Optik asboblarning rivojlanish tarixi ko‘z uchun asbob-uskuna


- rasm. «Сычь-4» teplovizori



Download 223,34 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana03.02.2022
Hajmi223,34 Kb.
#427868
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
optik asboblarning rivojlanish tarixi

2-
rasm. «Сычь-4» teplovizori 
Teplovizorlarning 
«Сычь» 
rusumli keyingi modellari razvedkada, 
ob’ektlarni qo‘riqlashda, ob’ektlarni 
maskirovka darajalarini baholashda, 
yaradorlarni va jabrlanganlarni 
izlashda, minalarni va yashirin joylarni 
topishda, ruxsat etilmagan dafnlarni, 
yashirin dafnlarni aniqlashda ishlatiladi. 
Issiqlik pelengatori
. Hamma qizdirilgan jismlar infraqizil nurlar chiqaradi. 
Agar, temperatura 500°S dan kam bo‘lmasa, unda hamma nurlanish issiqlik, ya’ni, 
infraqizil nurlardir. Infraqizil nurlar manbasi tanklar va avtomobillardir. Hattoki 
inson ham, qisqa masofada bilinadigan infraqizil nurlarni tarqatadi. Ishlab turgan 
tanklar va avtomobillar tarqatayotgan infraqizil nurlarning quvvati yuzlarcha 
vattda bo‘ladi. Uchayotgan samolyotning quvvati bir-necha kilovatt, kema 
trubalari quvvati yuzlab kilovatt infraqizil nurlarni tarqatadi.17-rasm. Issiqlik 
xossalari bo‘yicha infraqizil nurlarni payqaydigan asboblar nurlanish yo‘nalishini 
aniqlash imkoniyatiga ega va bu asboblar issiqlik pelengatori deyiladi. Issiqlik 
pelengatori parabolik reflektordan (diametri 1,5 m) va mexanik burish 
mexanizmdan tashkil topgan. Parabolik reflektorning fokusida infraqizil nurlarni 
qabul qilgich o‘rnatilgan. Qabul qilgich elektr ko‘prikka o‘rnatilgan bolometr, 
termistor yoki fotoqarshilik bo‘lishi mumkin. Qabul qilgichga tushgan infraqizil 
nurlar uni qizdiradi, ya’ni, bu bilan qarshilikni o‘zgartiradi. Elektr ko‘pirikdagi 
tokni o‘zgarishi qarshilikni o‘zgarishiga olib keladi, buni esa sezgir galvanometr 
qayd qiladi. 


3-rasm. Infraqizil nurda vertolyot va samolyotning ko‘rinishi 
Pelengator, reflektorni azimut bo‘yicha va nishon joyini burchagi bo‘yicha 
burishi mumkin. Issiqlik nurlarini beruvchi nishonni payqash uchun- tank, 
avtomobil, samolyot, kema va boshqalar-pelengatorni azimut bo‘yicha buradilar, 
reflektorga nurlanayotgan nishonning infraqizil nurlari tushmaguncha, qabul 
qilgich, nurning maksimum ta’sirini qayd qilganda nishon yo‘nalishi o‘rnatiladi. 
Reflektorni vertikal burish burchagini o‘zgartirib, nishon yo‘nalishi vertikal 
tekisligida o‘rnatadi. Nishon (tank, to‘p) balandligini bila turib, joy relefini hisobga 
olgan holda, taxminan nishongacha bo‘lgan masofani aniqlash mumkin. Operator 
pelengatorni to‘g‘rilash imkonini beradigan asbob sifatida lyuminessent ekranlar 
va elektron nur trubkalari (ENT) qo‘llaniladi. Lyuminessent ekranli pelengatorda, 
bolometr qarshiligi shisha halqaga ikki polosali ko‘rinishda qo‘yilgan. Poloskalar 
ketma-ket ulangan va elektr ko‘prikning ikki tarmog‘i hisoblanadi. U yoki bu 
poloskadagi qarshilikning o‘zgarishi ko‘prik diagonalida yuzaga kelgan tokni qayd 
qiluvchi galvanometr lampochka bilan yoritilgan ZnSO
3
qoplangan, sekin 
aylanayotgan barabanga tushadi. ZnSO

galvanometr kuzgusidan tushayotgan 
nurda lyuminesensiyani beradi. Tokning o‘zgarishi, galvanometr kuzgusi 
vaziyatini o‘zgartiradi, demak, ekran barabandagi mumlanadigan nuqtaning 
vaziyati o‘zgaradi. Nishon bo‘lmaganda, galvanometr kuzgusi, yengil titrash bilan 
ekranda ingichka qisqa poloskani beradi. Nishon paydo bo‘lganda kuzguni 
qulochlari kuchayadi va ekranda keng yorishgan polosa paydo bo‘ladi. Agar, 
nishon bolometrning yoritilgan poloskalaridan biriga nur bersa, unda galvanometr 
kuzgusini egilishi (burilishi) bir tomonga ko‘payadi, bu esa, ekranda yoritilgan 


poloskaning vaziyatini va shaklini o‘zgartiradi. Nishonni nazorat qilayotgan 
operator, pelengator reflektorini shunday ushlaydiki, ushlangan poloskalarning 
kattaligi o‘ngdan ham, chapdan ham bir xil bo‘lsin. U paytda pelengator nishonga 
yo‘naltirilgan bo‘ladi.Chet el ochiq axborotlarida shunday yangilikliklar 
keltirilganki, 60 sm diametrli parabolik reflektorda tanklar va avtomobillarni bir-
necha km masofada payqash mumkin, kemalarni 20 km (20 metr xatolik bilan), 1,5 
m diametrli kuzguli pelengator kemalarni 35 masofada 0,5° aniqlikda topadi. Tank 
va avtomobillar shunday aniqlikda 1-2 km masofada payqaladi. 
Pelengatorningsezgirligi juda katta. Ular shunday jismlarni payqash mumkin-ki, 
o‘zlarining temperaturasi atrof fonidan 1/100000° ga farq qiladiganlar ham. 
Bunday sezgirlik issiqlik pelengatorini keng tarqalishini ta’minladi.[5] 

Download 223,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish