www.ziyouz.com kutubxonasi
100
HAJ KITOBI
"Haj" so‘zining lug‘aviy ma’nosi qasd qilish demakdir. Shar’iy istilohda esa, maxsus amallarni
ma’lum bir joyda, muayyan bir vaqtda ado etishni qasd qilishdir.
Izoh: Maxsus joy Ka’ba va Arafotdir, muayyan vaqt esa, haj mavsumi, ya’ni Shavvol, Zulqa’da va
Zulhijja oyining ilk o‘n kunidir. Maxsus amal esa, Baytullohni tavof qilish hamda Arafotda turishidir.
Hajning farz bo‘lish vaqti
Haj hijratning to‘qqizinchi yili farz qilindi, umr davomida bir marta ado etish farz. Sharoit
bo‘lganida kechiktirmaslik lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |