Dengizda o‘lgan kishi
Dengizdagi kemada o‘lgan musulmon kishining jasadi sohil uzoqligi va mayitning buzilishidan
qo‘rqilgani bois yuvilib, kafanga o‘ralib, janozasi o‘qiladi va dengizga tashlanadi. Dengiz tubiga
cho‘kib ketishi uchun jasadga og‘ir narsa bog‘lab, suvga tashlash joiz.
Mayitni ko‘chirish
Mayitni o‘lgan yo o‘ldirilgan joydagi yaqin qabriston-ga ko‘mish mustahabdir.
Uni bir yoki ikki mil (taqriban 1885 m.) uzoqlikka olib borib ko‘mishning zarari yo‘q.
Bundan uzoqqa olib borish karohatli.
Dafn qilingan mayitni qabrdan chiqarib, boshqa joyga ko‘chirish joiz emas. Biroq (egasining
ruxsatisiz) majburlab olingan joyga dafn qilinganida yoki (mayit yoky uning merosxo‘ri sotib olgan
yer) shuf’a yo‘li bilan boshqa kishining moli bo‘lib, (jasadning u yerda qolishiga rizolik berilmagan
holda) mayitni u yerdan olib, boshqa joyga ko‘mish joiz va zarur.
Mayit (hech kimning mulki bo‘lmagan joyda) boshqa kishi uchun (qazib) tayyorlab qo‘yilgan
qabrga ko‘milsa, qabr qazishning haqini to‘lash sharti bilan qabrdan chiqarilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |