Eslab qoling!
Geografik determinizm
— insoniyat taraqqiyotida tabiiy sharoit-
ning ahamiyatini bo‘rttirib ko‘rsatuvchi g‘oya, yondashuv.
Eski dunyo
— Xristofor Kolumbgacha insonlarga ma’lum bo‘lgan
dunyoning bir qismi — Yevropa, Osiyo, Afrika.
Yangi dunyo
— Xristofor Kolumb, Amerigo Vespuchchi va
boshqa sayyohlar tomonidan ochilgan dunyo — Shimoliy va
Janubiy Amerika.
Bilimingizni sinab ko‘ring:
1. Arastu qaysi asarida tabiiy sharoitning xalqlar xarakteriga ta’siri
to‘g‘risida muhim fikrlar aytgan?
2. Geografik deterinizm deganda nimani tushunasiz?
3. Jan Boden, Sh. Monteske, Ritter tabiiy sharoitning ijtimoiy hayot jarayon-
lari rivojlanishiga ta’siri haqida fikrlar aytganini daftaringizga yozing.
4. Nima uchun insoniyat taraqqiyotining dastlabki bosqichlari darajasida
qolib ketgan qabilalar hozirgi paytda faqat tabiiy sharoiti qulay bo‘lgan
ekvatorial o‘rmonlarda saqlanib qolgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |