Ii bob. “Dastur ul-muluk” – XVII asr Buxoro xonligi tarixini yorituvchi



Download 433,06 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana22.03.2020
Hajmi433,06 Kb.
#42730
  1   2
Bog'liq
xoja samandar termiziyning dastur ul-muluk asari - muhim tarixiy manbaa


O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi 

Toshkent Davlat Sharqshunoslik Instituti 

 

Sharq Filologiyasi va Tarix fakulteti  



MOXT kafedrasi 

 

 



 

 

 



 

 

 



       

 MAVZU: Xoja Samandar Termiziyning «Dastur ul-muluk» 

asari - muhim tarixiy manba 

 

 

 



                                                 Bajardi: fors-ingliz guruhi IV kurs talabasi 

                                                     Samatova Lola 



                                Ilmiy rahbar: Fayziyev Xurshid 

                                                         

 

 

Toshkent - 2011 

 



REJA: 



 

Kirish............................................................................................................3 

 

 

I bob. Xoja Samandar Termiziyning tarix fanida tutgan 

o’rni.........................................................................................................4-12 

 

 

1.1. Xoja Samandar Termiziy hayoti va olib borgan 

faoliyati……………………….................................................................4-5 

 

1.2. “Dastur ul-muluk” asarining tuzilishi va 

tarkibi..…………………........................................................................6-12 

 

 

II bob. “Dastur ul-muluk” – XVII asr Buxoro xonligi tarixini yorituvchi 

manba…………………….....................................................................13-23 

 

 

2.1. «Dastur ul-muluk» asarining qisqacha 

mazmuni................................................................................................13-20 

 

2.2.  «Dastur ul-muluk» asarida berilgan muhim 

ma'lumotlar...........................................................................................21-23 

 

 

Xulosa.....................................................................................................24-25 

 

 

Foydalanilgan adabiyotlar.........................................................................26 

 

 

 

 

 

 

 

 



Kirish. 



 

Mavzuning  dolzarbligi.    Markaziy  Osiyo  tarixida  Buxoro  xonligining  XVII 

asrdagi    ijtimoiy-siyosiy  ahvolini,  shuningdek,  Buxoro  bilan  Xiva  xonliklari 

o’rtasidagi  siyosiy  munosabatlarni  chuqurroq  o’rganishda  “Dastur  ul-muluk” 

asarining  tarixiy  manba  sifatidagi  ahamiyatini  aniqlash  dolzarb  masalalardan  biri 

hisoblanadi.  

Mavzuning  manbashunosligi.  Buxoro  xonligining  ichki  vaziyatini  tavsiflash 

uchun  “Dastur  ul-muluk”  asarining  faksimilesidan  foydalanildi,  zero  bunda 

asardagi  boshqa  manbalarda  uchramaydigan  ko’plab  qimmatli  ma’lumotlar  

yordam beradi. 



Tadqiqotning  darajasi.  Akademiklardan  G.  Zaleman  birinchi  bo’lib  Kun 

to’plamidagi  qo’lyozmalar  ro’yxatini  nashr  qilganida  “Dastur  ul-muluk”  asarini 

qayd  etdi.  Uning  forsiy  matni  hamda  ruscha  tarjimasini  zarur  izohlar  bilan 

M.A.Salohiddinova chop etdi. Asarning o’zbekcha nashri esa J.Esonov tomonidan 

amalga oshirildi.  

Tadqiqot  maqsad  va  vazifalari.  “Dastur  ul-muluk”  asari  Orta  Osiyoning  XVII 

asr  adabiyotining  qiziqarli  boyligi  hisoblanadi.  Ammo  u  nafaqat  etika-didaktik 

adabiyotining  asari  sifatida,  balki  Buxoro  xonligining  XVII  asr  so’nggi 

choragidagi  muhim  voqealar  o’z  aksini  topgan  tarixiy  manba  sifatida  ham 

ahamiyatga egaligini aniqlash lozim. 

Tadqiqot  tuzilishi.  Tadqiqot  kirish,  2  bob  va  4  paragraf,  xulosa  hamda 

foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan iborat. 

 

 

 



 



I bob. Xoja Samandar Termiziyning tarix fanida tutgan o’rni 



1.1. Xoja Samandar Termiziy hayoti va olib borgan faoliyati 

 

     “Dastur  ul-muluk”(“Podshohlarga  qo’llanma”)  nomli  qimmatli  asarning 



muallifi  XVII  asr  tarixchisi  Xoja  Samandar  Termiziy  bo’lib,  uning  to’g’risidagi 

ma’lumotlar deyarli kam. U haqidagi  ma’lumotlar asosan “Dastur ul-muluk”ning 

o’zida, shuningdek muallifga zamondosh bo’lgan mashhur shoirlardan Muhammad 

Ba’di  ibn  Muhammad  Sharif  Samarqandiy  Malihning  “Muzakkir  ul-asxob” 

antologiyasida mavjud.  

    Muallifning  haqiqiy  ismi  so’nggi  vaqtlargacha  noma’lumligicha  qolgan  edi. 

“Dastur  u-muluk”  va  Malihning  “Muzakkir  ul-asxob”  asarlarida  uning  faqat 

taxallusi – Samandar ko’rsatilgan edi. Bu taxallus unga uning tilining o’tkirligi, o’z 

ishiga  jiddiy  yondashganidan  berilgan  bo’lishi  kerak.  Faqatgina  “Muzakkir  ul-

asxob” asaridagina Xoja Samandarning asl ismi - Muhammad Baqo berilgan

1

.  


    Muallif hayotining aniq sanasi hali to’liq o’rnatilmagan edi. U uzoq umr ko’rgan 

degan  asoslar  ham  bor.  Ayrim  ma’lumotlarga  ko’ra,  Xoja  Samandar  taxminan 

1638-yil  Termizda    sayyidlar  oilasida  tavallud  topgan  bo’lib,  1740-yilgacha 

Qumqo’rg’onda  yashab  o’tgan.  Buxoroda  madrasa  tahsilini  olgan.  Dastlab 

Narpayda  qozilik  qilgan(1660  –  1662-yillar)

2

.  Hayotining  birinchi  yarmi  sayohat 



qilib  yurish  bilan  kechgan.  Malih  u  haqida  shunday  yozadi:  “U  sharq  va  g’arb 

shaharlari  bo’ylab  sayohat  qilib,  taqdirning  shirin  va  achchiq  damlarini  boshidan 

kechirgan”. Yana shunday asoslar ham borki, bu davrda muallif darveshona hayot 

                                                        

1

Xoja Samandar Termiziy. Dastur ul-muluk. M.: «Nauka», 1971, 3-4-b.



 

2

O'zbekiston  Milliy  Ensiklopediyasi.  VIII  tom.  T.:  O'zbekiston  Milliy  ensiklopediyasi  Davlat  ilmiy 



nashriyoti, 2004. 

 


 

tarzini  ham  boshidan  kechirgan.  Keyinchalik  esa  o’z  hayot  tarzini  o’zgartirgan 



bo’lishi mumkin.  

    Xoja  Samandar  uzoq  vaqt  Qarshi(Nasaf)da  yashagan  bo’lishi  kerak.  Yo’l-

yo’lakay  shuni  ham  ta’kidlab  o’tish  lozimki,  muallifimiz  to’g’risida  yozayotgan 

Malih 1100/1688 – 89-yili uni Nasafiy deb ataydi. Bu yerda u ikki bor Qarshi raisi 

lavozimiga  tayinlangan.  Malihning  so’zlariga  ko’ra,  u  “rayosat  panoh”  faxriy 

unvoniga ega bo’lgan.  

    1670-yillarda  Buxoroga  qaytib,  Ashtarxoniylardan  Abdulazizxon(1055  – 

1091/1645  –  1680)  saroyida  tarixchi  (voqeanavis)  lavozimida  ishlagan.  U 

Abdulazizxonning  Buxoroga  kirib  kelgan  xorazmiylarga  qarshi  yurishida  ishtirok 

etgan.  Xoja  Samandar  Subhonqulixon(1091  –  1114/1680  –  1702)ning  Balxga 

1097/1685,  1104/1693  va  1107/1695-yillarda  amalga  oshirgan  uchta  yurishining 

ishtirokchisi bo’lgan. Shuningdek, Xoja Samandar elchilik vazifasini ham amalga 

oshirgan.  U  Subhonqulixon  tomonidan  Samarqandning  isyonkor  hukmdori 

Xo’jaquli bilan uni xon bilan yarashishga ko’ndirish maqsadida muzokaralar olib 

borish  uchun  ikki  marta  vakil  qilib  yuborilgan  edi.  Bularning  barchasi  haqida 

muallifning  shaxsan  o’zidan,  uning  Balxga  1107/1695-yilgi  yurishida  ishtirok 

etishi to’g’risida esa Xoja Samandarga zamondosh bo’lmish Muhammad Amin ibn 

Muhammad Zamonning “Muhit at-tavorix” nomli tarixiy asaridan bilish mumkin

3



    Muallifning 1702-yili Qarshiga kelishi uning uchun katta falokat bilan tugagan. 



Uning so’zlariga qaraganda, unga qarshi axloqan past, ammo Qarshida juda katta 

ta’sir  kuchiga  ega  bo’lgan  Avaz  xo’ja  degan  kishi  boshchiligidagi  harakat 

uyushtirilgan  edi.  Ushbu  tuhmat  natijasida  Xoja  Samandardan  do’stlari  yuz 

o’girishadi; uning Qarshi jamiyatidan uzilishiga va darveshona hayotini eslatuvchi 

turmush  tarzini  boshidan  kechirishiga  to’g’ri  kelgan.  Shu  bilan  u  umrining 

                                                        

3

Xoja Samandar Termiziy. Dastur ul-muluk. M.: «Nauka», 1971, 5-b.



 

 


 

oxirigacha faqat ilmiy faoliyat bilan shug’ullanadi. Xoja Samandarning hayoti va 



ijodida  Balxda  yashovchi  qozi  Yusuf  mirzo  degan  kishi  katta  rol  o’ynagan  va 

muallifimiz u bilan asosan yozishmalar orqali aloqada bo’lgan. Bu ikki shaxsning 

xatlari  “Dastur  ul-muluk”da  keltirib  o’tilgan.  Xoja  Samandar  Yusuf  mirzoni 

yuksak faxr bilan tilga oladi

4



    Xoja  Samandar  Termiziy  o’z  davrining  keng  ma’lumotli  kishilari  jumlasidan 



bo’lgan.  Malihning  bergan  ma’lumotlariga  asosan,  Xoja  Samandar  yetuk  shoir, 

yozuvchi va tarixchi olim bo’lgan, ilohiyot ilmini ham yaxshi bilgan, ko’p sayohat 

qilib,  nazariy  bilimini  mustahkamlagan.  Uning  adabiy  faoliyati  1100/1688  –  89-

yillarda Qarshida boshlangan. Bizning zamonimizgacha olimning ikki muhim asari 

yetib  kelgan.  Bulardan  biri  “Dastur  ul-muluk”  va  ikkinchisi  “Anis  ul-

fuqaro”(“Faqirlar  do’sti”)  nomi  bilan  mashhur  bo’lib,  1735-yili  yozilgan. 

Malihning so’zlariga ko’ra, ”Dastur  ul-muluk” Xoja Samandarning ilk yirik asari 

bo’lishi  mumkin

5

.  Ushbu  asar,  muallifning  so’zlariga  qaraganda,  qandaydir  yosh 



odamning  iltimosi bilan yozilgan edi. Iltimos esa qandaydir nufuzli kishidan kelib 

chiqqan,  zero  muallif  uning  iltimosiga  qarshi  chiqa  olmagan.  Asar 

Subhonqulixonga bag’ishlangan. U 1106/1694  – 95-yillarda tuzilgan bo’lib, unda 

ushbu yillar voqealari haqidagi hikoyalar mavjud. 

 

1.2. “Dastur ul-muluk” asarining tuzilishi va tarkibi 

   1890-yil  sobiq  Fanlar  Akademiyasining  Osiyo  muzeyida  A.  L.  Kunning 

to’plamlari  orasida  Xoja  Samandar  Termiziy  asarini  o’z  ichiga  olgan  qo’lyozma 

ham  mavjud  bo’lgan.  K.  G.  Zaleman  birinchi  bo’lib  Kun  to’plamidagi 

                                                        

4

Xoja Samandar Termiziy. Dastur ul-muluk. M.: «Nauka», 1971, 5-6-b.



 

5

Madraimov A., Fuzailova G. Manbashunoslik. T.: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2008, 234-b. 



 

 

qo’lyozmalar  ro’yxatini  nashr  qilganida  ushbu  asarni  qayd  etdi.  Zaleman  asar, 



muallif  nomi  va  vaqtini  ham  keltirib  o’tdi.  O’shandan  keyin  asar  tadqiqotchilar 

e’tiborini  o’ziga  tortmadi.  Sababi  asar  nomi  va  tuzilishi  (boblar  ro’yxati)  uning 

etika-didaktik mazmundagi asar deb qaralishiga sabab bo’lgan. 

    M.  A.  Salohiddinovaning  so’zlariga  ko’ra,  bu  asar  tadqiqiotchilarni  SSSR  FA 

sharqshunoslik  institutining  fors  va  tojik  qo’lyozmalari  qisqa  katalogini  tuzish 

vaqtida  qiziqtiradi,  chunki  asarning  uchdan  ikki  qismini  tarixiy  mazmundagi 

ma’lumotlar  tashkil  etadi.  1964-yil  Eron  filologiyasi  bo’yicha  IV  Butunittifoq 

ilmiy  konferensiyasida  “O’rta  Osiyo  tarixi  bo’yicha  yangi  manba”  mavzusida 

ma’ruza  o’qildi.  Ushbu  ma’ruzada  “Dastur  ul-muluk”  ning  muallifi  haqida  qisqa 

ma’lumotlar  berilib,  asarning  tarixiy  manba  ekanligini  tushuntirishga  harakat 

qilindi

6



    “Dastur ul-muluk” asari Orta Osiyoning XVII asr adabiyoti boyligi hisoblanadi. 

U  nafaqat  etika-didaktik  asar  sifatida, balki  Buxoro  xonligining  XVII  asr  so’nggi 

choragidagi  muhim  voqealar  o’z  aksini  topgan  tarixiy  manba  sifatida  ham 

ahamiyatlidir.      

    “Dastur ul-muluk”ning kirish qismida berilganidek, muallif bu asarni avvalo 21 

bobdan  tuzmoqchi  bo’lgan,  etika-didaktik  mazmundagi  20  bob  hamda 

Subhonqulixon boshqaruvi va uning hukmronligining birinchi o’n yilligi voqealari 

haqidagi  so’nggi  21-bobni  qo’shmoqchi  bo’ldi.  O’z  navbatida  muallif  mazkur 

bobni  4  qism  (maqola)ga  bo’lmoqchi  edi.  Keyinchalik  yozish  davomida  Xoja 

Samandar  bir  necha  marta  asarning  dastlabki  rejasini  o’zgartirdi.  Unga  yana  bir 

bob  –  “Ishq-muhabbat  haqida”  nomli  bob  qo’shdi  va  uni  20-bob  sifatida  kiritdi. 

Ko’zda  tutilgan  “Olamning  o’zgaruvchanligi  to’g’risida”  nomli  20-bobni  esa 

oxiriga joylashtirdi va u 22-bobni tashkil etdi. 21-bobni esa oldindan mo’ljallangan 

4 qismga qo’shib kengaytirdi. Shu tariqa asar 22 bobni o’z ichiga oladi. 

                                                        

6

Xoja Samandar Termiziy. Dastur ul-muluk. M.: «Nauka», 1971, 3, 6-b.



 

 

    Asarning 22 bobidan ilk 20 ta bobi hamda so’nggi 22-bobi etika, axloq va odob 



masalalariga,  21-bob  esa  asosan  muallif  davridagi  tarixiy  voqealar  haqidagi 

hikoyalarga bag’ishlangan. Asarda berilgan boblar nomlari quyidagicha: 



I bob. Adolat haqida 

II bob. Jasorat haqida 

III  bob.  Hukmdorning  xizmatkorlariga  nisbatan  g’amxo’rligining  namoyon 

bo’lishi 



IV bob. Shoh xizmatkorlarining tayinlanishi haqida 

V bob. Sahovat to’g’risida 

VI bob. Dono elchiga elchilik vazifasini topshirish to’g’risida 

VII bob. Dushmanning so’zlariga ishonish kerakmasligi haqida 

VIII bob. Majlis to’g’risida 

IX bob. Hukmdor marhamatidan faxrlanish kerakmasligi haqida 

X bob. Vazirlar hamda hukmdorlar to’g’risida 

XI bob. So’zlarni o’ylab gapirish lozimligi haqida 

XII bob. Pastkash odamlardan o’zini chetga olish to’g’risida 

XIII bob. Hasadning zararli ekanligi haqida 

XIV bob. Sabrning mevalari to’g’risida 

XV bob. Xudoga ishonish haqida 

XVI bob. Qariyalarning yoshlarga maslahati to’g’risida 

XVII bob. Sayohat oqibatlari haqida 

 



XVIII bob. Sayohatdan voz kechish to’g’risida  



XIX bob. Qarilik chog’ida kuchsizlanib qolish haqida 

XX bob. Ishq-muhabbat to’g’risida 

XXI bob. Subhonqulixon hukumatining o’rnatilganidan so’ng bo’lib o’tgan 

voqealar 



XXII bob. Olamning o’zgaruvchanligi to’g’risida 

    Shu  tarzda  asar  uning  mazmuniga  ko’ra  ikki  qismga:  etika-didaktik  va  tarixiy 

qismga  bo’linadi.  Etika-didaktik  qismi  deyarli  oldingi  etika-didaktik  asarlardan 

kelib  chiqqan  tuzilgan.  Ikkinchi  tarixiy  qismi  esa  muallifning  shaxsiy  kuzatuvlari 

asosida  yozilgan.  “Dastur  ul-muluk”ning  muqaddimasida  muallif  tomonidan 

foydalanilgan  manbalar  ro’yxati  berilmagan  va  ular  faqatgina  ko’chirilayotgan 

vaqtda tilga olinishi mumkin. Asarda quyidagi mashhur mualliflarning asarlaridan 

ko’chirmalar keltiriladi: taniqli so’fiy shayx Abu Sa’id ibn Abulxayr al-Mayxoniy, 

Nizomiy Ganjaviy, Jaloliddin Rumiy, Sa’diy Sheroziy (muallif uning “Bo’ston” va 

”Guliston” asarlaridan keng foydalanadi), Husayn Voiz al-Kashifiy (uning “Anvar-

i  Suhayli”  asari  misolida),  Abdulloh  Habushani  Jomiy  Xatifiy,  Muhammad  ibn 

Sulaymon  Fuzuliy  va  muallifga  zamondosh:  Nozim  Xoroviy,  Muhammad  Ali 

Tabriziy  Isfag’oniy  Soib,  Mir  Obid  Nasafiy  Said,  Fozil  Valiy,  Hasanbek  Ra’fiy, 

Muhammad  Shavkat  Buxoriy.  Shuningdek,  muallif  “Axloq”  deb  tilga  oladigan 

asarni  ham  misol  qilib  ko’rsatadi.  Tarixchilar  tomonidan  aniqlanishicha,  bu  nom 

ostida Xoji Yusufga tegishli “Ilm al-axloq” asari yashiringan. 

    Yuqorida  sanab  o’tilgan  manbalar  orasida  asosan  uchtasi  keng  qo’llanilgan:  1) 

Husayn Voiz al-Kashifiyning “Anvar-i Suhayli”; 2) Xoji Yusufning “Ilm al-axloq” 



 

10 


va  3)  Sa’diyning  “Bo’ston”i.  Xoja  Samandar  boshidagi  ikki  asardan  ko’plab 

hikoya va fikrlarni “Dastur ul-muluk”ga qo’shadi

7



   Muallifning  tilga  olingan  manbalarga  nisbatan  ularni  qo’llash  nuqtai-nazaridan 



yondashishini  qayd  etish  ham  qiziqarlidir.  Odatda  boshqa  mualliflarning  she’rlari 

Xoja  Samandar  tomonidan  o’zgartirishsiz  o’zlashtirib  olingan,  nasriy  matni  esa 

ko’p hollarda qisqartirishlarga uchragan.  

    Hozirgi  vaqtda  muallif  tomonidan  foydalanilgan  manbalarning  to’liq  doirasi 

haqida  ishonch  bilan  aytib  bo’lmaydi.  Shu  sababli  muallif  tomonidan  o’zlashtirib 

olingan  yoki  muallifning  asl  matnlari  asardagi  etika-didaktik  qismning  qancha 

ulushini tashkil etishini aniqlab bo’lmaydi. Biroq ko’plab she’rlari muallif so’zlari 

bilan  yonma-yon  keladi:  ”…aytganlaridek”.  Demak  bundan  bilsa  bo’ladiki, 

she’rlarning  hammasi  bo’lmasa  ham  ko’pchiligi  Xoja  Samandarga  tegishli 

bo’lmay, boshqa mualliflarga taalluqlidir. 

   Yuqorida  ta’kidlab  o’tilganidek,  “Dastur  ul-muluk”ning  etika-didaktik  qismi 

muallif  tomonidan  o’zidan  oldin  o’tganlarning  asarlaridan  keng  o’zlashtirilgan. 

Ammo  ma’lumotlarni  terish  hamda  o’zlashtirilgan  qismlar  o’rtasidagi 

uyg’unlashuvi  muvaffaqiyatli  amalga  oshirilgan  va  bunday  san’at  asari  nafaqat 

muallifning zamondoshlari, balki undan keyin yashab o’tganlarga manzur bo’lgan. 

Buni quyidagi fakt ham tasdiqlaydi: ”Gulshan ul-muluk” tarixiy asarning muallifi 

– Muhammad Yoqub mirzo ibn Muhammad Doniyolbiy otaliq “Dastur ul-muluk” 

yozilganidan 130 yil o’tgach, o’z asarining oxiriga Xoja Samandar asarining etika-

didaktik  qismidan  katta  parcha  joylashtiradi.  Mazkur  qism  biz  uchun  XVII  asr 

oxiri O’rta Osiyo adabiyotining etika-didaktik yodgorligi sifatida muhim

8



                                                        



7

Xoja Samandar Termiziy. Dastur ul-muluk. M.: «Nauka», 1971, 7-b.

 

8

Xoja Samandar Termiziy. Dastur ul-muluk. M.: «Nauka», 1971, 7-8-b.



 

 

11 


    O’zbekiston  tarixini  o’rganishda  Xoja  Samandar  Termiziyning  “Dastur  ul-

muluk”  asari  katta  ahamiyatga  ega.  Asarda  o’zaro  kurashlar,  oily  martabali 

mansabdorlar  orasida  keng  tarqalgan  buzuqlik,  poraxo’rlik,  zulm  va  mehnatkash 

xalqning og’ir ahvoli haqida qimmatli ma’lumotlar mavjud.  “Dastur ul-muluk”da 

o’zbeklarning  etnik  tarkibi  haqida  ham  muhim  dalil  va  ma’lumotlarni  uchratish 

mumkin


9

.    Uning  21-bobini  tashkil  etuvchi  ikkinchi  katta  qismida,  yuqorida 

aytilganidek,  muallif  davridagi  voqealar  bayoni  o’z  aksini  topadi  va  qolgan 

boblardan farqli mustaqil, asl hisoblanadi. Bu qismda muallifning biror manbadan 

foydalanganligi  (she’rlardan  tashqari)  to’g’risida gapirilmaydi.  Malihning so’ziga 

ko’ra,  Xoja  Samandardek  oliy  ma’lumotli  inson  tarixiy  adabiyot  bilan  tanish 

bo’lmasligi  mumkin  emas.  Biroq  u  o’z  zamonasining  voqealarini  yozishda 

foydalanishi  mumkin  bo’lgan  manbalar  bo’lmagan.  Haqiqatan,  Xoja  Samandar 

tomonidan tasvirlangan davr o’z aksini topgan Muhammad Aminning “Muhit at-

tavorix”  va  Muhammad  Yusuf  Munshining  “Tarixi  Muqimxoniy”  kabi  mashhur 

tarixiy asarlar “Dastur ul-muluk”dan keyin vujudga kelgan. 

    Hozirgi vaqtda “Dastur ul-muluk”ning uchta ro’yxati ma’lum

10



1. 



Asarning  to’liq  ro’yxati  O’zbekiston  FA  ning  sharqshunoslik  institutida 

mavjud.  U  n4468  qo’lyozmalar  to’plami  tarkibida  joylashgan  bo’lib,  1b  –  92b 

varaqlarini  egallaydi.  Ro’yxat  O’rta  Osiyoda  ko’chirilgan,  tugatilgan  vaqti  1245-

yil  24  rabi’/1829-yil  23  sentabr.  Matn  qora  siyohda,  sarlavhasi  –  qizil  siyohda, 

nasta’liq yozuvida, O’rta Osiyo qog’ozida yozilgan; qog’oz o’lchami 24,5 x 14,5, 

matn  o’lchami  18,5x9,5;  qog’ozda  17  satrda  berilgan.  Ushbu  ro’yxat  shartli 

ravishda T belgisi bilan berilgan. 

                                                        

9

Madraimov A., Fuzailova G. Manbashunoslik. T.: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2008, 234-b. 



10

Xoja Samandar Termiziy. Dastur ul-muluk. M.: «Nauka», 1971, 9, 14-15-b.

 

 


 

12 


2. 

Yana bir ro’yxati SSSR FAning sharqshunoslik instituti ro’yxatining C 450 

qo’lyozmalar  to’plami  tarkibiga  kiradi,  128a  –  235b  qog’ozlarini  egallaydi. 

Ro’yxat O’rta Osiyoda ko’chirilgan, tugatilgan vaqti 1242-yil 15 jumada/1827-yil 

14-yanvar.  Matn  qora  siyohda,  sarlavha  –  qizil  siyohda,  O’rta  osiyo  qog’ozida 

nasta’liq  xatida  yozilgan;  qog’oz  o’lchami  24,5x14,5,  matn  o’lchami  19x8,5, 

qog’ozda 16 satrda berilgan. Ro’yxat muqaddimasining boshi bo’lmagan nuqsonli 

qo’lyozmadan ko’chirilgan. Ro’yxat shartli ravishda Л belgisi bilan ifodalangan. 

3. 

N1437  raqamli  O’zbekiston  FA  ning  sharqshunoslik  instituti  ro’yxati. 



Hozirgi kundagi mashhur asarlar ro’yxatidagi eng eskisi hisoblanadi (1107/1695-

96-yillar, ya’ni asar tuzilganidan keyin). Ro’yxat to’liq emas: unda muqaddima va 

birinchi  bobning  boshlansh  qismi  mavjud  emas.  Shu  bilan  birga  qolgan  ikki 

ro’yxatda  bo’lmagan  katta  parcha  mavjud.  Ro’yxat  tekis  O’rta  Osiyo  qog’ozida  

qora  siyohda, sarlavhasi va iboraning  chegarasini  anglatuvchi nuqtalar  esa  –  qizil 

siyohlarda,  nasta’liq  xatida  O’rta  Osiyoda  ko’chirilgan.  Qog’oz  o’lchami  25x16; 

372  bet.  Bir  betida  11  satr,  undagi  matn  o’lchami  16x8.  Ro’yxat  matni 

ko’chirilgandan  so’ng  tuzatishlarga  uchragan.  Asosiy  matnda  o’chirilgan  va 

noto’g’ri yozilgan so’zlar tuzatilgan, o’chirilgan so’z ostida so’zlar to’g’ri shaklda 

yozilgan; hoshiyada matnda tushirib qoldirilgan so’zlar, iboralar, she’rlar ko’rsatib 

o’tilgan.  Matnga  kiritilgan  tuzatishlar  asosida  ularning  so’nggilari  ikki  shaxs 

tomonidan amalga oshirilgan deb tushunish mumkin. Tuzatishlarning katta qismini 

ko’chirayotgan shaxsning o’zi kiritgan, ya’ni tushirilgan so’zlarni qizil siyoh bilan 

belgilagan,  hoshiyalarda  tushirib  qoldirilgan  yoki  tuzatilgan  matnni  yozgan. 

Mazkur ro’yxat Ta belgi bilan ko’rsatilgan. 

    “Dastur ul-muluk” ro’yxatlarining matni munosabatida yaqinlik kuzatiladi. Ular 

orasidagi  farq  uncha  bilinmaydi.  Ulardagi  farqlar  asosan  ko’chirib  yozish 

texnikasiga  tegishli:  so’zlarning  grafik  berilishi,  so’zlarning  sinonimlari  bilan 

ifodalanishi,  bir  grammatik  shaklining  boshqasi  bilan  berilishi,  so’zlarning  va 

ayrim hollarda alohida iboralarning qoldirilishi,. 



 

13 


    Ta  ro’yxati  nafaqat  vaqt  bo’yicha  eng  qadimgi  asar  qo’lyozmasi  hisoblanadi, 

balki  Л  va  T  ro’yxatlari  bilan  qiyosan  bir  qator  ustnliklarga  ega.  Unda  matnda 

tushirib qoldirilgan  alohida so’zlarning  berilishidagi  xatoliklar kamroq.  Bu  yerda 

ayrim  arab  so’zlari  noodatiy  shakllarda  yozilgan.  Ammo  bu  yerda  ko’chirib 

yozuvchini  savodsizlikda  ayblab  bo’lmaydi.  Tarixchilar  fikricha,  ko’chirib 

yozuvchi  shaxs  ma’lum  bir  xat  turlariga  amal  qilgan.  Ushbu  ro’yxat  texnik 

jihatidan yaxshi tashkillashtirilgan: tekis qog’ozda aniq yozuvda yozilgan.  

 

    Л  va  T  ro’yxatlari  esa  yupqa  qog’ozga  kamroq  qoldirishlar  va  xatolar  bilan 



ko’chirilgan.  Л va T ro’yxatlari alohida so’zlar, grammatik shakllarning yozuvda 

berilishida o’zaro yaqindir.  

    Ushbu  “Dastur  ul-muluk”  asarining  O’zbekiston  FA  Sharqshunoslik  institutida 

N1437 raqam ostida M. A. Salohiddinova tomonidan amalga oshirilgan forschadan 

tarjimasi, muqaddimasi, izoh va ko’rsatkichlari faksimelisi saqlanadi. Tarjima izoh 

bilan  keltirilgan.  Izohlarda  Xoja  Samandar  tomonidan  foydalanilgan  manbalar 

ro’yxati  ko’rsatilgan.  Izohda  matnning  alohida  iboralari,  so’zlar,  atamalar,  atoqli 

otlar va geografik nomlar sharhlanadi. 

    Ta  ro’yxatini  suratga  tushirishda  88  –  89,  239  –  240,  288  –  289  betlaridagi 

matnlar  muvaffaqiyatli  chiqmagan,  285  –  287,  290  –  297  betlari  ham  yaxshi 

chiqmagan

11



Download 433,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish