Bilimingizni sinab ko‘ring: 1. Kompleks mintaqaviy loyihalarni amalga oshirishda geograflarning
o‘rni to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
2. Cho‘llashish hodisasi nima? Uning rivojlanish hududlari va omillari
to‘g‘risida so‘zlab bering.
3. Cho‘llashish hodisasini o‘rganish va uning oldini olishda geograflar-
ning vazifalari nimalardan iborat?
4. Falokatli tabiiy hodisalar oldini olishning qanday loyihalarini bilasiz?
40-§. TABIAT VA INSON RESURSLARI HAMDA ULARNI IQTISODIY-GEOGRAFIK BAHOLASH Tabiat va uning geotizimlari butun sayyora miqyosida
murakkab hosila, ular doimo tadrijiy o‘rganishda, rivojlanishda va
o‘z qonuniyatlari hamda qonunlari asosida mavjud. Tabiat qonun-
lari jamiyat qonunlariga mos kelmaydi, tabiat o‘z qonunlari negizi-
da rivojlanadi, jamiyat qonunlarini tabiatga qo‘llab bo‘lmaydi.
Binobarin, inson tabiat qonunlari va qonuniyatlarini mukammal
bilishi, idrok etishi, ularga rioya qilishi zarur. Tabiatdan foydala-
nish jarayonida mazkur qonunlarni e’tiborga olgan holda
resurslarni xo‘jalik muomalasiga kiritish muhim masala. Bu bora-
da nazariy ham amaliy bilimlarni to‘liq egallagan holda tabiatdan
foydalanish tobora zarur bo‘lib bormoqda.
113
?
www.ziyouz.com kutubxonasi