Moviy ekran muammosi.
Monitor moviy ekrani ko’pincha bir yoki bir
necha qurilmalar ishida nosozliklar bo’lganida hamda dasturiy ta’minotda
muammolar bo’lganida paydo bo’ladi. Kompyuter qotib qolishidan
BSOD’ning farqi ShK ishlamay qolganida moviy fonda oq rangli matn
ko’rinishida ogohlantirishga ulguradi. Ba’zida ekranda umuman o’qib
bo’lmaydigan «yozuvsimon shakllarni» ko’rish mumkin. Agar o’chib qolish
sabablari to’g’risidagi axborotni o’qib ulgursangiz BSOD bergan axborot qaysi
qurilmaga taalluqli ekanligini aniqlashga urinib ko’ring. Agar aniqlay
olmasangiz, Internetdagi temirlar to’g’risidagi saytlar forumiga yordam bilan
murojaat eting.
Shundan keyin BSOD tomonidan shikoyat qilingan qurilmani almashtirish
yoki test sinovidan o’tkazish bilan ayb qayerda ekanligini aniqlashga harakat
qiling. Agar moviy ekran paydo bo’lib, tezda yo’q bo’lsa va ShK qayta
yuklana boshlasa, operativ xotira va quvvat blokini tekshiring. Operativ
xotirani boshqa kompyuterda tekshirib ko’rish mumkin. Ba’zida kontaktlarni
oddiy qalam bilan tozalab keyin spirt bilan artish ham yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |