Namangan muhandislik-texnologiya instituti "sichtei" kafedrasi "hozirgi zamon raqobat nazariyasi"



Download 2,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/160
Sana04.02.2022
Hajmi2,32 Mb.
#428585
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   160
Bog'liq
hozirgi zamon raqobat nazariyasi

Nomukammal raqobat- 
bu monopoliyalar bozorida ozchilikdan iborat sotuvchilar va xaridorlarning 
cheklangan tarzda va xilma - xil usullar bilan yuz beradigan raqobatidir. 
Zamonaviy bozor modellarining qisqacha tavsifi 
Bozor modellari 
Asosiy xususiyatlari 
Firmalar soni 
Narx ustidan 
nazorat 
Tarmoqga 
kirish 
imkoniyati 
misollar 
Sof raqobat
Juda ko’p 
y°’q 
ekrin 
Qishloq xo’jaligi; 
valyuta 
ayirboshlash va 
fond bozori 
xizmatlari 
Sof monopoliya
bitta 
kuchli 
Deyarli 
mavjud emas 
Elektr-, gaz-, suv- 
taminoti, 
metropoliten, 
aloqa va boshqala. 
Monopolistik
raqobat
ko’p 
cheklangan 
Nisbatan 
erkin 
Kiyim, mebel, 
kitob ishlab 
chiqarish va 
chakana savdo 
Oligopoliya
Bir nechta 
kuchli (kelishuv 
mavjudligida) 
Juda qiyin 
Po’lat, avtomobil, 
qishloq xjalik 
mashinalari ishlab 
chiqarish; ulgurji 
savdo 
Nomukammal raqobat monopolistik raqobat, oligopoliya, sof monopoliya va monopsoniya sharoitidagi raqobatlarga 
bo’linadi. 
Monopol raqobatda yangi sifatliroq mahsulotni chiqarish kurashning asosiy usuli hisoblanadi. 
Monopoliya bozorda bir sotuvchi borligini bildiradi va mahsulotni o’rnini qoplovchi 
y°’q. 
93 


Bozorda bir yoki bir necha ishlab chiqaruvchini mavjudligi bozor tomonidan belgilanadi. Masalan, A va B shaharlar 
o’rtasida yukni bir avtomobil kompaniyasi tashiydi. Tor ma’noda bu kompaniya monopolist bo’lishi mumkin. Ammo A va B 
shahar o’rtasida transport xizmat ko’rsatishning boshqa shakllari havo, temir yo’l, suv transporti bo’lishi mumkin. Bunday 
holatda avtomobil kompaniyasini monopolist deb bo’lmaydi. 
Monopoliya harakat qilishi uchun bu tarmoqda yangi firmani kirib kelishiga ruxsat berishi kerak emas. Bu yerda 
bozorlarni musobaqadoshligi nazariyasi muhim rol o’ynaydi. 
Bu nazariya mazmuni Shundaki, raqobat nafaqat Shu tarmoqdagi ishlab chiqaruvchilar, bandlar soniga, Shuningdek 
ushbu tarmoqdagi real va potentsial ishlab chiqaruvchilar soniga asoslanadi. 
Potentsial raqobat xavfi ushbu tarmoqda faoliyat ko’rsatayotgan firmalar xulqiga ta’sir ko’rsatadi. Shu tarmoqda 
yangi korxonalarning tashkil topishi yuqori foyda olish imkoniyati bilan bog’liq. 
Shunday qilib, tarmoqda faoliyat ko’rsatayotgan firmalar soni minimal samarali ishlab chiqarish hajmiga bog’liq. 
Minimal samarali ishlab chiqarish hajmi uzoq muddatli o’rtacha ishlab chiqarish xarajatlari egriligi pasayishini to’xtatish bilan 
belgilanadi. 
Monopolistik raqobat nazariyasi uch nazariga asoslanadi: 
1.
mahsulotni tabaqalanishi; 
2.
ko’p sonli sotuvchilar; 
3.
tarmoqqa erkin kirish va chiqish. 
Monoplistik raqobat bozorida firma boshqa firmalar bilan o’xshash mahsulot 
ishlab chiqaradi, biroq ular bir-birini to’liq qoplovchi hisoblanmaydi. 
Monopolistik raqobat takomillashgan sof raqobat bilan o’xshash. Ular uchun 
ko’p sonli firmalar hamda tarmoqqa ekrin kirish va chiqish xos. 
94 


Biroq mukammal takomillashgandan farqli o’laroq monopolistik raqobat 
tabaqalashgan mahsulotlar bilan ishlaydi. 
Tabaqalashgan mahsulot sotuvchilar tomonidan bozorga chiqariladigan tovar va 
xizmatlarda jiddiy farqlar bo’lishini bildiradi. 
Tovar va xizmatlarning tabaqalashuvi uchun quyidagi belgilar xos: fabrika 
markazi, firma nomi, mahsulotni o’ziga xos upakovka qilish yoki taraga joylash, 
tovarni sifati, rangi yoki yili orqali namoyon bo’ladi. 
Tovarni tabaqalashuvi tovarni sotish bilan bog’liq quyidagi shart-sharoitlarga 
bog’liq: sotuvchi joyini qulayligi, xizmat ko’rsatish sifati, kafolatlarni berish muddati, 
kreditga sotish, savdoni tashkil etish bilan belgilanadi. 
Bahosiz raqobat. Ommaviy potok ishlab chiqarish uchun bahoni pasayishiga 
asoslangan bahoni raqobat xos bo’lib, u katta ishlab chiqarish xarajatlari va risk bilan 
bog’liq. 
XX asrda baholi raqobat o’z o’rnini asta-sekin bahosiz raqobatga bo’shatib 
bermoqda. 
Bahosiz raqobat sharoitida yangi tovar va xizmatlarni yaratish, tovar sifatini 
oshirish, uning tabaqalanishi va uni sotish sharoitlarini o’zgarishi metodlaridan 
foydalaniladi. 
Savdo sarkasi (brendi) - xaridorni yuqori sifatli tovar to’g’risida xabardor qialid 
va ishlab chiqaruvchi mahsulot sifati uchun ma’sulligini bildiradi. 
Monopolistik raqobat nazarisi asosiy aktsentni bahosiz omilga qaratadi. 
Monopolistik raqobat sharoitida turli tovarlar mavjud bo’ladi va sotish faoliyati va 
xarajatlari muhim rol o’ynaydi. 
Sotish xarajatlari tarkibiga reklama xarajatlari, sotish bilan bog’liq xodimlar ish 
haqi, sotish bo’limi xarajati, skidkalar kiradi. 
Reklama ikki vazifani bajaradi: 
1.
xaridorlarni mahsulot to’g’risida xabardor qiladi; 
2.
xaridorlar ehtiyojini o’zgartiradi. 
Reklama talabni elastik qiladi. 
Sof monopoliya g’arb mamlakatlarida keng tarqalgan. Qator tarmoqlarda bozorni 
monopolistik tarkibini tashkil etish uchun monopolistik tarkibini tashkil etish uchun 
iqtisodiy asos bor. Gap tabiiy monopoliyalar to’g’risida ketmoqda. Yirik ishlab 
chiqaruvchilar raqobat qilayotgan irmalarga nisbatan past ishlab chiqarish xarajatlari va 
bahoga ega, bo’lib katta tejash imkonni beradi. Tabiiy monopoliyalardan ijtimoiy 
foydalanish korxonalar uchun xos. Monopolistik tarkib davlat tomonidan aralashuv va 
faoliyat ko’rsatishni talab qiladi. Tabiiy monopoliyalar odatda davlat mulki asosida 
yoki xususiy mulk asosida rivojlanadi, uning faoliyati davlat tomonidan albatta nazorat 
qilib boriladi. 
Davlat tomonidan olib boriladigan baho nazorati olgopoliya va monopol 
tarkiblarda, sof raqobatga nisbatan samaralidir. O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarni 
ustivor yo’nalishlaridan biri iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish va raqobatni 
rivojlanitirish hisoblanadi. 
95 


Xusuiylashtirish monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirishga olib kelishi kerak. 
Qonuniyat minimal samarali ishlab chiqarish hajmi bozor hajmiga nisbatan 
qancha yirik bo’lsa tarmoqdagi firmalar soni Shuncha kam bo’ladi. 
Bozor hajmini minimal samarali miqyosga nisbatan, ma’lum tarmo qdagi 
firmalar imkoniyati to’g’risida tasavvur beradi. AQSh iqtisodiyoti F.Sherer hisob-
kitobiga ko’ra yuqoridagi mezonga muvofiq Germaniya xolodilnik ishlab chiqarish 
sohasida - 3, sigaret - 3, neftni qayta ishlashda - 9, pivo pishirishda - 16, mato ishlab 
chiqarishda - 52, poyafzal ishlab chiqarishda - 197 firma bo’ladi. 
Raqobatbardosh firmani xususiyati Shundaki oxirgi daromad bahoga teng 
bo’ladi. 
Monopoliya uchun ishlab chiqarish hajmini chegaralash va bahoni o’sishi xosdir. 
U mukamal raqobatli firmaga nisbatan kam mahsulot ishlab chiqarish mukamal 
raqobatli firmaga nisbatan yuqori baho belgilaydi. 
Monopol raqobatda savdo markalari vositasida ham o’zaro kur ash ketadi. 
Oligopoliya sharoitidagi raqobatda ozchilik, lekin g’oyat yirik firmalar qatnashadi, 
ular muayyan tarmoqdagi mahsulot ishlab chiqarishni va sotishni o’z qo’lida to’plab 
oladi. 
Oligopoliya bozoriga kirib borish yo’lida 3 ta jiddiy to’siq bo’ladi: 
1.
Bu yerga kirib o’rganib olish uchun g’oyat katta kapital kerak, bu esa 
ko’pchilikda bo’lmaydi. 
2.
Tabiiy resurslar ayrim kompaniyalar qo’lida mulk sifatida to’planib 
qolganidan, ular o’zgalarga nasib etmaydi. 
3.
Ilmiy - texnikaviy yangiliklar ayrim kompaniyalar monopoliyasiga aylanib 
qoladi, Shu sababli ulardan boshqalarning baxramand bo’lishi qiyin. 

Download 2,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish