12 – MA`RUZA. ELEKTR ENERGETIKA SOHASI.
Reja:
1.O‗zbekistonda
mavjud standart kuchlanishlar, hamda kuchlanishni tanlash
sohasi.
2. Elektr energiya iste‘molchilari.
3. Elektr ta‘minoti sohasida elektr uskunalar.
1.O„zbekistonda mavjud standart kuchlanishlar, hamda kuchlanishni
tanlash sohasi.
Hozirgi paytda elektr energiyani taqsimlashda sanoat
korxonalarida quyidagi
kuchlanishlar qo‗llanilmokda.
Bir fazali 12-36V va 3-fazali 36, 220, 380/220V, 660/380V, 3kV, 6kV, 10kV, 35kV,
110kV, 220 kV va undan yuqori kuchlanishlardir.
220/127, 380/220V kuchlanishli kurilmalar neytrali erga mahkam ulanib
bajariladi.
660-35000V gacha kurilmalarni neytrali izolyasiya kilingan, 110 va 220kV
kuchlanishli tarmoqlar esa neytrali erga maxkam ulangan bo‗ladi.
Har qanday elektr tarmog‗i, uning uskunalari (generator, transformator, liniya
va boshqalar) mo‗ljallangan nominal kuchlanish (U
n
) bilan ifodalanadi. Nominal
kuchlanish iste‘molchilarning normal ishlashini ta‘minlashi
va eng yuqori iqtisodiy
samara berishi lozim.
Iste‘molchilar yuklamasi vaqt bo‗yicha o‗zgarishi sababli, tarmoqning har
qanday nuqtasidagi kuchlanish nominal qiymatdan og‗adi (rasmga karalsin). Bu
og‗ish energiya sifatini pasaytiradi, natijada ziyon keltiradi.
Elektr tarmog‗ining nominal kuchlanishi uning texnik-iqtisodiy ko‗rsatkichlariga,
hamda texnik xarakteristikalariga jiddiy ta‘sir etadi. Masalan, agar nominal
kuchlanish ko‗tarilsa quvvat
va energiya isrofi kamayadi, ya‘ni ish xarajatlari
kamayadi, simlarning kesim yuzasi va liniya qurilishi uchun sarflangan metal
kamayadi, liniyalarda uzatilayotgan quvvat oshadi, lekin
tarmoq qurilishi uchun
sarflangan kapital xarajatlar ortadi.
Past nominal kuchlanishli tarmoq kam kapital xarajatlar talab qiladi, lekin
quvvat va elektr energiya isrofi oshishi sababli katta ishlatish xarajatlariga olib
keladi,
bundan tashkari, kam o‗tkazish kobiliyatiga ega. SHuning uchun, tarmoqni
loyixalash vaqt ida kapital nominal kuchlanishni to‗g‗ri tanlash muhim hisoblanadi.
Elektr tarmoqlarning kapital kuchlanishi amaldagi standartlarda ko‗rsatilgan
(GOST da).
Iqtisodiy ma‘kul nominal kuchlanish bir necha omillarga bog‗liq:
-
yuklama quvvatiga;
-
Taqsimlash markazidandan yuklamani yiroqligi (uzoqligi)ga;
-
yuklamalarni joylashishiga;
-
elektr tarmog‗ining tuzilishiga;
-
kuchlanishni rostlash usullariga va boshqalarga.
Nominal kuchlanishni (
ном
U
)taxminiy qiymatini uzatilayotgan
quvvat qiymati
va u uzatilayotgan masofa bo‗yicha aniqlash mumkin. liniya orqali uzatilayotgan
masofa qancha katta bo‗lsa, shuncha texnik va iqtisodiy me‘yorlar bo‗yicha elektr
tarmog‗ining nominal kuchlanishi yuqori bo‗lishi kerak.
Nominal kuchlanishni quyidagi usullardan biri bilan taxminiy baxolash
mumkin:
a) – rasmdagi chiziqlar bo‗yicha;
b) – empirik ifodalar bo‗yicha;
v) 6.5 jadvalga asosan liniyaning o‗tkazish qobiliyati va uzatish masofasiga bog‗liq
holda
-
rasmlardagi
chiziqlar, turli nominal kuchlanishli elektr tarmoqlarin iqtisodiy
ma‘qul qo‗llanilish soxalarini ko‗rsatadi. Bu bog‗lanishlar, R,
va
ном
U
ko‗rsatkichlari xar hil bo‗lgan tarmoq variantlari xarajatlarini solishtirish
natijasida olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: