www.ziyouz.com kutubxonasi
71
JANOZA
O’lim to‘shagidagi bemor xususida
1.
Muxtazorni (o‘lim to‘shagidagi bemorni) o‘ng yoniga yonboshlatib, qiblaga qaratib qo‘yish
sunnat bo‘ladi.
2.
Yuzi qiblaga qaraydigan holda boshini ko‘tarib, osmonga qaratib yotqizish ham joiz.
3.
Kalimai shahodatni, aytishga zo‘rlamay, majburlamay, ovoz chiqarib, qaytarib turish sunnatdir.
4.
O’lim to‘shagidagi bemorning yonida qarindoshlari va qo‘shnilari bo‘lishlari mustahabdir.
5.
Bemorning yonidagilardan biri bemorning boshida o‘tirib Yosin surasini o‘qiydi. Ba’zi olimlar
Ra’d surasini o‘qishni xush ko‘rganlar. Kur’on o‘qilganida hayz va nifosli ayollar va junub erkaklar
bemorning oldida turishi yoki chiqarib yuborilishda ixtilof bor. Chiqarib yuboriladi deganlar, yuqorida
aytilgan holatdagi kishilar bor joyga farishtalar kirmasligini; chiqarilmasin deganlar esa bemorning
qarindoshi, qo‘shnisi bo‘lgani uchun bu kishilarning turishi mustahabligini va ularning Kur’on
eshitishlariga hech qanday to‘siq yo‘qligini aytadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |