mexanik ravishda bogʻlanmagan bir necha mexanizmlarning aylanish tezliklarini
oʻzaro muvofiqlashtirishni taʼminlovchi elektromagnitli qurilmadir. Sanoat va
qurilishda keng qoʻllaniladigan titrama gʻalvirlar uchun elektr yuritmalarining yangi
turlari yaratilib, ishlab chiqarishga joriy etildi. Ikki motorli elektr yuritmalar,
shuningdek, qutblari keng oʻzgarishga ega boʻlgan asinxron motorlari nazariyalari
yaratildi. Elektr zanjirlari va tizimlarining chizikli boʻlmagan nazariyasi va hisobiy
usullariga doir hamda avtomatika va hisoblash texnikasi elementlarini ishlab chiqish
boʻyicha maktab yaratildi.
Parametrik zanjirlar va tizim, boshqarish elementlari va texnika vositalari,
avtoparametrik tebranishlar zashkirlarida oʻzgaruvchan tok fazalar soni va
chastotasini oʻzgartirish nazariyalari yaratildi. Energetika tizimlarining
samaradorligini oshirish, quvvatni tejash va ekologik sof energetikaning dolzarb
muammolari boʻyicha fundamental tadqiqotlar olib boriladi. Yangi energiya
manbalarini topish, qayta tiklanuvchi energiya manbalari samaradorligini oshirish
hamda ularni energiya tizimida qoʻllanish koʻlamini kengaytirish istiqbolli
masalalardir.
Energiya tejamkorligi O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatining birinchi va
barcha xo‘jalik sub`ektlari faoliyatida ahamiyatli yo‘nalish bo‘lib kelmoqda.
Energiya tejamkorligining uchta asosiy yo‘nalishlari mavjud.
1.
YOqilg‘i va energiyadan oqilona foydalanish bo‘yicha kam sarfli tadbirlar,
bu elektr iste`molini 10-12 % ga qisqartirish imkonini beradi.
2.
Katta kapital mablag‘lari talab qiladigan tadbirlarni tatbiq etish: energiya
tejovchi texnologiyalar, jarayonlar, apparatlar va jihozlar. Bu energiyaga bo‘lgan
talabni 25-30% ga kamaytirishga olib keladi.
3.
YAlpi ichki mahsulot
ishlab chiqarishda ko‘p energiya sarf qilmaydigan soha
ulushini oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiyotni tuzilmaviy qayta qurish.
2017 yil 19 mayda O‗zbekiston Respublikasi prezidentining «Elektr
energiyasi va tabiiy gaz etkazib berish hamda iste‘mol qilish sohasida to‗lov
intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi farmoni qabul qilindi.
2017–2021 yillarda O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga
muvofiq, shuningdek, elektr va gaz ta‘minoti sohasida boshqaruv tizimini, nazorat
va hisobga olish mexanizmlarini yanada takomillashtirish, to‗lov intizomini
mustahkamlash, javobgarlikni kuchaytirish, ijro ishi yuritishning samaradorligini
tubdan oshirish maqsadida O‗zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida
Majburiy ijro byurosi (keyingi o‗rinlarda Byuro deb ataladi) tashkil etilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: