49
ikkovlon esa goʻyo surat boshida turib, fikr bildirayotgan
intellektual insonlarga oʻxshardilar. Jin soʻrab qoldi:
- Ayt-chi, sen bundan-da yomonroq vaziyatni xayolingga keltira
olasanmi?
- Yoʻq, - dedi Kendin oʻylab oʻtirmay.
- Men ham, - dedi Jin va davom etdi:
- Insonlar kunlab yemay, ichmay, bir zum tin olmay urushadilar.
Nafas olishning oʻzi ham tavakkal bu yerda.
Ular suratga boqib gaplashib turganlarida baʼzi
askarlar vaqti-
vaqti bilan ortga chekinib, yarim soat, koʻpi bilan bir soat uxlab
olar, soʻngra uygʻonib yana jang qilishda davom etardi. Fursat
topishsa, boshqalari bilan oʻrin almashishardi. Atrofda uxlash
uchun na yotoq, na boshqa narsa bor edi. Munosib bir
chuqur
topsalar, miltiqlarini quchoqlab, tepkisini barmoqlariga bogʻlagan
holda uyquga ketishardi.
Kendin yotogʻi qonli havza, koʻrpasi oʻq yomgʻiri boʻlgan bu
jangchilarning uxlashini tomosha qildi. Uxlab yotardilar. Qattiq
charchoqdan soʻng uxlaganlariga qaramay hurrak otganlar yoʻq
edi. Kendin Jinga qarab:
- Urushga chaqirilgan askarlarni hurrak otmaydiganlardan
tanlaydilarmi?, - deb soʻrab qoldi.
Jin koʻrinib turgan manzaraga hech yarashmagan
bir vaziyatda
qahqaha otib kuldi. Soʻngra birdan toʻxtadi.
- Yoʻq, albatta. Urushda qoʻllaniladigan oʻqlar quloqlari eng
yaxshi eshitadiganlardan tanlanadi...
Davom etarkan, Jin maʼyus jilmayib qoʻydi:
- Bu insonlarning har biri boshqa hududdan, turli oʻlkalardan
kelishgan bu yerga. Hech kim oʻrganib ketish uchun muddatga
50
ehtiyoj sezmaydi. Kelish
vaqtlari bilan yeyishdan, ichishdan,
uxlashdan uzilgan onlari bir boʻladi.
Soʻngra tun qorongʻusida yerga qarab ochiladigan qandaydir
eshikdan ichkariga tushdilar. Ichkarida 4 odam bor boʻlib, siniq
bir stol atrofida gaplashishar, koʻzlarida oʻt yonib turardi. Ovoz
chiqarmay, pichirlab maxfiy soʻzlashardilar. "Chanoqqalʼani
berib qoʻymaymiz!" dedi oralaridan biri. Uning gapi tugamay
ayni shu jumla bir oʻq ila miltiq uchidan dushman tomon uchdi.
Jin shunday dedi:
- Oʻlim yoqasida turarkan,
inson uxlash u yoqda tursin, hatto
nafas ham ololmaydi. Baʼzida urushlar yillab davom etadi,
muddatning ahamiyati yoʻq. Bu insonlar 1000 yil nafas olmay
yashashga ham tayyor. Koʻp holatlarda uyidagi rohat-u, issiq
yotogʻiga ham ragʻbat qilmagan bu insonlarning ayni damda
aqliga uxlash kelarmidi?
Kendin tushundi... Endilikda u ushbu fidokorlik moʻjizasini juda
yaxshi anglay boshlagandi. Bu orada uning koʻzi oq otiga minib,
askarlar ortidan ergashib yoʻlga tushgan qilichli odamga tushdi.
Uning qilichi uchida 300 ming ajal bor edi...