10-§. JAMIYAT VA TABIAT O‘ZARO TA’SIRINING
ASOSIY BOSQICHLARI
Insoniyat tarixi davomida uning tabiat bilan bo‘lgan munosa-
bati doimo o‘zgarib, murakkablashib borgan (15-rasm).
Tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro ta’siri besh bosqichga
bo‘lish mumkin.
1. Termachilik, ovchilik va baliqchilik bosqichi.
Bundan 30 000
yil avval boshlangan. Ushbu davrda odam termachilik, ovchilik va
baliqchilik bilan shug‘ullangan. Shuning uchun mazkur bosqich
termachilik, ovchilik va baliqchilik bosqichi deb ataladi. Ibtidoiy
odamni iqlimi qulay, biologik resurslarga boy (yirik hayvonlar,
mevalar) joylar ko‘proq qiziqtirgan. Bu bosqichda inson tabiatni
o‘zgartirmagan, balki unga moslashgan
(16-rasm).
32
www.ziyouz.com kutubxonasi
33
16-rasm.
Olovning kashf etilishi
2—Amaliy geografiya
15-rasm.
Iste’molchilar sonining tarixiy davrlar bo‘yicha o‘zgarishi.
1 kishi
100—200 kishi
2—5 ming kishi
500 ga
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |