69
Xulosa
Bugungi kunda turmush tarzimizni kompyuter texnologiyalarisiz tasavvur
qilishning umuman iloji yo`q. Harqanday kompyuter o`z-o`zidan
ishlamaydi, unga
operatsion tizim o`rnatish kerak. Operatsion tizimni standart dasturlari bilan birga
murakkab hujjatlarni va matn bilan murakkab amallarni amalga oshirib bo`lmaydi.
Shunda bizga Microsoft Office dasturlari qo`l keladi. Har qanday operatsion
tizimni Microsoft Office dasturlarisiz tasavvur qilish qiyin.
Microsoft Word dasturi matn bilan ishlashda katta
imkoniyatga ega va yana
kerak bo`lsa uni yanada takomillashtirish, qo`shimcha amallarni qo`shish
imkoniyati mavjud.
Microsoft Office paketlarida foydalanuvchilar murakkab xujjatlarni
taxrilash kabi ko`p takrorlanuvchi va ko`p ishlatiluvchi ammallarda maxsus
dasturlashtirish bo`limi ya’ni makroslardan foydalanish imkoniyati mavjud.
Bu esa
foydalanuvchilarga hujjatlar bilan ishlashda qulaylik, samaradorlik va MS Word
dasturi imkoniyatlaridan to`la foydalanish imkonini beradi. Makros bu –
dasturlashtirish tili Microsoft Visual Basic Application (VBA)da yozilgan
mikro buyruqlar to`plami. Microsoft Wordda makroslar yaratishning dolzarbligi
shundaki, hozirgi
kunda deyarli barcha hujjatlar, ma`ruzalar, hatto barcha matnli
hujjatlar MS Word dasturida yoziladi. Hozirgi kunda aksariyat matnlar lotin va
kirill alifbolarida kiritiladi. Ko`p hollarda lotinda, kirillda yoziladi yoki tayyor
matnlardan nusxa olish kerak bo`ladi. Ba’zan oddiy ammo katta sonlardagi
amallarga duch kelamiz va calculator dasturini chaqirishimizga to`g`ri keladi.
Bular esa o`z navbatida vaqtni olib qo`yishi, noqulaylik tug`dirishi mumkin. Agar
bu masalalarni makroslar bilan birgalikda hal etsak ish unumi va vaqtni tejagan
bo`lamiz.
Aynan shu sababli ham Wordda makroslarni yaratilishi
nazarda tutilgan va
bir qator makroslar tayyorlanib foydalanuvchilar ixtiyoriga tafsiya etiladi.
70
“Microsoft Word dasturida makroslar bilan ishlash” mavzusidagi yaratilgan
makroslar quyidagilacha:
–
kirill-Lotin (kiril alifbosidan, lotin alifbosiga yoki aksincha);
–
kalkulyator ( MS word dasturining tasmasida joylashtirilgan);
–
vaqt va sana (joriy vaqt bilan sanani taklif qilingan joyga tashlaydi);
–
shifrlash (matnlarni shifrlaydi va ochadi);
–
joriy faylni nomini yozuvchi makros;
–
belgilangan matnlardagi belgilar sonini ko`rsatish;
–
nuqta va vergullarni standart holga keltirish;
–
ortiqcha bo`sh joylarni olib tashlash.
Yuqorida yaratilgan makroslar kelajakda oliy va o`rta ta`limda, xo`jalik
sohalarida va boshqa barcha foydalanuvch uchun samarali foyda
keltiradi degan
umiddaman.