 

biridagi  Oqsoch qal’asida joylashadi. Yo’llarda esa qo’shinlarini terib qo’yadi.  

    O’sha vaqtda Buxoro shahri hukmdori Iskandarbiy saroy bo’lib, o’sha davrning 

e’tiborli kishilaridan sanalgan. Uning huzuriga Abdulazizning xizmatkorlari yetib 

kelgan  vaqtda  qamalda  turgan  bir  nechta  urganchliklar  Iskandarbiy  ustiga  hujum 

qilishadi.  Kuchlar  teng  bo’lmagani  sababli  xorazmliklar  shahar  bo’ylab  talon-

tarojlik  ishlarini  amalga  oshirishadi  va  ularning  qo’lida  katta  miqdorda  boylik 

hamda o’lja to’planadi. Sarosimaga tushgan Buxoroning bir qator nufuzli kishilari 

Anushaxon huzuriga kelishadi va uning tomonidan qabul qilinadilar. Ular qatorida 

                                                        

12

Xoja Samandar Termiziy. Dastur ul-muluk. M.: «Nauka», 1971, 77-88-b.



 

 


 

15 


Buxoro  qishloqlari  sug’orilib,  gullab-yashnashida  hissa  qo’shgan  Muhammad 

Bakirxo’ja va qozilik ishlarini adolatli tarzda olib borgan qozi amir Nosir bo’lgan.                                             

    Bo’lib  o’tgan  janglarda  Abdulqodir  o’g’lon,  Ma’sum  miroxo’r  saroy, 

Ne’matulla  xo’ja,  Shoh  Tibxo’ja,  Rahimberdi  shig’ovulning  mardonavorligi  va 

jasurligi tilga olinadi, xon xorazmliklar qonini to’kib, hukumatni qo’lga oladi. Bu 

orada  Samarqandga  parvonachi  lavozimiga  tayinlangan  Abdulkarimbiy  nayman 

tayinlanadi. U xon bilan uchrashib, Anushaxonga qarshi jangga kirishga rozi bo’ldi 

va u bilan birga Qarshi qal’asi tomon yurish qilgan botir Muhammad Alibiy ham 

kelib qo’shiladi. Xorazmliklar esa yengilib Xorazmga qaytishadi.  

    Bu  faslda  Abdulazizxonning o’limi  haqida ham  hikoya  berilgan. Abdulazizxon 

taqdir taqozosi bilan davlat ishlaridan uzoqlashadi va ikki muqaddas shahar tomon 

yo’l  oladi.  Isfahon  tomon  ketar  ekan,  kambag’al  odamlarga  yordam  qo’lini 

cho’zadi.  Movarounnahr  taxtini  esa  ukasi  Subhonqulixonga  qoldiradi.  Ka’bani 

ziyorat etgach, Hindiston kabi davlatni ko’rish ishtiyoqida Moxa (Yaman) portiga 

keladi, ammo kasalligi tufayli kuchsizlanib qoladi va safar orzusi amalga oshmay 

qolib vafot etadi.  

 

II fasli. 1096-yilda bo’lib o’tgan voqealar haqida

13

 



    Qudratli  said  Subhonquli  Muhammad  Bahodirxon  Movarounnahr  taxtiga 

o’tirgandan  keyin  Samarqand  boshqaruvini  Xo’jaqulibiy  o’tarchiga  topshiradi, 

ammo  Xo’jaqulibiy  xonga  sodiqligini  ko’rsatish  o’rniga  qo’zg’olon  ko’taradi.  U 

ko’psonli  xitoy  qabilasiga  ishonib,  xonga  nisbatan  hurmatsizlik  qilgancha 

Samarqanddan chiqib ketadi va Koson qal’asiga kirib keladi. 

                                                        

13

Xoja Samandar Termiziy. Dastur ul-muluk. M.: «Nauka», 1971, 88-95-b.



 

 

 



 

16 


    Qudratli  xon  hazratlari  sabr  ila  muallif(Xoja  Samandar)ni  Xo’jaqulibiyni  o’z 

huzuriga  chaqirish  uchun  uning  oldiga  yuboradi.  Lekin  u  Xo’ja-Muborak  degan 

joygacha  kelganda  bir  nechta  isyonchilar  qo’zg’olonni  kuchaytiradilar.  Bu  xabar 

xon  qulog’iga  yetib  kelgach,  bu  safar  muallif  bilan  birga  Xo’jamberdi  shig’ovul 

qipchoqni  ham  jo’natadi.  Lekin  shig’ovul  so’zlarini  ko’ngliga  yaqin  olmagan 

Xo’jaquli  odamlarini  to’plab,  qo’zg’olon  yo’li  bilan  Qarshilik  musulmonlarining 

mulkiga  bostirib  kiradi.  Uning  dushmanligi  shu  darajaga  yetib  borganki, 

urganchlik  (ya’ni  Anushaxon)  qabulida  bo’lib,  uni  Xorazmdan  chiqib  harakat 

qilishiga  ko’ndiradi.  Anushaxon  esa  Buxoroni  egallash  niyatida  Xo’jaquli 

so’zlariga  quloq  solib,  qo’zg’olon  yo’lini  tanlaydi.  Bu  xabarni  eshitgan  xon 

dushmanga  qarshi  jangga  kirishadi.  Bu  orada  G’oyib  Nazarbiy  saroy,  Jonibek 

to’qsoba,  Sher  G’ozibiy  dodxox  harbiy  qo’shinlar  bilan  birga  otlarda  jangga 

kirishadi. Ushbu dahshatli jang vaqtida xonning bahodirlari tomonidan yetkazilgan 

zarbalari  natijasida  Anushaxonning  noibi  bo’lmish  Murod  Urganjiy  egaridan 

tushiriladi.  Bu  voqeadan  keyin  dushmanlar  vodiyga  qarab  chekinishadi.  Bundan 

xabar  topgan  Anushaxon  ertasi  kuni  tongda  katta  qo’shin  bilan  G’ijduvon 

tomondan chiqib keladi. Lekin Subhonqulixon g’alabasi aniq bo’lgan edi. Mazkur 

jangda qahramonlik ko’rsatgan bahodirlardan qilichbozlikda mahoratini ko’rsatgan 

Ma’sum  miroxo’r  saroy,  shuningdek  jasoratliligi  bilan  ajralib  turgan  Shoh 

Tibxo’ja,  chap  tomondan  harakat  qilgan  Ne’matulla-xo’ja  hamda  Bek 

Muhammadbek durman va Muhammad Rahimbek durman nomlari keltiriladi. Shu 

kuni xon uchun o’z jonini qurbon qilgan Abdullaxo’ja  (Yusuf xo’janing o’g’li) va 

Ollohberdibek  jaloyir  tarix  varaqlarida  saqlanib  qolgan.  Ajoyib  g’alabalardan 

so’ng  Subhonqulixon  o’sha  vaqtni  o’zida  xizmatkorlariga  oltin  egarli  otlar, 

qilichlar, bahodirlariga esa sarpo va yirik miqdorda pul berishni buyuradi. 

 


 

17 


III fasli. Subhonqulixon davrida ro’y bergan voqealar

14

 



    1097-yil  bahorida  Xo’jaquli  Xorazmdan  chiqib  keladi  va  odamlarning  azob-

uqubatlariga  sabab  bo’ladigan  bir  qator  ishlarga  qo’l  uradi.  Bu  haqida  eshitgan 

Subhonqulixon  jahl  otiga  minib,  Balx  va  Badaxshon  hukmdorlari,  Andijon  va 

Turkiston harbiy boshliqlarining katta qo’shin bilan yetib kelishlarini buyuradi. 

    1-otryadda  Muhammad  Saidxoja  naqib  Balx  ba  Badaxshon  qo’shinlari  bilan 

yetib keladi. 

    2-otryadda  esa  qatag’onlar  va  durmanlardan  iborat  qo’shin  bilan  Mahmud 

parvonachi as yetib keladi. 

    3-otryadda  Misrdan  katta  qo’shin  bilan  karvon  boshlig’i  buyuk  hoji 

Muhammadjon  keladi  va  uning  bu  tashrifi  Qarshi  aholisining  qalbida  umid 

uyg’otadi.  U  esa  xonga  nisbatan  dushmanlikni  unutib,  unga  xizmat  ko’rsatishga 

rozi bo’ladi.  

    Anushaxonning  Samarqandga  yurishi  haqidagi  xabar  Subhonqulxonga  yetib 

kelgach,  Subhonqulixon  Kermin  tomon  yo’l  oladi.  Yo’l-yo’lakay  Buxoroga kirib 

keladi  va  vaziyatni  o’rganib,  qo’shin  tayyorlaydi.  Kermin  boshqaruvini  qo’lga 

olgan Odil miroxo’r ming xorazmliklarning yurishi haqida eshitib, qal’a devorlari 

va minoralarini qo’riqlashga kirishadi. 

    Anushaxon Samarqandga yo’l oladi va o’zidan oldin bir qator va’dalar bitilgan 

xatlar  bilan  samarqandliklarning  huzuriga  elchini  jo’natadi.  Samarqandliklarda 

kurashish  uchun  kuch  qolmagani  sababli  Anushaxonni  Samarqandga  taklif 

qilishadi. Dushmanlar esa samarqandliklarning do’stona munosabatda ekanliklarini 

                                                        

14

Xoja Samandar Termiziy. Dastur ul-muluk. M.: «Nauka», 1971, 95-113-b.



 

 

 



 

18 


bilishgach,  Cho’pon-Otagacha  talonchilik  ishlarini  amalga  oshirishadi. 

Samarqandliklar  Anushaxonning  bu  qo’polliklaridan  qo’rqib,  Samarqand 

darvozalari kalitlarini uning qo’liga topshirishadi.  

    Anushaxon g’ozal Kesh tomon yo’l oladi va bu orada Shahrisabzning bir nechta 

katta  kishilari  xorazmliklardan  chekinadilar.  Anushaxon  Samarqand  va 

Shahrisabzni  qo’lga  kiritgach,  Qarshining  jasur  kishilari  juma  namozida 

to’planishib, mirza Xonxoji shayx ul-islom huzurida hukmdorlariga sadoqatliliklari 

to’g’risida qasam ichadilar. Anushaxon qarshiliklarning xonga bunchalar sadoqatli 

ekanliklarini  eshitgach,  Qarshi  darvozalari  uning  uchun  osongina  ochilmasligini 

tushunadi.  So’ng  ko’plab  va’dalar  bitilgan  xatni  elchilar  orqali  qarshiliklarga 

jo’natishga  qaror  qiladi.  Biroq  bu  ishi  samara  bermaydi,  hatto  uning  elchilari 

o’ldirib  yuboriladi.  Bu  vaqtda  Subhonqulixon  qozi  Badi’ning  uning  huzuriga 

kelishini  buyuradi  hamda  unga  Anushaxonni  Qarshiga  hujum  qilmasligiga 

ko’ndirishini so’raydi.  

    Shu  o’rinda  hukmdorlarning  davlat  ishlarini  yurituvchi  -  vazirning  yordamisiz 

davlatni bo’ysundirish  mushkulligi  to’g’risida gapiriladi. Subhonqulixon hujjatlar 

hamda  qog’oz  va  daftar  ishlarini  mirzo  Abdul-Boqi  devon  va  mirza  Rizo 

daftardorga  topshiradi.  Ularning  yordamida  mamlakatda  tartib  va  qonun 

o’rnatiladi.  Biroq,  yomon  kimsalarning  tuhmatlari  oqibatida  shu  ikki  odam  o’z 

lavozimlaridan  olib  tashlanadi  va  vazir  majburiyatlariga  kiradigan  hujjatlar  ishlar 

adolatsiz, pastkash Mirzo Bekler qo’liga o’tadi. U yig’imlarni oshirib, xalq boshiga 

kulfatlar  soladi.  Lekin  xalq  xudodan  uning  ketishini  so’rab  iltijo  qilishni 

boshlashadi  va  keyinchalik  uning  lavozimidan  chetlatilishi  musulmonlar  baxtiga 

sabab bo’ladi. 

    Keyingi  o’rinlarda  Muhammad  Saidxoji  naqib  haqidagi  hikoya  berib  o’tiladi. 

Anushaxon  Samarqandga  kirib  kelganida  qo’zg’olon  ko’taradi  va  o’zining  to’rt 

mingga yaqin kishilariga Kasbi va Kosonni talashga buyruq beradi. Buni eshitgan 

Subhonqulixon mazkur ishga qarshi chora ko’rishni Muhammad Saidxoji naqibga 



 

19 


topshiradi.  U  otini  dushmanga  qarshi  yo’naltirib,  200  ta  kishisi  bilan  raqibining 

yo’lini  o’rab  oladi.  Xoji  huzuriga  Nodirbiy  dodxox  va  Ali  sayid  eshikog’aboshi 

yordamga keladi. Xorazmliklar esa mag’lubiyatga uchrab chekinadilar. 

    Shuningdek,  muhim  voqealardan  biri  bu  tashqi  ko’rinishdan  va  xarakter 

jihatidan go’zal bo’lgan Xoja Zakariya shayx ul-islomning Anushaxon makkorligi 

va  yovuzliklaridan  sarosimaga  tushib,  istar-istamas  unga  o’z  qizlaridan  birini 

berishidir. Xojalar bilan qarindoshlik rishtalarini bo’g’lagandan keyin Anushaxon 

Dabusiya  qal’asiga  yo’l  oladi.  Qattiq  janglardan  so’ng  Subhonqulixon  g’alabani 

qo’lga  kiritadi,  Anushaxon  esa  mag’lubiyatga  uchrab,  Samarqandga  ketadi.  Bu 

orada  yo’lda  xudo  tomonidan  Anushaxonga  dahshatli  jazo  beriladi. 

Anushaxonning  bir  o’g’li  bo’lib,  uni  boshqa  farzandlariga  qaraganda  ko’proq 

yaxshi  ko’rar  va  unga  bo’lakcha  e’tibor  qaratar  edi.  Ammo  bu  o’g’li  otasining 

ko’zini  temir  mil  bilan  ko’r  qiladi.  Shu  bilan  Anushaxon  o’z  qilmishiga  jazosini 

oladi.  


    Anushaxonning  ko’r  bo’lganidan  so’ng  Xorazm  amirlari  pushaymonlikdan 

Subhonqulixon  huzuriga  kelishib,  unga  umrlarini  oxirigacha  xizmat  qilishga  rozi 

bo’lishadi.  Shundan  so’ng  xonga  elchi  yuborib,  son-sanoqsiz  in’omlar  yuborgan 

holda itoatliklarini ifodalashadi. Hattoki Bek-Qulibiy otaliq va boshqalar ham xon 

huzuriga kelishib, uning xizmatiga kirishadi. Shu tariqa Subhonqulixon Andijon va 

Turkistondan Xinjon va Badaxshongacha bo’lgan o’lkalarni bo’ysundiradi hamda 

ularning  obodonchiligiga  e’tibor  qaratadi.  Adolatli  qonun  o’rnatib  xalqi  va 

dehqonlarini  xursand  qiladi,  shariat  qonunlariga  hurmat  ko’rsatadi.  Qo’lidan  ish 

keladigan  har  bir  erkak  kishiga  naqd  pul  beradi,  marhamat  ko’rsatib  ot  sovg’a 

qiladi, ba’zilariga tunlar kiydiradi. 



 

20 


IV fasl. Subhonqulixonning Amudaryodan o’tishi (xorazmliklarning 

Movarounnahrdan ketganidan keyin oliy hazrat xizmatkorlari ishtirok etgan 

voqealar haqida)

15

 



    Xorazmliklar  Buxoroni  qurshab  olishganida  Subhonqulixonning  o’g’li  Siddiq 

Muhammad  otasiga  yordamga  kelish  umidini  amalga  oshirmaydi.  O’zining  bir 

qancha g’ulomlari so’zlariga quloq tutib, Amudaryoga qaytib Balx qal’asiga kirib 

keladi.  U  g’ulomlarining  sotqinligi  haqida  bilmasdi,  xorazmliklarning  harakatiga 

hatto e’tibor ham bermadi. Subhonqulixonni ranjitgan yana bir holat shu bo’lganki, 

Anushaxon  Subhonqulixon  tomonidan  mag’lubiyatga  uchrab,  Xorazmga 

qaytganida  Siddiq  Muhammad  g’iybatchilar  gapiga  quloq  solib  Hindistonga 

Hasanxo’jani  yuboradi.  Shuningdek,  Siddiq  Muhammad  xon  xizmatkorlariga 

nisbatan ham yomon munosabatda bo’ladi. 

    Bu  xabar  Subhonqulixon  qulog’iga  yetib  borgach,  “Bu  arzimas  harakatdan 

nizolar kelib chiqmasligi kerak; qo’zg’olon olovi yonishidan oldin biz Balx tomon 

yo’l olishimiz darkor” deya xizmatkorlar xitob qilishadi. Yo’lga otlanisharkan, xon 

Mir Ashraf qutvolga qo’shinning daryodan o’tishidan oldin yetib borishini va Kalif 

qal’asiga  kirib  borishni  buyuradi,  zero  Siddiq  tarafdorlari  Movarounnahr 

qo’shiniga qarshilik ko’rsatishmasin. 

    Buxoro  qo’shinlari  daryoni  ko’rib,  undan  gubsarlar  yordamisiz  kechib 

bo’lmasligini  tushunib  yetgach,  sarosimaga  tushishadi.  Subhonqulixon  ularning 

sarosimaga  tushganlarini  ko’rib,  kechib  o’tish  ishlari  bilan  shug’ullanishni 

buyuradi.  Keyingi  kuni  tongda  Subhonqulixon  o’zining  yaqin  kishilari  Yayloq 

qushbegi,  Xo’jamberdi  miroxo’r  saroy  bilan  daryoning  narigi  tomoniga  o’tadi. 

Daryodan  o’tib  bo’lgach,  Balx  shahriga  yo’l  olishadi.  Bu  vaqtda  Muhammad 

                                                        

15

Xoja Samandar Termiziy. Dastur ul-muluk. M.: «Nauka», 1971, 114-181-b.



 

 

 



 

21 


Siddiq  hukmdorning  yurishi  haqida  bilib  oladi.  Ba’zi  g’iybatchilar  gapiga  quloq 

solib,  xonga  itoat  etishdan  bosh  tortadi.  Balx  darvozalarini  bekitib,  qurollanishga 

tayyorgarlik  ko’radi.  Subhonqulixon  esa  darvozalarning  bekitilganini  bilib, 

qurollarning  ovozini  eshitgach,  o’g’liga  xat  jo’natadi.  Xatni  harbiy  turklarning 

otliq  qo’shini  boshlig’i  Qilichbiy  dodxox  topshiradi.  Shuningdek,  unga  qo’shib 

xoja  Muhammad  Amin  kitobdorni  qo’shib  jo’natadi.  U  Siddiq  Muhammadni 

o’zining  yumshoq  tili  bilan  yovuzlik  olovini  o’chirishga  harakat  qiladi.  Shundan 

so’ng Muhammad Amin Subhonqulixonning Balxdagi amirlari bilan ittifoq tuzadi. 

Shunda  Siddiqxon  kutilmaganda  o’z  amirlari  bilan  otasining  huzuriga  keladi  va 

shaharga  kirib,  arkda  qolishga  ko’ndiradi.  Xon  Siddiqning  xizmatkorlariga 

marhamat ko’rsatib, Siddiq Muhammadni o’z yoniga o’tqazadi. 

    Oliy  hazratlari  ehtiyot  choralari  yuzasidan  darvozalar  oldida  Tangriberdibiy 

parvonachini  qoldirib,  chap  va  o’ng  qanot  qo’shinlarini  qo’yib  yuboradi  hamda 

Siddiq  bilan  do’stona  munosabatni  o’rnatib,  yo’lga  chiqadi.  Ammo  shoh 

xizmatkorlaridan  biri  Subhonqulixonga  o’g’lining  otasini  oldidagi  qo’rquvni  deb 

ayyorlik  bilan  otasiga  qarshi  chiqmoqchiligini  aytadi.  Subhonqulixon  ushbu 

yolg’onga ishonib, o’g’liga nisbatan boshqacha yo’l tutadi. O’z navbatida Siddiq 

ham  buni  bilgach,  ortiga  qaytadi.  Yayloq  qushbegi,  Turumtoybiy,  Xo’jamberdi 

miroxo’r va boshqalar esa Siddiq ketidan borib uni o’rab olishadi va xon huzuriga 

keltirishadi. Xon aybdorlarni jazolab, Muhammadjonbiy yuzga Balx boshqaruvini 

topshiradi.  Shu  orada  xon  yuragida  Buxoroga  qaytish  istagi  tug’ilib,  yo’lga 

chiqadi. 

    Keyinchalik  o’sha  davrda  ro’y  bergan  voqealar  haqida  hikoyalar  berib  o’tiladi. 

Masalan, Samarqandni boshqarayotgan va o’sha davrning dongdor kishilaridan biri 

bo’lmish  Olloyorbiy  devonbegi  durman  hamda  uning  boshiga  g’am  tushgani 

haqida, ya’ni o’g’illaridan biri bo’lgan Qalandarbekning jangda og’ir jarohatlanib, 

so’ng esa jon berganligi haqida gapirib o’tiladi. 


 

22 


    Yana  bir  hikoyada  esa  xonga  va  davlat  ishlariga  xiyonat  qilishga  qodir 

bo’lmagan G’oyib Nazarbiy saroy to’g’risida so’zlab o’tiladi. 

    Bir  qancha  hikoyalardan  so’ng  muhim  voqea  sifatida  asar  muallifi 

Samandarxo’janing  o’zidek  bir  kasb  egasi  bo’lgan  Mirza  Yusuf  bilan  har  doim 

yuzma-yuz  ko’rishmasa  ham,  ammo  bir-birlari  bilan  xat-xabar  jo’natishgani,  bir-

birlarini bo’lib o’tayotgan voqealardan xabardor qilishgani to’g’risida beriladi. 

    Asar davomida Nasaf viloyatida bo’lgan bir qozi haqida hikoya berib o’tiladi. U 

zo’ravonlikni  ifodalaydigan  mayda  gaplari  ila  qozilik  ishlarini  olib  borarkan, 

adolat tushunchasini johillik, odobsizlik pardasi ortida yashirardi. Uni qozi Badi’ 

deb atashardi. 

    Xo’ja  Samandar  ham  bir  vaqtlar  Nasaf  viloyatida  yashaganida  ikkita 

qo’shnining  kelishmovchiligi  ustidan  chiqib  qoladi.  Ya’ni  muallif  bir  tojik  bilan 

qo’shni  bo’lib  yashaganida  uning  faqat  bitta  eshagi  bilan  oilasini  boqayotganini 

aytib  o’tadi.  Ammo  bir  kuni  Qarshida  yashaydigan  bir  turk  kelib,  eshakni 

ko’rgach,  eshagining  noqonuniy  ekanligi  hamda  uning  aslida  turkka  tegishli 

ekanligini  aytadi.  Shu  tariqa  ikkalasi  bir  eshakni  deb  urushib  qolishadi.  Shunda 

turk  qozi  Badi’  oldiga  borish  taklifini  beradi.  Ular  qozi  huzuriga  borisharkan, 

ikkalasi alohida ikki yo’ldan borayotib, qozi oldiga kelganda esa ikki tomondan 10 

tangadan  pora  berishadi.  So’ng  qozi  bo’lib  o’tgan  voqeani  so’zlab  berishlarini 

so’raydi.  Voqeani  eshitib  bo’lgach,  eshakni  o’zining  g’ulomi  Mushkobga  berib, 

evaziga  10  tanga  olishni  hamda  eshakka  egalik  qilishdan  voz  kechishlarini 

so’raydi.  Aks  holda  ularni  jazolashlarini  aytib  o’tadi.  Arz  qiluvchilar  unga  yana 

pora  berishlarini  aytishsa  ham  baribir  qozi  hech  qaysi  gapga  ahamiyat  bermaydi.  

Oxiri  ular  eshakni  berishga  rozi  bo’lib  ketishadi.  Keyingi  hikoyalarda  esa  uning 

kutilmaganda qilmishiga yarasha jazo sifatida kasal bo’lib vafot etishi beriladi. 

 

 


 

23 


2.2. «Dastur ul-muluk» asarida berilgan muhim ma'lumotlar 

    “Dastur  ul-muluk”da  Buxoro  xonligida  1092/1681  dan  1106/1694-95-yillar 

oralig’ida  sodir  bo’lgan  voqealar  xronologik  davomiylikda  tasvirlangan.  Biroq 

shuni qayd etish lozimki, ushbu asarda bu yillarda muallif ko’rgan yoki eshitgan 

barcha voqealar ham o’z aksini topmagan. Masalan, “Muhit at-tavorix” va “Tarixi 

Muqimxoniy”  ma’lumotlariga  ko’ra,  Balx  hukmdori  bo’lgan  Subhonqulixon 

o’zining  hukmdor  akasi  Abdulazizxonning  hajni  amalga  oshirish  niyati  haqida 

eshitib,  qo’shini  bilan  Buxoroga  yo’l  oldi  va  Qarshini  egallagach,  xon  bilan 

muzokaralar  olib  bordi.  Lekin  “Dastur  ul-muluk”da  bu  haqida  tilga  olinmaydi. 

Xoja  Samandar  esa  bu  haqida  eshitmasligi  mumkin  emas, chunki bundan oldin u 

xorazmliklarning  Buxorodan  quvg’ini  davrida  Abdulazizxon  huzurida  bo’lgan. 

Shunday fikrga kelish mumkinki, o’z asarini Subhonqulixonga bag’ishlagan Xoja 

Samandar atayin bu haqida yozmagan

16



     “Dastur  ul-muluk”da  quyidagi  siyosiy  voqealar  bayon  etilgan:  Xiva  xoni 

Anushaxonning  Buxoro  xonligining  markaziy  shaharlariga  bosqini  (1092/1681, 

1095  –  1097/1683  –  1686),  Subhonqulixonning  Balxga  ikki  marta  yurishi 

(1096/1685 va 1104/1693), Subhonqulixon qo’shinining Xurosonga Bolo-Murg’ob 

qal’asini  egallash  uchun  yurishi  (1100/1688  –  89),  isyonkor  rahbarlarning 

Subhonqulixonga qarshi g’alayoni va shu bilan bog’liq Xiva xoni Anushaxonning 

o’g’li  Erengxonning  Qorako’l  shahrining  tumanlariga  hujumi.  Mazkur  voqealar 

yuqoridagi  “Muhit  at-tavorix”  va  “Tarixi  Muqimxoniy”  tarixiy  asarlarida  o’z 

aksini topgan. Biroq, Xoja Samandar bu asarlarda yozilmagan ko’plab aniqliklarni 

keltirib  o’tadi.  Shuningdek,  Xiva  xoni  Anushaxonning  Buxoroga  1092/1681-yili 

bosqini  hamda  uning  Abdulazizxon  tomonidan  bu  shahardan  quvg’in  qilinishi 

nafaqat “Dastur ul-muluk”da, balki “Tarixi Muqimxoniy” va “Muhit at-tavorix”da 

                                                        

16

Xoja Samandar Termiziy. Dastur ul-muluk. M.: «Nauka», 1971, 9-b.



 

 


 

24 


juda  batafsil  yoritilgan.  Ammo  bu  vaqtda  Abdulazizxon  huzurida  bo’lgan  Xoja 

Samandar  keltirib  o’tgan  ma’lumotlaridan  biz  Buxoroning  xorazmiklarning 

hujumiga  qarshi  yaxshi  himoyalanmaganligini  hamda  Abdulazizxon  tarafida 

bo’lmish  kurash  ishtirokchilari  haqidagi  ko’plab  ma’lumotlarni,  shu  bilan  birga 

yuqoridagi  tarixiy  asarlarda  bo’lmagan  bir  qator  aniqliklarni  bilib  olishimiz 

mumkin


17

    Boy  asl  material  “Dastur  ul-muluk”ning  21-bobidagi  ikkinchi  va  uchinchi 



qismlarida ifodalangan bo’lib, ularda muallif Anushaxonning Buxoro xonligining 

asosiy  shaharlariga  1096  –  1097/1684  –  1686-yillardagi  bosqini  haqida  gapirib 

o’tadi.  “Tarixi  Muqimxoniy”da  bu  voqealarga  kam  joy  ajratilgan.  “Muhit  at-

tavorix”da  esa  material  ko’p  bo’lsa  ham,  ammo  “Dastur  ul-muluk”da  keltirilgan 

ma’lumotlarga qaraganda ancha kam. Xoja Samandar tomonidan Anushaxonning 

Buxoro xonligidagi ittifoqdoshlari, so’nggi bor Shahrisabzning egallanishi, uning 

Qarshini  egallash  yo’lidagi  urinishi  va  bir  qator  harbiy  harakatlar  to’g’risida 

bergan  ma’lumotlari  yuqorida  tilga  olingan  tarixiy  manbalarda  butunlay 

uchramaydi. 

Muallif 


1100/1688 

– 

89-yilgi 



voqealar, 

shuningdek 

Subhonqulixonning Balxga yurishi hamda Bolo-Murg’ob qal’asini egallash uchun 

qo’shinining  yurishini  yozganda  boshqa  manbalarda  uchramaydigan  qiziq 

ma’lumotlarni keltirib o’tadi. 

    Ko’rib  chiqilayotgan  davrda  Buxoro  xonligining  ichki  vaziyatini  tavsiflash 

uchun “Dastur ul-muluk”da boshqa manbalarda uchramaydigan ko’plab qimmatli 

ma’lumotlar mavjud. Ulardan ba’zilarini qayd etamiz. 

    Muallif  so’zlariga  ko’ra,  Abdulazizxon  Kerminga  otlanayotib  (1092/1681-yil), 

Buxoro  mudofaasini  o’zining  nufuzli  amirlaridan  biri  –  Iskandarbiy  saroyga 

ishonib topshirdi. Uning qo’shinlari o’z majburiyatlarini unutib, maishatga berilib 

                                                        

17

Xoja Samandar Termiziy. Dastur ul-muluk. M.: «Nauka», 1971, 9-b.



 

 


 

25 


ketishadi  va  xorazmliklar  Anushaxon  rahbarligida  shaharga  bostirib  kirishga 

hamda  Buxoroda  talonchilik  ishlarini  qiyinchiliksiz  amalga  oshirishga  muvaffaq 

bo’ladilar.  Abdulazizxon  Buxoroni  xorazmliklar  bilan  jang  olib  borib  qo’lga 

olgach, Iskandarbiyni jazolamoqchi bo’ladi. Lekin niyatini amalga oshira olmadi, 

zero Iskandarbiy himoyasida uning ikkita qudratli qabiladoshlari bor edi: Qorako’l 

hukmdori  Olloyorbiy  saroy  va  Chorjo’y  hukmdori  G’oyib  Nazarbiy  saroy. 

Keltirilgan fakt markaziy xon hukumatining qudratli qabila zodagonlariga bog’liq 

bo’lganligiga dalil bo’lib xizmat qiladi. 

    Shu  o’rinda  qayd  etib  o’tish  lozimki,  muallif  o’sha  vaqtda  Joniylar  davlatida 

saroy  qabilasining  vaziyatini  xarakterlaydigan  bir  qator  ma’lumotlarga  ega 

bo’lgan. Xoja Samandarning bergan ma’lumotlariga ko’ra, saroy qabilasidan biylar 

yuqori  mansablarni  egallashgan,  mamlakatda  muhim  ishlarda  ishtirok  etishgan. 

Masalan, Abdulazizxon davrida miroxo’r lavozimini Masumbiy saroy olgan edi, u 

1106/1694  –  95-yillarda  xorazmliklar  bilan  jangdagi  xizmatlari  uchun 

Subhonqulixon  tomonidan  Qarshi  viloyatining  hukmdori  etib  tayinlangan. 

Subhonqulixon  hukmronligi  davrida  yuqorida  eslatib  o’tilgan  Olloyorbiy  saroy, 

G’oyib  Nazarbiy  saroy  otaliq  lavozimini  egallashib,  harbiy  boshliqlar  etib 

tayinlangan  edilar,  jumladan  G’oyib  Nazarbiy  saroy  Bolo-Murg’obga  yurishda 

qo’shinga boshchilik qilgan

18



    Xoja Samandarning Buxoro xonligidagi ko’chmanchi va o’troq zodagonlarining 

xonlikning  tashqi  dushmani  –  Xiva  bilan  aloqalarini  ko’rsatuvchi  faktlari  juda 

qiziqdir.  Subhonqulixonga  qarshi  chiqqan  hamda  Xiva  xoni  Anushaxondan 

yordam  so’ragan  va  uni  Buxoro  xonligi  shaharlariga  yurishga  ikki  bor  undagan 

Samarqand hukmdori Xo’jaqulibiy o’tarchi haqida gapirib o’tiladi.  

                                                        

18

Xoja Samandar Termiziy. Dastur ul-muluk. M.: «Nauka», 1971, 9-10-b.



 

 

 



 

26 


    Xoja  Samandarning  asarida  bir  qator  faktlar  borki,  ular  xon  hokimiyatining 

taqdiri,  xalqlarning  huquqlari  poymol  etilgan  holatlari  haqida  mulohaza  yuritish 

imkonini beradi. Bu borada aholiga soliqlar va yig’imlar solgan, suv taqsimotida 

zolimlarcha  munosabatda  bo’lgan  Subhonqulixon  vaziri  Mirzo  Bekler  haqidagi 

hikoya  e’tiborni  tortadi,  uning  bu  ishlari  natijasida  mamlakatdagi  ahvol  yomon 

holatda  bo’lib,  dalalardagi  ekinlarga  zarar  yetkazildi,  odamlar  qashshoq  holatga 

tushib qolishdi. Bu yerda aholini soliqlar (merosiy mulkka soliq, nikoh munosabati 

bilan  bog’liq  soliq  va  boshqalar)  va  yig’imlarga  tortgan  Qarshi  shahrining  qozisi 

Badi’ haqidagi hikoyalarni keltirib o’tish mumkin. 

    Mansabdor  shaxslar  o’rtasidagi  poraxo’rlikning  keng  tarqalishi  haqida  ayniqsa 

Qarshi shahar qozisi Badi’ to’g’risidagi hikoya guvohlik beradi. Badi’ keyinchalik 

o’zining  Subhonqulixonga  xiyonati  uchun  Anushaxon  hukmronligi  davrida 

Samarqandda  nafaqat  jazolanmadi,  balki  pora  bilan  qayta  qozi  etib  tayinlandi  va 

ushbu lavozimi bajarayotib o’zi pora olgan. Shuningdek, muallif har qanday pora 

evaziga  istalgan  kishiga  yaxshi  tavsiyanoma  bergan  yuz  qabilasining  qudratli 

amirlaridan biri haqida ham aytib o’tadi

19



 



 

 

 



 

 

 



                                                        

19

Xoja Samandar Termiziy. Dastur ul-muluk. M.: «Nauka», 1971, 11-12-b.



 

 


 

27 


Xulosa 

    “Dastur ul-muluk”  asari  uzoq  vaqt  davomida  etika-didaktik asar  sifatida ko’rib 

kelingan  edi.  Ammo  XIX  asrning  oxirida  uning  Buxoro  xonligining  XVII  asr 

so’nggi  choragidagi  muhim  voqealarni  o’z  ichiga  olgan  tarixiy  manba  ekanligi 

tasdiqlandi.  

    Xoja Samandar Termiziyning “Dastur ul-muluk” asari Buxoro xonligining XVII 

asrdagi  ijtimoiy-siyosiy  ahvolini,  shuningdek,  Buxoro  bilan  Xiva  xonliklari 

o’rtasidagi  siyosiy  munosabatlarni  o’rganishda  katta  ahamiyatga  ega.  Asarda 

o’zaro  kurashlar,  oily  martabali  mansabdorlar  orasida  keng  tarqalgan  buzuqlik, 

poraxo’rlik,  zulm  va  mehnatkash  xalqning  og’ir  ahvoli  haqida  qimmatli 

ma’lumotlar mavjud. “Dastur ul-muluk”da o’zbeklarning etnik tarkibi haqida ham 

muhim dalil va ma’lumotlarni uchratish mumkin. Shuningdek, Xoja Samandarning 

asarida  bir  qator  faktlar  borki,  ular  xon  hokimiyatining  taqdiri,  xalqlarning 

huquqlari  poymol  etilgan  holatlari  haqida  mulohaza  yuritishga  sabab  bo’la  oladi. 

Ushbu  asar  nafaqat  Buxoro  xonligining  XVII  asrda  bo’lib  o’tgan  siyosiy 

voqealarni,  balki  ijtimoiy  ahamiyatga  molik  masalalarni  ko’rib  chiqish  imkonini 

beradi. 

     “Dastur  ul-muluk”ning  21-bobini  tashkil  etuvchi  ikkinchi  katta  tarixiy  qismi 

Buxoro  xonligi  tarixini  o’rganishda  muhim  hisoblanib,  unda  muallif  davridagi 

voqealar  bayoni  o’z  aksini  topadi  va  qolgan  boblardan  farqli  asl  hisoblanadi. 

“Dastur  ul-muluk”da  Buxoro  xonligidagi  1092/1681  dan  1106/1694-95-yillar 

oralig’ida  sodir  bo’lgan  voqealar  tasvirlangan.  Biroq  ushbu  asarda  bu  yillarda 

muallif  ko’rgan  yoki  eshitgan  barcha  voqealar  ham  ifodalanmagan.  Bunday 

voqealar  bayonini  unga  zamondosh  bo’lgan  boshqa  mualliflarning  asarlaridan, 

jumladan  Muhammad  Aminning  “Muhit  at-tavorix”  va  Muhammad  Yusuf 

Munshiyning  “Tarixi  Muqimxoniy”  kabi  mashhur  tarixiy  asarlardan  topish 

mumkin.  


 

28 


  

    Xulosa qilib aytganda, Xoja Samandarning “Dastur ul-muluk” asarining tarixiy 

qismi  biz  uchun  ikki  munosabatlarda  muhim:  bir  tomondan,  unda  boshqa 

manbalardagi  ma’lumotlarni  to’ldiruvchi  O’rta  Osiyoning  XVII  asr  oxiri  tarixi 

bo’yicha qimmatli ma’lumotlar mavjud bo’lsa, ikkinchi tomondan unda o’sha davr 

Buxoro  jamiyatining  (to’g’rirog’i  birinchi  nabatda  yuqori  jamiyat)  turmush  tarzi 

hamda urf-odatini yorituvchi asl faktlar keltirib o’tiladi.         

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

29 


 

Foydalanilgan adabiyotlar: 

 

1. 

Xoja  Samandar  Termiziy.  Dastur  ul-muluk.  Salohiddinova  M.  A.ning  fors 

tilidan qadimgi qo'lyozma faksimilesi. M.: «Nauka», 1971 (rus tilida) 

2. 

Madraimov  A.,  Fuzailova  G.  Manbashunoslik.  Darslik.  T.:  O'zbekiston 

faylasuflari milliy jamiyati, 2008 

3. 

O'zbekiston  Milliy  Ensiklopediyasi.  VIII  tom.  T.:  O'zbekiston  Milliy 

ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2004. 

 

 



 

 

 



Download 433,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish