3.2. Måhnat xavfsizligi psixologiyasi
Zamonaviy ishlab chiqarish sharoitida baxtsiz hodisalarni (jarohatlanish,
shikastlanish, kasallanish, yong‘in, avariyalar va boshqalar) kamaytirish
muammosini faqatgina muhandislik uslublari orqali hal etib bo‘lmaydi.
Shu sababli, måhnat xavfsizligi psixologiyasi faoliyat xavfsizligini ta’minlashda
muhim o‘rin tutadi. Tajribalarning ko‘rsatishicha, ishlab chiqarishdagi avariya
va jarohatlanishlarning ko‘pchiligi mexanizmdagi muhandis-konstruktorlik
nuqsonlari, tåxnik-tåxnologik sabablar orqali emas, balki tashkiliy-psixologik
sabablar ta’sirida yuz beradi. Ko‘pincha, jarohatlanishlarning 60–90%iga
båvosita jarohatlanuvchilarning o‘zlari sabab bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |